Xo’jayin o'simliklar: kartoshka va Solanaceae oilasining boshqa turlari (masalan, pomidor, baqlajon, qalampir, tamaki) O’zbekistonda 8 viloyat (Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Navoyi, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm) 26 ta tumanda 1073 ga erda tarqalgan.
Biologiyasi Urg‘ochi kuya o‘simliklar bargining pastki tomoniga (asosan tomirlar yaqiniga), ba’zan o‘simliklar bo‘g‘zi atrofidagi tuproqqa, ba’zan pomidor mevasiga bittadan yoki ikkitadan tuxum qo‘yadi, kartoshka yuzasidagi chuqurchalarga tuxum qo‘yishni yaxshi ko‘radi. Urg‘ochi kuya umrida 150-200 tagacha tuxum qo‘yadi, tuxum qo‘yishi 6 kundan uch haftagacha davom etadi. Tuxum qo‘yib bo‘lgan urg‘ochi kapalaklar nobud bo‘ladi. Quyosh botib, qosh qorayganda va sahardagi g‘ira-shirada kapalaklar uchadi va tuxum qo‘yadi. Turli sharoitda 5 kundan 30 kungacha o‘tgandan keyin tuxumlardan lichinkalar chiqadi. Lichinka tuxum ichini kemirib o‘ziga chiqish uchun teshik ochadi va tuxumdan chiqadi. Bo‘shagan tuxum oq rangda bo‘ladi.
Tuxumdan chiqqan lichinkalar birdaniga bargni kemira boshlamaydi, avvaliga o‘rgimchak to‘risimon to‘rlar to‘qiydi va shuni ichida yurib, birozdan keyin barg, mevalarga yo‘l ochadi va ularni kemira boshlaydi. O‘rgimchak to‘ri ostida yo‘llar kengayib borishi bilan, lichinka o‘z ekskrementlari bilan to‘ldirib boradi. Odatda lichinkalar bitta yo‘l ochib oladi, agar ozuqa kam bo‘lsa, ikkinchi yo‘lni ham ochib olishi mumkin. Kuya lichinkasi umri davomida 4 yoshni o‘taydi, lichinka 11-26 kungacha rivojlanadi. YOz mavsumida Kartoshka kuyasining lichinkalar 11 kun, g‘umbagi esa 7 kun rivojlanadi. 27℃ lik haroratda zararkunandaning rivojlanishi hammasi bo‘lib 25 kunga cho‘ziladi. Bir yilda 5–6 avlod beradi. Qulay sharoitda kartoshka kuyasi yiliga 11-13 tagacha avlod berishi ham mumkin. YOz mavsumida bir avlodning rivojlanishi 22–30 kun, qish mavsumida esa 2–4 oygacha davom etadi. Havo haroratining
-4℃ va +36℃ bo‘lishi kartoshka kuyasiga halokatli ta’sir qilad. Rivojlanish uchun optimal harorat va namlik mos ravishda 22-26 ° C va 70-80 foizni tashkil qiladi.
Monitoring
Feromon tuzoqlari kartoshka kuya faolligini aniqlash va insektitsidlarni qo'llash vaqtini aniqlash uchun juda muxum hisoblanadi. Kuzatuv uchun yorug'lik tuzoqlaridan ham foydalanish mumkin. Foydali harorat yig’indisiga asoslangan hisob-kitob ma’lumotlari o’simliklarni uyg’unlashgan himoyasi uchun ham foydali bo'lishi mumkin, agar mahalliy sharoitga moslashgan bo'lsa, Shuningdek, barglarda zararlash xusussiyatlarini aniqlash uchun muntazam tekshiruvlar o'tkazish tavsiya etiladi.