Tomatdoshlar oilasiga mansub o’simliklarning karantin zarakunandasi Kartoshka kuyasi (Phtorimaea operculella) haqida bilasizmi?



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə1/3
tarix14.09.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#143405
  1   2   3
Kartoshkakuyasi


Tomatdoshlar oilasiga mansub o’simliklarning karantin zarakunandasi Kartoshka kuyasi (Phtorimaea operculella) haqida bilasizmi?




Rivojlanish bosqichi

Ular qanday ko'rinishga ega?

Ularni qayerdan topishingiz mumkin?

Imago (etuk zot)

Kapalagi kichkina, och kulrang tusda bo‘ladi. Oldingi qanotlari 12–15 mm. Erkagining oldingi qanotlari urg‘ochiga nisbatan 2–2,5 mm kichikroq bo‘ladi. Qanotlarida to‘q rangli chiziqlari va qora dog‘lari bor. Erkak kapalak urg‘ochisidan asosan qorin qismining oxirida oq yoki kulrang momiqlar borligi bilan farq qiladi. Qornining rangi sarg‘ish kulrang, ost qismi esa kulrang oq tusda. Oldingi va o‘rta oyoqlari och-kulrang, tashqi tomoni panjalari jigarrang tusda.

Butun o’simlikda



Tuxumi

Ba’zan bir tomoni botiqroq bo‘ladi. Eni 0,35–0,45mm, uzunligi 0,8 mm. YAngi qo‘yilgan tuxumlari oq rangda, kamalaksimon tovlanib turadi. Qobig‘i silliq, bir tomoni to‘rsimon. Vaqt o‘tishi bilan tuxum to‘q rangga kiradi va qurt chiqishidan oldin qobiqdan ko‘rinib turadi.

Asosan barg ostida, poyalarida, saqlashda tuganak ko’zchalariga,Qoplarda.

Lichinkasi

Tuxumdan chiqqan lichinka 1,2 mm uzunlikda, rangsiz yoki och qizg‘ish tusda, vaqt o‘tish bilan to‘q jigarrang tusga kiradi, bosh qismi qora rangda. Etuk lichinkalar 10–13 mm, eni 1,5 mm, rangi sarg‘imtir qizg‘ish yoki yashilsimon kulrang tusda. Bosh qismi to‘q jigarrang yoki qora rangda. Ko‘krak qismi deyarli qora, sarg‘ish, qalqonlari juda kichkina va to‘q tusda.

Barglarda.poyalarda.

G’umbagi

sarg‘ish-kumush rangda. G‘umbak uzunligi 10 mm, eni 4 mm ni tashkil qiladi. Erkagining g‘umbagi, odatda urg‘ochining g‘umbagiga nisbatan kichikroq bo‘ladi.




Tuproqda, Tuganakda, Poyada.


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin