JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI, SIRTQI BO’LIMI, 661-21-GURUH TALABASI SATTORQULOV OTABEKNING QURILISH MATERIALLARI VA BUYUMLARI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI Mavzu: Tombop va gidroizolyatsiya o’rama va kompozitsion samarali materiallar tayyorlash usullari va istiqbollari. Reja:
Tombop o‘rama gidroizolyasiya materiallar.
O‘rama gidroizolyasiya materiallari.
Gidroizolyasiya materiallari mustahkamlik, deformativlik, issiqqa bardoshlilik, biologik va kimyoviy muhitlarga chidamlilik, suv o‘tkazmaslik va boshqa xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. Bitum va qatron asosida olingan gidroizolyasiya materiallari 4500-5000 yil avval Misr va Mesopotamiyada ehrom, mavzoley, basseynlarni, kanal va gidrotexnik inshootlarni gidroizolyasiya qilish uchun ishlatilgan. Tombop o‘rama materiallar gidroizolyasiya materiallari hisoblanadi, bino va inshootlarning eng ma'suliyatli qismiga ishlatiladi. O‘rama gidroizolyasiya materiallar asosida tom bir-necha qatlamlardan iborat bo‘lib, ostki qatlamlarga qoplamasiz, eng ustki qatlamiga esa qoplamali turlari qo‘llaniladi. Eng ustki qatlamga ishlatiladigan o‘rama material tashqi tomoniga yirik donali (K), mayda donali (M) yoki kukunli (P) minerallar (qum, maydalangan tosh) sepiladi. O‘rama gidroizolyasiya materiallari asosli va asossiz turlarga bo‘linadi. Asosli materiallar texnik karton, asbest karton, shisha to‘qima va noto‘qima matosi va boshqalarni bitum yoki qatron bilan ishlov berib tayyorlanadi. Asossiz o‘rama materiallar mikrokompozision bo‘lib, bitum yoki qatron bog‘lovchilar, kukun to‘ldirgich (mineral yoki rezina kukuni) va modifisirlovchi qo‘shimchalar (antiseptik, plastifikator va stabilizatorlar) aralashmasini muayyan qalinlikda prokatlab tayyorlanadi. Ruberoid-texnik kartonni oson eriydigan bitumlar eritmasida shimdirib, ikki tomonidan kukun to‘ldirgichli qiyin eriydigan bitum va maydalangan talk yoki boshqa minerallar sepib tayyorlangan o‘rama materialdir. Ruberoid ishlatilish joyiga qarab tom yopilishida ostki (P) va ustki qatlam (K) uchun, qurilish konstruksiyalarini gidroizolyasiyalash uchun ruberoidlarga bo‘linadi. Ruberoid quyidagi markalarda ishlab chiqariladi: RKK-500 A, RKK-400 A, RKK-400 B, RKK-400 V, RKM-350B, RKM-400 V, RPM-300 A, RPM-300 B, RPM-300 V, RPP-350 B, RPP-350 V, RPP-300 A, RKK-300 V. Markalarda ko‘rsatilgan raqamlar 1m2 ruberoidning massasini (g) bildiradi. Ruberoidning bakteriya va mikroorganizmlar ta'sirida chirishini bartaraf etish maqsadida antiseptiklar bilan bitumga ishlov beriladi. Ruberoid sovuq muhitda ham elastikligini saqlab qolishi uchun polimerlar bilan modifikasiyalangan bitum asosida REM-350 markada tayyorlanadi. Bu markadagi ruberoid –500S haroratda ham mo‘rt bo‘lmaydi, 1,5-2 marta xizmat vaqti uzayadi, ob-havoga chidamli bo‘ladi. Ruberoid eni 1000, 1025, 1050 mm, umumiy yuzasi esa 5, 7, 10 va 15m2 holda ishlab chiqariladi. Hozirgi vaqtda ruberoidning pastki tomoni qalin qoplamali xili ishlab chiqarilmoqda. Bu ruberoid xili tom gidroizolyasiyasida bevosita asosga maxsus bitumli mastikalarsiz yopishtiriladi. Buning uchun maxsus moslama yordamida alanga hosil qilinadi va ruberoid pastki tomonidagi qoplama eritilib asosga yopishtiriladi. Bu usulda tom qoplanganda mehnat unumdorligi 50% ortadi, ish tannarxi arzonlashadi va qoplamaning sifati oshadi. Gidroizol-asbest kartonni bitumli bog‘lovchilarda shimdirib tayyorlanadi. Gidroizol yer osti konstruksiyalari va gidrotexnik inshootlarni gidroizolyasiyalashda, korroziyaga bardoshli qoplamalar olishda ishlatiladi. Gidroizol ikki markada GI-G va GI-K ishlab chiqariladi. Folgaizol-yupqa alyuminiy folgasi va unga qoplangan bitum-rezinali himoyalovchi qatlamdan iborat o‘rama material. Uning eni 1m va uzunligi 10 m. Folgaizol tomlarni qoplashda, bino va inshootlar bug‘ va gidroizolyasiyasida, choklarni berkitishda ishlatiladi. Metallizol-alyuminiy folgasini ikkala tomondan bitumli mastika qoplab tayyorlanadi. Alyuminiy folgasi qalinligiga ko‘ra metallizol ikki markada bo‘ladi. U yuqori uzilishdagi mustahkamlikka, agressiv va obi-havo muhitiga bardoshli materialdir. Metallizol yer osti va gidrotexnik inshootlarni gidroizolyasiyalashda ishlatiladi. Brizol-neft bitumi, rezina kukuni, asbest tolasi va plastifikator aralashmasi massasini prokatlash usulida olinadi. Brizol 40% konsentratsiyali sulfat kislotasiga va 20% xlorid kislotasiga 600S haroratgacha bardoshli bo‘ladi. U yerosti metall konstruksiyalarni korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi. Brizol asosga bitum-rezinali maxsus mastika yordamida yelimlanadi. Izol-bitum, devulkanizasiyalangan rezina, mineral kukun, antiseptik va plastifikator aralashmasi massasini prokatlash usulida tayyorlangan asossiz o‘rama gidroizolyasiya va tombop material. Izol ruberoidga nisbatan elastiklik, biologik muhitga chidamli va xizmat qilish muddati ikki marta ko‘proq. Izol eni 800 va 1000 mm, qalinligi 2 mm, umumiy polotno yuzasi 10-15 m2 holatda tayyorlanadi. U gidrotexnik inshootlarni, rezervuarlarni, basseynlarni, yerto‘lalarni, truboprovodlarni, qiyali va yassi tomlarni gidroizolyasiyalashda ishlatiladi. Izol asosga sovuq va issiq bitumli mastikalar yordamida yelimlanadi. Tol-texnik kartonni qatronlarda shimdirib ikki tomonidan qatron va qum yoki mineral kukunlar sepilib olingan o‘rama material. Yirik mineral sepmali tol tekis tomlar gidroizolyasiya qatlamining yuqori qavatiga, qum sepmali tol esa bino va inshootlar poydevori va boshqa qismlari, vaqtincha inshootlarning tomi gidroizolyasiyasi uchun ishlatiladi. Tol-charm va gidroizolyasion tol texnik kartonni qatronlarda shimdirib, qatron va mineral kukun sepmasisiz olinadi. U ko‘pqatlamli gidroizolyasiya qoplamasining pastki qavatlarida va bug‘ izolyasiyasida ishlatiladi. Qatronbitumli o‘rama material texnik kartonni qatronga shimdirib, ikki tomondan bitum va mineral kukun sepib tayyorlanadi. Ular ko‘pqatlamli tom gidroizolyasiya qoplamasi barpo qilishda ishlatiladi. Tombop va gidroizolyasiya o‘rama materiallari suv shimuvchanlik, suv o‘tkazmaslik, issiqqa bardoshlilik va mustahkamlik bo‘yicha texnik talablarga mos kelishi kerak. Masalan, shisharuberoidning suv shimuvchanligi 5% gacha, 0,07 MPa gidrostatik bosimda 10 min davomida namuna yuzasida suv tomchilari paydo bo‘lmasligi kerak.