28
Agar qon tarkibidagi uch valentli temir ioni miqdorini
oshirishga erishilsa
to’qimalardagi tsitoxromoksidazalar tomon oqib ketayotgan tsianidlarni qon
tomirlarida bog`lashga erishilgan bo’ladi. Azot kislota efirlari (nitritlar) va tuzlari
kuchli metgemoglobin hosil qilish xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. Bu moddalar
organizmga yuborilganda gemoglobinniig bir qismi metgemoglobinga aylanadi.
Buning natijasida qon tarkibida hosil bo’lgan metgemoglobin tsianidlar bilan
reaktsiyaga kirishadi va tsianmetgemoglobinni hosil qiladi:
Qon tarkibidagi metgemoglobin yuqori kontsentratsiyaga
etganda qon
plazmasida erigan zaharlovchi moddalarni bog`lab qolmasdai, u tsitoxromoksidaza
fermenti bilan bog`langan zaharlovchi moddalar bilan reaktsiyaga kirishadi. Buning
natijasida ferment faolligini
tiklashga sharoit yaratiladi, to’qimalarning nafas olishi
yaxshilanadi. SHuni esda tutish kerakki, metgemoglobin bilan reaktsiyaga kirishgan
tsianid kislota birikmasi — tsianmetgemoglobin qaytarilish
reaktsiyasi xususiyatiga
ega, ya`ni birmuncha vaqt o’tishi bilan tsianmetgemoglobin tsianid kislota hosil qilib
parchalanadi. Buning oldini olish uchun davolash vaqtida boshqa ziddi-zaharlarni
ham qo’llash tavsiya etiladi.
Qon tarkibida hosil bo’lgan metgemoglobin kislorod tashish xossasiga ega
emas, agar uning qondagi miqdori oshib ketsa,
organizmda gemik gipoksiya
rivojlanadi. SHuning uchun davolash ishlari o’tkazilayotgan vaqtda qon tarkibidagi
metgemoglobin miqdorini 30% dan oshirib yubormaslikka harakat qilish kerak
Bundan tashqari, metgemoglobin qon tomirlariga kengaytiruvchi ta`sir ko’rsatadi va
natijada kollaps holati rivojlanishi mumkin. SHu sababli
nitrobirikmalarni dala
sharoitida qo’llash maqsadga muvofik emas.
Dostları ilə paylaş: