Ta`sir mexanizmi va shikastlanish patogenezi. Fosfororganik zaharlovchi
moddalar xuddi boshqa fosfororganik birikmalarga o’xshash organizmga tushganda
xolinesteraza fermentini o’rab olish xossasiga ega. Buning natijasida atsetilxolin
mTBiatorining parchalanishi keskin pasayib, uning miqdori oshib ketadi.
Fosfororganik zaharlovchi moddalarning ta`sir mexanizmi juda murakkabligi tufayli
haligacha to’liq o’rganilgan emas. Ta`sir mexanizmini o’rganishda rossiyalik olimlar
S.N. Golikov, V. I. Rozengart, M.YA.Mixelson, N. V. Savateev va chet el olimlari B.
Sondres, O. Brayn va boshqalarning ilmiy ishlari katta ahamiyatga ega.
Fosfororganik moddalarning nerv tizimiga ta`sirini o’rganish uchun qisqacha
bo’lsada. nervlarning anatomik hamda fiziologik xususiyatlarini o’rganishga to’g`ri
keladi. Odamning nerv tizimi markaziy va periferik qismlaridan iborat. Periferik nerv
tizimi o’z navbatida somatik va vegetativ nerv tizimlaridan iborat. Somatik nervlar
harakatlantiruvchi mushaklar va sezgi a`zolarini innervatsiyalaydi.
Vegetativ nerv tizimi simpatik va parasimpatik bo’limlarga bo’linadi.
Vegetativ nervlar kishining ichki a`zolarini, qon tomirlarini va bezlarni innervatsiya
qilishda ishtirok etadi.
Simpatik nervlar kishi orqa miyasining ko’krak va bel bo’limlaridan chiqadi,
parasimpatik nervlar esa bosh miya suyagidan III- n.oculomotorius, VII – n.facialis.
IX – n.glossopharingeus va X-n.vagus chiqayotgan nervlar tarkibida va orqa
miyaning chanoq bo’limidan chiqqan bo’ladi.
Nerv tizimi ko’pdan-ko’p hujayralardan tashkil topgan, ular nerv impulslarini
bir-biriga yoki boshqaruvchi a`zolarga, muskullarga o’tkazadi. Vegetativ nervlar
sinapslarga ega bo’lganligi sababli presinaptik va postsinaptik tolalarga bo’linadi.
Parasimpatik nervlar uzun presinaptik va qisqa postsinaptik tolalarga ega bo’ladi,
simpatik nervlar esa orqa miyadan chiqib, paravertebral zanjir hosil qiladi va qisqa
presinaptik va uzun postsinaptik tolalarga ega bo’ladi. Nerv impulsini presinaptik
toladan postsinaptik tolaga, so’ngra a`zolardagi retseptorlarga mTBiatorlar (kimyoviy
moddalar) yordamida o’tkazadi. Parasimpatik nervlarning presinaptik va postsinaptik
tolalari oxirida atsetilxolin mTBiatori ajralib chiqadi, shuning uchun ular xolinergik
deb ataladi. Simpatik nervlarning presinaptik tolasi oxirida atsetilxolin mTBiatori,
postsinaptik tolasi oxirida esa noradrenalin ajraladi, shuning uchun ushbu tola
adrenergik deb nomlanadi.
Orqa miyaning oldingi shoxlaridan boshlangan harakatlantiruvchi efferent
nervlar tolalarga bo’linmaydi, ularning oxirida atsetilxolin mTBiatori ajralib chiqadi
va kelgan impulslarni muskullarga o’tkazadi.
Organizmda atsetilxolin mTBiatori xolin va atsetilkoenzimdan xolinatsetilaza
fermenti yordamida hosil bo’ladi. hosil bo’lgan atsetilxolin vezikulalarda —
pufakchalarda joylashgan bo’ladi. Nerv impulsi o’tmagan vaqtda postsinaptik
membrana kaliy va natriy ionlarining notekis taqsimlanishi tufayli elektr qutblanish
holatida bo’ladi. Impuls kelgan vaqtda atsetilxolin vezikulalardan ajralib chiqadi va
sinaptik oraliqqa chiqadi. Atsetilxolin nerv impulsini xolinoretseptorlarga o’tkazadi.
Atsetixolin Sa
++
ionlari ishtirokida vezikulalardan sinaptik oraliqqa chiqadi, har bir
impulsga javoban 200—300 vezikula atsetilxolindan bo’shab qoladi. Impuls
o’tkazilgandan so’ng sinaptik oraliqdagi atsetilxolin taxminan 0,002 lahza ichida
www.ziyouz.com kutubxonasi
41
holiensteraza fermenti ta`sirida gidrolizlanadi va xolin hamda sirka kislota hosil
bo’ladi. Impuls o’tkazishi tugaydi, so’ngra membrana yana polyarizatsiya holatiga
o’tadi, yangi impulsni qabul qilishga tayyor bo’ladi. Xolinesteraza fermenti xaqiqiy
va soxta (butirilxolinesteraza) bo’ladi. Xaqiqiy xolinesteraza sinaptik oraliqda
joylashgan bo’lib, asosiy atsetilxolinni parchalaydi, soxta xolinesteraza plazmada va
hujayralardan tashqari suyuqlikda joylashib, atsetilxolindan boshqa efir bog`lamli
birikmalarni ham parchalaydi.
Atsetilxolin quyidagicha parchalanadi. Atsetilxolin molekulasi qutbli bo’lib,
musbat zaryadli trimetilammoniy (kationli) turkumdan hamda manfiy zaryadli
karboksil (anionli) turkumdan iborat, Xolinesteraza fermentining faol joyida ham
zaryadli ikkita anion va esteraza markazi bor. Atsetilxolinning kationli turkumi
xolinesterazaning anionli markazi bilan bog`lanadi, esteraza markazi esa
atsetilxolinning karboksil turkumining uglerodi bilan kovalent birikma hosil qiladi (4-
rasm). SHundan keyin atsetilxolin molekulasidan efir birikmalari ajralib chiqib, xolin
va atsetillangan ferment hosil bo’ladi.
Postsinaptik
membranada
joylashgan
xolinoretseptorlarning
tuzilishi
xolinesterazaga o’xshash ketadi. Xolinoretseptorlarning ham anion, ham esteraz
markazi bor. Nerv impuls tufayli vezikulalardan chikqan mTBiator, atsetilxolin va
xolinotrop moddalar xolinoretseptorlarning faol markaziga ta`sir ko’rsatadi.
Xolinoretseptorlarning farmakologik moddalarga nisbatan sezuvchanligi har xil
bo’ladi. Ular muskarin sezuvchanlarga - M-xolinoretseptorlarga va nikotin
sezuvchanlarga - N-xolinoretseptorlarga bo’linadi. M-xolinoretseptorlarni muskarin
kuzg`atadi, atropin esa falajlaydi. N-xolinoretseptorlarni nikotinning kichik miqdori
qo’zg`atadi, katta miqdori esa falajlaydi.
M-xolinoretseptorlar postsinaptik parasimpatik nervlarning ohirida—a`zolarda,
bezlarda, qon tomirlarda hamda markaziy nerv tizimining retikulyar formatsiyasida
joylashgan. N-xolinoretseptorlar simpatik va parasimpatik nervlarning tugunchalari—
sinapslarida, buyrak usti bezining xromaffin to’qimalarida, karotid sinusda, skelet
mushaklarida, neyrogipofiz va markaziy nerv tizimining bosh miya po’stlog`ida,
piramid tizim va orqa miyada joylashgan.
Dostları ilə paylaş: |