41
holiensteraza fermenti ta`sirida gidrolizlanadi va xolin hamda sirka kislota hosil
bo’ladi. Impuls o’tkazishi tugaydi, so’ngra membrana yana polyarizatsiya holatiga
o’tadi, yangi impulsni qabul qilishga tayyor bo’ladi. Xolinesteraza fermenti xaqiqiy
va soxta (butirilxolinesteraza) bo’ladi. Xaqiqiy xolinesteraza sinaptik oraliqda
joylashgan bo’lib, asosiy atsetilxolinni parchalaydi, soxta xolinesteraza plazmada va
hujayralardan tashqari suyuqlikda joylashib, atsetilxolindan boshqa efir bog`lamli
birikmalarni ham parchalaydi.
Atsetilxolin quyidagicha parchalanadi. Atsetilxolin molekulasi qutbli bo’lib,
musbat zaryadli trimetilammoniy (kationli) turkumdan hamda manfiy zaryadli
karboksil (anionli) turkumdan iborat, Xolinesteraza fermentining faol joyida ham
zaryadli ikkita anion va esteraza markazi bor. Atsetilxolinning kationli turkumi
xolinesterazaning anionli markazi bilan bog`lanadi, esteraza markazi esa
atsetilxolinning karboksil turkumining uglerodi bilan kovalent birikma hosil qiladi (4-
rasm). SHundan keyin atsetilxolin molekulasidan efir birikmalari ajralib chiqib, xolin
va atsetillangan ferment hosil bo’ladi.
Postsinaptik
membranada
joylashgan
xolinoretseptorlarning
tuzilishi
xolinesterazaga o’xshash ketadi. Xolinoretseptorlarning ham anion, ham esteraz
markazi bor. Nerv impuls tufayli vezikulalardan chikqan mTBiator, atsetilxolin va
xolinotrop moddalar xolinoretseptorlarning faol markaziga ta`sir ko’rsatadi.
Xolinoretseptorlarning farmakologik moddalarga nisbatan sezuvchanligi har xil
bo’ladi. Ular muskarin sezuvchanlarga - M-xolinoretseptorlarga va nikotin
sezuvchanlarga - N-xolinoretseptorlarga bo’linadi. M-xolinoretseptorlarni muskarin
kuzg`atadi, atropin esa falajlaydi. N-xolinoretseptorlarni nikotinning kichik miqdori
qo’zg`atadi, katta miqdori esa falajlaydi.
M-xolinoretseptorlar postsinaptik parasimpatik nervlarning ohirida—a`zolarda,
bezlarda, qon tomirlarda hamda markaziy nerv tizimining retikulyar formatsiyasida
joylashgan. N-xolinoretseptorlar simpatik va parasimpatik nervlarning tugunchalari—
sinapslarida, buyrak usti bezining xromaffin to’qimalarida, karotid sinusda, skelet
mushaklarida, neyrogipofiz va markaziy nerv tizimining bosh miya po’stlog`ida,
piramid tizim va orqa miyada joylashgan.
Dostları ilə paylaş: