37
maydonida rivojlanishi bilan ifodalanadi. Bu sharoitda tibbiy xizmat kuchlari va
vositalarini tashkil qilishda, tibbiy saralash o’tkazish va zararlangan kishilarga
birinchi shifokorgacha bo’lgan tibbiy yordam ko’rsatish hamda evakuatsiya
tadbirlarini shoshilmasdan o’tkazishga imkoniyat yaratilgan bo’ladi.
CHidamli zaharlovchi moddalar zarar etkazish xossasini bir necha soatgacha
saqlab qoladi, shu sababli zararlanish o’chog`ida kishilarning ust-boshlari, yara
bog`lamlari zaharlovchi moddalarni o’ziga singdirib olish (desorbtsiya) xususiyatiga
ega. Bunday zararlanganlar yoki zararlanish o’chog`idan kelgan harbiy transport,
tibbiy vositalar bilan o’zaro aloqda bo’lishi (kontakt) tibbiyot xodimlari va
yaradorlarni zararlanishga olib kelishi mumkin.
Zararlanish o’chog`idagi harbiy xizmatchilar va zararlangan kishilarga qisqa
vaqt ichida sanitar ishlovini o’tkazish kerak bo’ladi. Ular shaxsiy himoya
vositalaridan tezlik bilan foydalanishini bilishlari kerak Paydo bo’lgan zararlanish
o’chog`iga qutqaruvchi komandalar yuborilishidan oldin ularga zaharlanishning
oldini oladigan vositalar (tabletkalar) berilishi lozim va himoya vositalaridan
foydalanishlari shart bo’lib xisoblanadi. Zararlangan kishilarga tibbiy evakuatsiya
bosqichlarida takror qisman sanitariya ishlovini o’tkazish va u kerakli vositalar bilan
ta`minlangan bo’lishi kerak. Bundan tashqari, texnika va tibbiyot vositalariga ham
sanitariya ishlovi o’tkaziladi. Tibbiyot xodimlari zararlangan kishilarga tibbiy
yordam ko’rsatishni tugatmagunicha va ularga sanitariya ishlovini o’tkazmaguncha
himoya vositalarida bo’lishlari kerak
Dostları ilə paylaş: