Davosi. Zaharlanganlarga shoshilinch yordam ko’rsatilganda shilliq qavatga,
og`iz bo’shlig`iga, teri qavatiga va kiyim-kechaklarga tushgan tetraetilqo’rg`oshin
tezlik bilan zararsizlantirilishi kerak Zaharli modda me`daga tushganda tezda me`da
zond bilan yuviladi. Me`dani yuvish uchun 1—2% li natriy gidrokarbonat eritmasi
qo’llaniladi. Etilli benzin teri qavatiga tushganda iliq suv va sovun bilan yuvish kerak
bo’ladi, suv bo’lmaganda kerosin bilan yuviladi. Kiyim-kechakka tushgan
tetraetilqo’rg`oshinni zararsizlantirish uchun 10—14% li xloramin eritmasi
ishlatiladi. Og`iz va shilliq qavatlar 0,25—0,5% li xloramin eritmasi bilan chayiladi.
Organizmdan zaharli moddani chiqarish uchun etilendiaminotetrasirka
kislotaning kaltsiy-dinatriyli tuzi (SaNa
2
TBTA), 20 ml 10% li eritmasi natriy
xloridning izotonik eritmasida yoki 5% li glyukoza eritmasida eritilib, venaga
tomchilatib 4—6 soat mobaynida yuboriladi. Uning tezligi daqiqasiga 40 tomchi
bo’lishi kerak. Davolash kursi bir oy. Engil darajadagi zaharlanishda davolash uchun
SaNa
2
TBTA tabletkasi 0,5 g dan kuniga 4 marta yoki 0,25 g dan kuniga 8 marta
beriladi. Tabletkalar har 1—2 kunda qabul qilinadi, davolash kursi 20—30 kun.
Qo’zg`alishlar kuzatilganda geksenal (10% li eritmasi 5—10 ml dan) venaga
yuboriladi yoki 10 ml 25% li magneziy sulfat muskullar orasiga yuboriladi. Engil
holatlarda kechkurun ichish uchun fenobarbital (0,1 g) yoki barbamil (0,1 g) tavsiya
etiladi. Kompleks davolashda vitaminlardan V
1
, S buyuriladi.
Dostları ilə paylaş: |