Kapital xarakati balnsi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha tushumlar – Xorijiy aktivlarni sotib olishga kilingan xarajatlar. Xorijga aktivlarni sotish valyuta zaxirasini ko`paytirsa, sotib olish esa uni kamaytiradi. SHuning uchun kapital xarakati balansi barcha operatsiyalardan keladigan sof valyuta tushumlarini ko`rsatadi. Kapital xarakati xisobining ijobiy koldigi mamlakatda kapital ko`payishini bildirsa, uning salbiy koldigi mamlakatda kapital kamayishini bildiradi.
Avval aytib o`tilganidek, joriy operatsiyalar bo`yicha balans va kapital xarakati balansi o`zaro chambarchas boglik. Bizning misolda birinchisining takchilligi (-87) katta kismi (+63) kapitalning sof okib kelishi xisobiga moliyalashtiriladi va aksincha, agar to`lov balansi joriy operatsiyalar bo`yicha musbat koldikka ega bo`lsa, kapital xarakati xisobi balans bo`yicha manfiy koldikka yo`l ko`yilgan bo`ladi.
SHunday kilib, balansning bu ikki bo`limi bir-biri bilan tenglashib boradi.
To`lov balansi koldigi= Joriy operatsiyalar + Kapital xarakati balansi Birok, amalda to`lov balansining bu kismida xam ko`pincha kamomad yoki ortikchalik yuzaga keladi. Barcha mamlakatlarning Markaziy banklari rasmiy zaxiralar deb ataluvchi xorijiy valyuta zaxiralariga ega bo`lib, bu zaxiralar joriy operatsiyalar bo`yicha balans va kapital xarakati bo`yicha balans nomutanosibligini bartaraf etishda ko`llaniladi. Bizning misolda bu nomutanosiblik yoki koldik (-24)ni tashkil etadi va rasmiy zaxiralardan tushumlar xisobiga tartibga solinadi.
Rasmiy zaxiralarning kiskarishi (+) kamomad mikdorini ifodalaydi, rasmiy zaxiralarning o`sishi (-) esa to`lov balansining musbat koldigi mikdorini ko`rsatadi. Natijada uning barcha uch bo`limi summasi «0»ni tashkil etishi lozim. Bu esa xorijiy valyuta taklifini va unga mamlakatda bo`lgan talab tengligini bildiradi.
17.4. To`lov balansining tarkibiy kismlari o`rtasidagi boglikliklar Joriy operatsiyalar xisobi bilan kapital xarakati xisobining o`zaro alokalarini umumlashtirsak, uning makroiktisodiy ko`rinishi kuyidagicha bo`ladi:
Y=C+I+G+Xn;
Y-C-G = C+I+G+Xn-(C+G);
Sn = I+Xn
S)+Xn=0 ( egiluvchan valyuta kursi rejimida markaziy bank aralashmagan sharoitda), bu erda: Sn – milliy jamgarish;
(I-S) – mikdori ichki investitsiyalarning ichki jamgarmalardan ortikchaligini ko`rsatadi va kapital xarakati xisobi koldigini bildiradi.
Asosiy makroiktisodiy ayniyatga ko`ra joriy operatsiyalar va kapital xarakati xisoblari bir-biriga tenglashadi:
X-M = Xn=-(I-S)=S-I ichki balans
Bu shuni bildiradiki, to`lov balansining joriy operatsiyalar bo`ycha kamomadi kapitalning sof okib kelishi xisobiga moliyalashtiriladi.