Toksikologiya asoslari doc



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/42
tarix08.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#138905
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Davosi. 
Kimyoviy zararlanish o’chog`ida tsianid kislota va uning 
birikmalaridan o’tkir zaharlanish ro’y bergan vaqtda zaharlangan kishilar shu 
zararlangan atmosferadan tezlik bilan olib chikib ketilishi kerak.O’tkir zaharlanish 
simptomlari namoyon bo’lishiga qarab quyidagi shoshilinch tibbiy yordam tadbirlari 
o’tkaziladi: 
— ziddi-zaharlarni qo’llash orqali organizmga tushgan zaharli moddani 
zararsiz holga keltirish; 
— organizmdagi zaharni zudlik bilan tashqariga chiqarish; 
— kerak bo’lgan vaqtda sun`iy nafas oldirish ishlari o’tkaziladi; 
— organizmning asosiy hayotiy muhim a`zolarini quvvatlab turish uchun dori-
darmonlar yuborib turiladi. 
Hozirgi vaqtda ko’pdan-ko’p tekshirishlar va tajribalar o’tkazish natijasida 
tsianid kislotaning organizmga ta`sir qilish mexanizmi ancha yaxshi o’rganilgan, shu 
asosda uning ziddi-zaharlari ham sintez qilingan. 
TSianid kislotaning organizmga ta`sir qilish mexanizmi (asosan barcha sintez 
qilingan ziddi-zaharlar) ikki guruhga bo’linadi: 
— metgemoglobin hosil kiluvchi ziddi-zaharlar; 
— tsian guruhini o’ziga biriktirib oluvchi ziddi-zaharlar. 
Metgemoglobin hosil qnluvchi ziddi-zaharlarga
amilnitrit, natriy nitrit, 4- 
dimetilaminofenol va antitsianlar kiradi. Qon tarkibidagi oksigemoglobin va 
tiklangan gemoglobin tarkibiga ikki valentli temir moddasi kiradi. TSianidlar ikki 
valentli temir bilan bog`lanish xususiyatiga ega emas. Qon tarkibiga kiruvchi gemin 
pigmentlarda metgemoglobin bo’ladi, gem tarkibida uch valentli temir ioni bo’ladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


28 
Agar qon tarkibidagi uch valentli temir ioni miqdorini oshirishga erishilsa 
to’qimalardagi tsitoxromoksidazalar tomon oqib ketayotgan tsianidlarni qon 
tomirlarida bog`lashga erishilgan bo’ladi. Azot kislota efirlari (nitritlar) va tuzlari 
kuchli metgemoglobin hosil qilish xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. Bu moddalar 
organizmga yuborilganda gemoglobinniig bir qismi metgemoglobinga aylanadi. 
Buning natijasida qon tarkibida hosil bo’lgan metgemoglobin tsianidlar bilan 
reaktsiyaga kirishadi va tsianmetgemoglobinni hosil qiladi: 
Qon tarkibidagi metgemoglobin yuqori kontsentratsiyaga etganda qon 
plazmasida erigan zaharlovchi moddalarni bog`lab qolmasdai, u tsitoxromoksidaza 
fermenti bilan bog`langan zaharlovchi moddalar bilan reaktsiyaga kirishadi. Buning 
natijasida ferment faolligini tiklashga sharoit yaratiladi, to’qimalarning nafas olishi 
yaxshilanadi. SHuni esda tutish kerakki, metgemoglobin bilan reaktsiyaga kirishgan 
tsianid kislota birikmasi — tsianmetgemoglobin qaytarilish reaktsiyasi xususiyatiga 
ega, ya`ni birmuncha vaqt o’tishi bilan tsianmetgemoglobin tsianid kislota hosil qilib 
parchalanadi. Buning oldini olish uchun davolash vaqtida boshqa ziddi-zaharlarni 
ham qo’llash tavsiya etiladi. 
Qon tarkibida hosil bo’lgan metgemoglobin kislorod tashish xossasiga ega 
emas, agar uning qondagi miqdori oshib ketsa, organizmda gemik gipoksiya 
rivojlanadi. SHuning uchun davolash ishlari o’tkazilayotgan vaqtda qon tarkibidagi 
metgemoglobin miqdorini 30% dan oshirib yubormaslikka harakat qilish kerak 
Bundan tashqari, metgemoglobin qon tomirlariga kengaytiruvchi ta`sir ko’rsatadi va 
natijada kollaps holati rivojlanishi mumkin. SHu sababli nitrobirikmalarni dala 
sharoitida qo’llash maqsadga muvofik emas. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin