Toponimika va geografik terminshunoslik


Geografik nomlarning paydo bo'lishi



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
Geografik nomlarning paydo bo'lishi
Toponimlarning paydo bo'lishi masalasi bir qarashda juda oddiyga, 
hech qanday qonuniyat yo'qqa o'xshaydi. Bunda bir qancha misollar keltirish 
mumkin. Rossiya imperiyasi vaqtida rus qo'shinlari bosib olgan joylarda 
ruslar mahalliy aholi bilan birga yashashni o'ziga ep ko'rmay, har bir yirik 
shahar yaqinida rus shahrini qurgan va eski shahar yonida yangi shahar -
“город” paydo bo'lgan. O'zbekistondagi har bir yirik shahar yaqinida yangi 
shahar - город bo'lib, ular shaharga qo'shilib ketib, farq yo'qolgan. Shunday 
shaharlardan biri Marg'ilon shahridan 12 km masofada qurilib, unga Новый
Маргелан deb nom qo'yilgan. Dukchi Eshon boshchilgidagi qo'zg'olon 
bostirilganidan keyin qo'zg'olonni bostirgan general Skobelev sharafiga 
shahar Skobelev shahri deb ataladigan bo'ldi. Sovet davrida Farg'ona deb 
o'zgartirildi. 
Ikkinchi jahon urushi yillarida Ohangaron vodiysida bunyod etilgan 
konchilar shaharchasiga Ohangaron daryosining ruscha buzib aytilgan nomi 
Angren qo'yildi. 
Samarqand yaqinidagi Qiriqtog'da topilgan g'orga ukrainalik 
g'orshunoslar Kiyev g'ori deb nom qo'yishgan. 
1482 yilda sayyoh olim Bartolemeo Diash boshchiligidagi 
ekspeditsiya Afrikani aylanib Hindistonga bormoqchi bo'ladi. Materikning 
janubiy - g'arbiy qismidagi burun yaqinida qattiq dovulga duch kelib, u 
yerdan o'tolmay orqasiga qaytadi va burunga “Bo'ronlar burni” deb nom 
beradi. Portugaliyaga qaytganida uni mamlakat qiroli qabul qilib, xaritadagi 
“Bo'ronlar burni” nomini o'zgartirib, “Yaxshi umid” deb yozib qo'yadi. Shu 
bilan “Yaxshi umid” burni nomi paydo bo'lgan.
Dunay daryosining ikki qirg'og'ida ikkita shahar - Buda va Pesht 
shaharlari bunyodga kelgan. Keyinchalik ular qo'shilib ketib Budapesht deb 
ataladigan bo'ldi. 
Pokiston davlati nomi ham o'ziga xos yo'l bilan paydo bo'lgan. 1931 
yilda Hindiston Angliya mustamlakasi davrida hind musulmonlaridan va 
milliy harakat rahbarlaridan bo'lgan Choudri Rahmat Ali yangi islom davlati 
barpo qilish rejasini taklif qilib, Panjob, Afg'oniya, Kashmir, Sind va 
Balujistonni birlashtirishni o'ylagan hamda nomini mazkur viloyatlar nomi 
bosh harfini olib, unga iston suffiksini qo'shib, Pokiston deb atagan.
Ba'zan geografik nomlar o'sha joylarning xususiyatlaridan vujudga 
keladi. Masalan, Shamolli orollar, Shamolsiz orollar, Polineziya (poli - ko'p, 
nezos - orol), Mikroneziya (makro - mayda, nezos - orol), Melaneziya (mela
- qora, nezos - orol), Qorasuv, Saritov, Oqtepa va boshqalar.


11
Ba'zi geografik joylar nomlari o'sha joylarni tadqiq etgan kishilar 
nomiga, ba'zan ekspeditsiya kemalari nomi, ba'zan tadqiqotchining yaqin 
kishilari, podshohlar nomi bilan atalishi ham mumkin. Masalan, “Mod”, 
“Foka”, “Jannetta”, “Vityaz”, “Arnem” kemalar nomidagi orollar, yerlar bor. 
Komandor orollari, Bering bo'g'izi, Dejnev burni, Livingiston sharsharasi va 
boshqalar esa kishi ism familiyalari bilan bog'liq.
Bu keltirilgan misollarda geografik nomlarning paydo bo'lishida 
qonuniyatlar mavjudligi ko'zga tashlanmaydi. Aslida bir qancha 
qonuniyatlar mavjud. Bular quyidagilar:
1. Ko'pgina geografik nomlar til taraqqiyotining dastlabki davrida 
oddiy turdosh otlardan iborat bo'lib, keyinchalik, vaqt o'tishi bilan atoqli 
otlarga - geografik nomlarga aylanib ketgan. Masalan: ilgari odamlar 
oddiygina suv, soy, daryo, qo'rg'on, kent, ko'l, to'qay deb ataganlar. 
Keyinchalik bu oddiy so'zlar geografik nomga aylangan. Bularga Amur, 
Jayhun, Don, Edil, Ganga, O'kuz, Nil, Shott nomlari misol bo'ladi. 
Hammasining ma'nosi bitta, suv demakdir. Aydar - qir, yayla - yaylov, chink
- jarlik, alp - tog', rio - suv, xingan - tizma va boshqalar.
2. Oddiy so'zlarga, toponimlarga aniqlovchi qo'shish yo'li bilan 
geografik nomlar hosil bo'ladi. Bunda aniqlovchi sifat so'z turkumidan, 
otdan, sondan, ravishdan, sifatdoshdan iborat bo'lishi mumkin. Masalan, 
sifat qo'shish yo'li bilan hosil bo'lgan toponimlarga Yangiqo'rg'on, 
Kattaqo'rg'on, Oqmachit, Ko'kterak, Yangiobod, Qoradaryo, Oqdaryoni 
misol qilib keltirish mumkin. Ot qo'shish yo'li bilan Qumqo'rg'on, Toshqal'a, 
Taxtako'prik, Toshkent, Chimkent, Shoshtepa, G'azalkent toponimlari 
vujudga kelgan. Son qo'shish yo'li bilan hosil bo'lgan toponimlarga 
Yettiterak, Beshqayrag'och, Uchtom, Qo'shtut, Yakkatut kabi toponimlarni 
misol qilib ko'rsatish mumkin. Qaynarbuloq, Xo'jabaqirgan, Kuyganyor kabi 
toponimlar otga ravishdosh qo'shilishidan hosil bo'lgan.
3. Geografik nomlarning bir obyektdan ikkinchi, ba'zan uchinchi, 
to'rtinchi obyektlarga ko'chishi natijasida yangi joy nomlari vujudga keladi. 
Masalan, Sirdaryo daryosi, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo shahri, Sirdaryo 
tumani; Chirchiq daryosi, Chirchiq shahri; Ohangaron shahri, Ohangaron 
daryosi; Zarafshon daryosi, Zarafshon shahri, Farg'ona vodiysi, Farg'ona 
viloyati. Ayrim daryolar bo'yidagi shaharlar nomi daryo nomiga suffiks 
qo'shish yo'li bilan hosil bo'lgan. Masalan, Angara daryosi - Angarsk shahri, 
Tom daryosi - Tomsk shahri, Ij daryosi - Ijevsk shahri, Or daryosi - Orsk 
shahri.
4. Ko'pchilik mamlakatlarning nomlari xalqlar nomiga - iya, - iston 
suffikslarini qo'shish yo'li bilan hosil bo'lgan: Turkiya, Ispaniya, Finlandiya, 
Vengriya, O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston, Afg'oniston va boshqalar. 


12
Lekin ayrim davlatlar nomining yasalishida - iya, suffiksi xalqlar nomiga 
emas, balki boshqa so'zlarga ham qo'shilishi mumkin. Masalan, Braziliya 
(brazil - o'simlik nomi), Kolumbiya (Kolumb - mashhur sayyoh), Islandiya 
(island - muz mamlakati).
5. Geografik obyektlarga nom qo'yishda o'xshatib nomlash ham 
mavjud. Bu har xil maqsadlarda bo'lishi mumkin. Chunonchi, Amir Temur 
Samarqandning shuhratini oshirish maqsadida poytaxt atrofiga bir qancha 
qishloqlar qurib, o'sha vaqtdagi mashhur shaharlar nomini qo'ygan; 
Damashq, Parij, Sheroz, Bag'dod, Misr va boshqalar. Bularning ba'zilari 
hozir ham nomini saqlab keladi. H.H.Hasanov keltirgan ma'lumotga ko'ra, 
Yer yuzida 18 ta Amerika, 13 ta Vengriya, 9 ta Kanada, 5 ta Braziliya, 3 ta 
Italiya, 7 ta Venetsiya, 4 ta Praga, 4 ta Kiyev nomlari mavjud ekan. 
Amerikada Moskva, Parij, London, Uels, Nyukasl va boshqa shaharlar 
mavjud.
6. Geografik nomlar umumlashtirish yo'li bilan, ya'ni kichik joy 
nomini katta hudud yoki obyektga ko'chirish natijasida ham vujudga keladi. 
Bunga misol qilib Osiyo nomini keltirish mumkin. Qadimda Osiyo (Osu) 
deb Livan, Falastin, Suriya joylashgan kichik hudud atalar edi, keyinchalik 
bu nom butun qit'a nomiga aylandi. Hozirgi Tyanshan deb ataladigan 
tog'larning umumiy nomi bo'lmagan, har bir tog' tizmasi o'z nomi bilan 
Chotqol, Qurama, Ko'kshag'al, Talas, Farg'ona va boshqa nomlar bilan 
atalar, faqat Tyanshanning markaziy qismi Tangritog', Xontangri, deb atalar 
edi. Xitoylar Tangritog'ni o'z tiliga tarjima qilib, Tyanshan deb atashgan. 
Keyinchalik bu nom butun tog' tizimining umumlashma nomi bo'lib qolgan. 
Huddi shunday Yevropa, Afrika nomlari ham umumlashma nomdir.
7. Tarjima qilish yo'li bilan ham shakllanib, yangi nomlar paydo 
bo'ladi. Bunday nomlar bir joyda turli xalqlar yashaydigan hududlarda yoki 
bir geografik obyekt
(xususan daryo, tog' tizmalari) turli xalqlar 
hududlaridan o'tadigan joylarda uchraydi. Bunday geografik nomlarga Qora 
dengiz - Chyornoye more, Qorasuv - Siyohrud, Qizilsuv - Surxob, Ilono'tti -
Morguzar, Baliqchi - Рибачье, Movarounnahr - Daryo orasi, Qizil dengiz -
Bahri muhit Ahmar - Kрасное море, Yangikent - Dehinov, Temir Darvoza -
Железное ворота, Shaytonmakon - Чертово городище va boshqalarni 
misol qilib keltirish mumkin.

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin