Teri qoplamasi orqali zaharlanishda birinchn yordam ko’rsatish. Zahar badanga
tegishi natijasida jabrlanuvchiga ko’rsatiladigan birinchi srdam zararlangan joyni 20
minut davomida obdon yuvishdan iborat bo’ladi.
Eng avvalo, zaharli modda bilai ifloslangan kiyimni echib oling va yuvilmagunicha
ularga tegmaslikka harakat qiling. Jarohat, masalan, kuygan joy bo’lsa, toza yoki
sterillangan ho’l bog`lam qo’ying.
Zaharli modda tekkanidan ancha vaqt o’tgach ko’rsatiladigan yordam quyidagilarii
o’z ichiga oladi:
1. Terida toshma yoki pufakchalar paydo; bo’lsa, zararlaigan joyni, qichishini
kamaytirish uchun, ichiladigan soda eritmasi bilai 20 miiut davomida yuving.
2.Agar jabrlanuvchiiing ahvoli yomonlashsa yoki ancha joyi zararlangan bo’lsa,
vrachga murojaat qiling, u dori yozib beradi.
Quruq yoki suyuq kimyoviy moddalar teriga tekkanida biriichi yordam ko’rsatish:
I- Quruq kimyoviy moddalarni artib tashlash, teri qoplamasiga zarar etkazmaslikka
harakat qilish, kimyoviy moddalarni ko’zga va teriga tushishidan ehtiyot bo’lish
lozim.
3.Zararlangan joyni suv oqimi ostida yuvish, garchi quruq kimyoviy moddalar suv
bilan birikib, reaktsiya hosil qilsa-da, oqib turgan suv ostida uzoq vaqt yuvib, uni
teridan ketgazish mumkin. YOrdam ko’rsatishda himoya qo’lqopidan foydalanish
kerak.
Dostları ilə paylaş: |