Toksikologiya asoslari doc


Tetraetilko’rg`oshin. Fizik va kimyoviy xossalari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/42
tarix08.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#138905
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Tetraetilko’rg`oshin. Fizik va kimyoviy xossalari
. Tetraetilqo’rg`oshin — 
R(S
z
N
5
)
4
— rangsiz, ba`zan sarg`ish moysimon suyuqliq, o’ziga xos yoqimli (meva 
hidi) hidga ega. Qaynash harorati 200°S, yuqori haroratda (400°S da) portlab ketadi. 
Solishtirma og`irligi 1,64 (20°S da).
Tetraetilqo’rg`oshin bug`lari havodan og`ir. Suvda erimaydi, organik 
erituvchilarda (efir, dixloretan, yog`lar va boshqalar) da yaxshi eriydi. U qo’rg`oshin 
sanoatida 
suyuq 
holda 
ishlab 
chiqariladi, 
uning 
tarkibida 
40—50% 
tetraetilqo’rg`oshin va erituvchi modda bo’ladi. Etilli suyuqliklar neft-kimyo 
korxonalarida benzin tayyorlashda ishlatiladi. Har bir litr benzinga 1—1,5 ml 
tetraetilqo’rg`oshin qo’shiladi. Bunday benzin etillangan deb ataladi. Ichki yonish 
dvigatellarida detonatsiyaga qarshi vosita sifatida ishlatiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


51 
Zaharli miqdori
. Tetraetilqo’rg`oshin organizmga nafas yo’llari, hazm yo’llari 
va teri orqali tushadi. Organizmdan asosan buyrak orqali chiqariladn. Tetra 
etilqo’rg`oshinning havodagi ruxsat etilgan kontsentratsiyasi 0,0005 mg/m
3
, hazm 
yo’llari orqali me`daga tushganda o’lim yuz beradi (o’ldiradigan miqdori 1,5 mg/kg 
(50—100 ml) ni tashkil qiladi).
Hozirgi vaqtda markazlashtirilgan holda neft-kimyo korxonalarida etillangan 
benzin tayyorlash yo’lga qo’yilganligi sababli etilli suyuqliklardan zaharlanish kam 
uchraydi. Lekin etillangan benzin bilan ishlashda havfsizlik texnikasi qoidalariga 
rioya qilinmaganda surunkali zaharlanishlar ro’y beradi.
Ta`sir qilish mexanizmi
. Tetraetilqo’rg`oshin yog`larda, lipidlarda yaxshi 
erishi sababli teri orqali va nafas yo’llari orqali organizmga tushadi. Qonga so’rilgan 
tetraetilqo’rg`oshin jigardagi mikrosomal fermentlar ta`sirida parchalanadi va 
o’zining metabolik mahsuloti — tetra-uch-etilqo’rg`oshinni hosil qiladi. Uch-
etilqo’rg`oshin qon tarkibida uzoq muddat, ya`ni 20 kungacha saqlanib turadi va 
gematoentsefalik to’siqlardan o’tib, miyada to’plana boshlaydi. SHuningdek u 
lipidlarga 
boy 
bo’lgan 
jigarda 
va 
boshqa 
to’qimalarda 
to’planadi. 
Tetraetilqo’rg`oshinning talamusda, gipotalamusda, bosh miya yarim sharining 
peshana qismida ko’p miqdorda to’planishi aniqlangan. 
Organizmdagi tetraetilqurg`oshin moddalar almashinuviga ta`sir ko’rsatib 
uning buzilishini keltirib chiqaradi. Asosan uglevod almashinuvi buziladi. Piro-uzum 
kislotasining oksidlanish mahsulotlari bo’lmish karboksilaza fermenti faoliyatini 
pasaytirib yuboradi. SHuning uchun o’tkir zaharlanish yuz berganda piro-uzum 
kislotasining qon tarkibidagi miqdori 1,5—2 mg% va bundan yuqori darajada 
bo’ladi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin