Dala sharoitida kishi boshiga bir kunda sarflanadigan eng kam qilgandagi
suv me`yori
Bir kishi uchun sarflanadigan bir
kunlik suv miqdori, litrda
Suvning sarflanishi
o’rta mintaqada
issiq
iqlim
sharoitida
CHoy tayyorlash va suvdonni to’ldirish uchun
Ovqat tayyorlash va idishlarni yuvish uchun
Individual idishlarni yuvish uchun
YUvinish uchun
Hammasi
Faqat ichish uchun
2,5
3,5
1,0
3,0
10.0
2,5
4,0
3,8
1,2
6,0
15,0
4,0
Suvni dezaktivatsiya qilish uchun turli usullardan foydalaniladi.
1. Suvni dezaktivatsiya qilish uchun ion almashtiruvchi smolalardan
foydalaniladi. Bu o’zining samaraliligi bilan boshqa usullardan yuqori turadi. Ion
almashtiruvchi smolalar ionitlar deb ham ataladi. CHunki ular suvda erigan
moddalarning ionlari bilan o’z ionlarini almashtirish xususiyatiga ega. Hozirgi vaqtda
ikki xil ionlardan — kationitlar va ionitlardan foydalaniladi. Ushbu sintetik smolalar
yuqori molekulali uglevodlar bo’lib, monomerlardan iborat. Bu monomerlar bir-biri
bilan polimerizatsiya yoki polikondensatsiya yo’li bilan biriktirilgan. Hozirgi vaqtda
keng qilganda quyidagi ionitlar: Ku-2, SBS, EDE-10P, amberlit, permutit, daueks va
boshqalar suvni dezaktivatsiya tsilish uchun ishlatib kelin di. Bu ishlatiladigan
ionitlar organizm uchun zararsiz bo’lishi kerak
Suvni tozalash uchun oddiy kationit qavati orqali, so’ngra anionit qavati orqali
filtrlanadi. Har bir ionit qavatining qalinligi 40—50 sm ni tashkil qilishi kerak, har
10—15 soatda ionitlar to’yinib qoladi, shuning uchun ular shu vaqtda almashtiriladi.
Ionitlar orqali suv filtrlanganda MAFS ning unumdorligi 2500 l/s ni tashkil qiladi.
2. Suvni koagulyatsiya qilish yo’li bilan tozalash mumkin, buning uchun suv
koagulyatsiya qilinadi va tindiriladi. so’ngra karboferrogel—M (temir moddasining
ishlatilgan tuzlari va faollashtirilgan ko’mir) orqali filtrlanadi- Bunda suvdagi
muallaq zarrachalar koagulyantlarda ushlanib qolinadi. Qolgan oz miqdordagi
zarrachalar esa karboferrogel-M da ushlanib qolinadi. Karboferrogel-M orqali suv
filtrlanganda MAFSning unumdorligi 500—700 l/s ni tashkil qiladi.
3. Suv koagulyatsiya qilib tindiriladi va to’qima—ko’mir filtr orqali filtrlanadi.
TUF-200 komplekti filtr, qo’l nasosi, suv saqlanadigan (RDV-100) idish, brezent
chelaklar, filtrlovchi materiallar va reagentlardan iborat. TUF-200 ning unumdorligi
200—300 l/s ni tashkil qiladi. Tozalanadigan suv oldin RDV-100 idishiga solinib,
ko’p miqdordagi xlorlovchi modda bilan xlorlanadi, kerak bo’lganda koagulyatsiya
qilinadi. So’ngra qo’l nasosi yordamida filtr orqali ikkinchi RDV-100 idishiga
o’tkaziladi. Faollangan ko’mir suvni xlordan to’liq tozalaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
67
Ishchilar zaharlanishning oldini olish uchun yorliqlar, plakatlarda berilgan
havfsizlik texnikasi bo’yicha yo’riqnomalarda ko’rsatilgan barcha ogohlantirishlarga
rioya qilishlari lozim. SHuningdek ish joyida zaruriy ehtiyot choralarini ko’rishlari
kerak.
Zaharlanish belgnlari va alomatlari.
Eng muhimi — zaharlanish sodir bo’lganini aniqlash, hodisa sodir bo’lgan joyda
biron g`ayriodatiy narsa — nohush hid, alanga, tutun, ochiq yoki ag`darilgan idish,
ochiq dori qutisi, ag`darilgan yoki zararlangan o’simlik bor-yo’qligiga e`tibor berish
kerak.
1.Jabrlanuvchining umumiy kasal holati yoki ko’rinishi; kasallik to’satdan xuruji
sonining belgi va alomatlari.
2.Ko’ngil aynishi, qayt qilish.
3.Ich ketishi.
4.Ko’krak yoki qorin og`rishi.
5.Nafas olishning` buzilishi.
6.Terchillik.
7.So’lak ajralishi.
8.Hushdan ketish.
9.Muskul uchishi.
10.Tomir tortishish.
11.Lab atrofi, til yoki teri kuyishi.
12.Terining notabiiy rangga kirishi, qichishi, jarohatlar.
13.Jabrlanuvchining g`alati xatti-harakatlarii.
Dostları ilə paylaş: |