Ta`sir qilish mexanizmi. Tetraetilqo’rg`oshin yog`larda, lipidlarda yaxshi
erishi sababli teri orqali va nafas yo’llari orqali organizmga tushadi. Qonga so’rilgan
tetraetilqo’rg`oshin jigardagi mikrosomal fermentlar ta`sirida parchalanadi va
o’zining metabolik mahsuloti — tetra-uch-etilqo’rg`oshinni hosil qiladi. Uch-
etilqo’rg`oshin qon tarkibida uzoq muddat, ya`ni 20 kungacha saqlanib turadi va
gematoentsefalik to’siqlardan o’tib, miyada to’plana boshlaydi. SHuningdek u
lipidlarga
boy
bo’lgan
jigarda
va
boshqa
to’qimalarda
to’planadi.
Tetraetilqo’rg`oshinning talamusda, gipotalamusda, bosh miya yarim sharining
peshana qismida ko’p miqdorda to’planishi aniqlangan.
Organizmdagi tetraetilqurg`oshin moddalar almashinuviga ta`sir ko’rsatib
uning buzilishini keltirib chiqaradi. Asosan uglevod almashinuvi buziladi. Piro-uzum
kislotasining oksidlanish mahsulotlari bo’lmish karboksilaza fermenti faoliyatini
pasaytirib yuboradi. SHuning uchun o’tkir zaharlanish yuz berganda piro-uzum
kislotasining qon tarkibidagi miqdori 1,5—2 mg% va bundan yuqori darajada
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |