To’lov balansini tuzish tamoyillari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə1/21
tarix10.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#128217
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Шермуҳаммедов Дилшод ДЕК-61


O’zbekiston respublikasi
oliy TA’LIM, FAN va INNOVATSIYALAR vazirligi
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT universiteti

IQTISODIYOT FAKULTETI
sirtqi bakalavriat
MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASHTIRISH” KAFEDRASI
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish fanidan
To'lov balansini tuzish tamoyillari”
mavzusida bajargan
kurs ishi
Bajardi: Sirtqi 4-bosqich DEK-61 guruhi o‘quvchisi D.Shermuhammedov
Tekshirdi: Ilmiy rahbar I.Yunusov


Toshkent-2023 yil
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………………………..3
I. To’lov balansini tuzish tamoyillarining nazariy asoslari………………………5
1.1. To’lov balansi tarkibi, xususiyatlari va makroiqtisodiy siyosatning unga bo’lgan ta’sir usullari…………………………………………………………………………...5
1.2. To’lov balansi saldosi va uni o’lchash uslublari………………………………….11
II. To’lov balansini tartibga solish amaliyoti……………………………………………………………………………..22
2.1. Rivojlangan mamlakatlarda to’lov balansini tartibga solish tajribasi…………….22
2.2. Rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balansini tartibga solishdagi chora-tadbirlar………………………………………………………………………………31
Xulosa………………………………………………………………………………...58
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………………...60

Kirish
To’lov balansiga doir tushunchalar uning tarkibi kabilar haqida so’z ketganda 1993-yil XVF (Xalqaro valyuta fondi) tomonidan nashr etilgan 5-sonli nashrga asoslaniladi.
To’lov balansi bir mamlakatning boshqa malakatlarga ma’lum bir davr mobaynida haqiqatda o’tkazgan valutaviy to’lovlari va tushumlari o’rtasidagi nisbatni, mamlakatning xalqaro pullar harakatini o’zida aks ettiruvchi hujjatdir. Agar to’lov balansida valutaviy tushumlar to’lovlardan ortib ketsa, to’lov balansi aktiv, aksincha esa passiv hisoblanadi.
Joriy operatsiyalar balansi (xususan, tovarlar eksporti va importi o’rtasidagi nisbatni o’zida aks ettiruvchi savdo balansi, xizmatlarning sof eksportini, investitsiyalardan olingan daromadlarni va bir tomonlama pul o’tkazmalarini o’zida aks ettiruvchi «ko’rinmas» joriy operatsiyalar balansi) va kapital harakati balansi (mamlakatdan kapitalni chiqib ketishi va unga xorijiy kapitalning kirib kelishini o’zida aks ettiradi) to’lov balansining tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. To’lov balansi rivojlanishining qisqacha tarixi ilovaning boshida berilgan.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi shundan iboratki mamlakatlar tashqi aloqalarda olib borilayotgan operatsiyalar, majburiyatlarni aks ettirish, uni ikki yoqlama yozuv asosida aniq ko’rsatish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishimning obyekti sifatida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balansi, shu jumlamadan O’zbekiston respublikasi to’lov balansi o’rganilgan.
Kurs ishi predmeti sifatida XVF fondining to’lov balansini muvofiqlashtirish metodlari, rivojlangangan mamlakatlar tajribasi va Ekonometrika elementlari olingan.
Kurs ishining metodologiyasi. Kurs ishi loyihasida nazariy hamda empirik usullardan foydalanilgan. Alohida to’xtaladigan bo’lsak, nazariy usulda deduksiya, tasniflash, umumlashtirish kabilar. Emprikda esa, MVF ma’lumotlari asosida mamlakatlar to’lov balansidagi o’zgarishlar va bashoratlar ekonometrik tahlil orqali o’rganilgan.
Kurs ishining tarkibi har biri uchta punktdan iborat bo’lgan ikki bo’limdan tashkil yopgan bo’lib, birinchi bo’limda to’lov balansining nazariy asoslari bo’lsa, ikkinchida bevosita AQSH, Yaponiya, Germaniya va Rossiya, Xitoy, O’zbekiston kabi mamlakat-lar misolida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balansi tahlili keltirilgan.
Kurs ishidan ko’zlanagan maqsad rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar misolida zamonaviy to’lov balansini tahlil qilish, jumladan O’zbekiston Respublikasida ham to’lov balansini barqarorlashtirishdagi choralarni o’rganish.
Kurs ishida qo’yilgan vazifalar:

  • To’lov balansining tub mohiyati va uning asosiy tamoyillarini ko’rib chiqish.

  • To’lov balansi makro iqtisodiy jihatdan o’rganish.

  • O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo balansini o’rganish va respublika to’lov balansi barqarorligini ta’minlash yo’llarini taklif etish.




Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin