6
Mikrotoponimlar
- mayda geografik nomlar: mahalla, ko'cha,
mavze, bekat, guzar nomlari.
Oronimlar
- Yer yuzasi relyefi shakllari (tog', tizma, vodiy, tekslik,
qirlar) nomlari: Himolay, Tyanshan, Pomir, Chotqol, Farg'ona vodiysi.
Oykonimlar
- aholi yashaydigan joylar (shahar, qishloq, ovul)
nomlari: Toshkent, Parkent, So'qoq, Go’zalkent va boshqalar.
Polisonimlar
- (grekcha “polis” - shahar) - shaharlarning nomlari,
shahar ichidagi obyektlarning nomlari
urbonimlar
deb ham ataladi.
Speleonim -
g'orlar, ungurlarning nomlari: Qirqtog', Qo'ng'ir,
Odamtosh, Mamont g'orlari va boshqalar.
Toponim
- xususiy geografik nomlar, lotincha “topos” - joy,
“onoma” - ism, nom so'zlaridan olingan.
Toponimiya
- ma'lum hududdagi joy nomlari yig'indisi. Masalan,
Toshkent viloyatidagi barcha joy nomlari Toshkent viloyati toponimiyasi
deyiladi.
Toponom
- xususiy geografik nomlardan paydo bo'lgan yangi so'zlar,
turdosh otlar: doka, tyul, boston, bolonya, saplin, krepdeshin va boshqalar.
Topoformant
- geografik nomlar hosil bo'lishida ishtirok etadigan,
lekin o'zi muayyan ma'noni anglatmaydigan qo'shimcha va suffikslar.
Masalan, Chilonzor, Misrgarlik, Xizmatchi, Ohangaron, Biyxem, Satino va
boshqalardagi - zor, - gar, - chi, - garon, - xem, - o.
Topotermin
- joy nomlarini hosil qiluvchi terminlar (atamalar).
Masalan, daryo, soy, tepa, qo'rg'on, kent, obod, burg, grad, siti va boshqalar:
Kattaqo'rg'on, Oqsoy, G'azalkent, Yangiobod.
Dostları ilə paylaş: