Topshirdi: Рахмонов Х. Tekshirdi: Сафарова Н. К. 2023-yil



Yüklə 0,74 Mb.
tarix25.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#102576


FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTI





Mustaqil ish





TOPSHIRDI: Рахмонов Х.
TEKSHIRDI: Сафарова Н.К.
2023-yil

Vegetativ organlar (oʻsimliklarda) — yuksak oʻsimliklarning oziqlanishi va tashqi muhit bilan moddalar almashinuvini taʼminlaydigan qism.


Vegetativ koʻpayish vazifasini bajaradi. Asosiy Vegetativ organlarga barg va poyali novda hamda ildiz kiradi. Barg fotosintez, ildiz suv va mineral moddalarni shimib olish vazifasini bajaradi. Evolyutsiya jarayonida V. o. oʻsimliklar quruqlikka chiqishi bilan tuzilishining mukammallashuvi tufayli paydo boʻlgan. Tuban koʻp hujayrali % Oʻsimliklar (suv oʻtla-ri) va zamburugʻlarning vegetativ tanasi (tallomi) birmuncha sodda va bir xilda tuzilgan boʻlib, organlarga boʻlinmaydi (ipsimon va ayrim plastinkasimon suv oʻtlari, zamburugʻlar mitselleysi). Koʻpchilik yirik yashil va qoʻngʻir suv oʻtlarining tashqi koʻrinishi yuksak oʻsimliklar organlariga oʻxshaydi, yaʼni bargsimon, poyasimon yoki iddizsimon boʻladi, lekin toʻqima tuzilishiga ega boʻlmagan qismlarga boʻlinadi.
Hayvonlarda V. o. ga baʼzan nafas olish, hazm qilish, ayirish va b. organlar kiritiladi (yana q. Generativ organlar).
Ildiz (radix) — oʻsimlikning eng muhim organi. I. tuproqdan suv va oziq
moddalarni soʻrib olish, oʻzida murak-kab birikmalarni sintez qilish va ularni oʻsimlikning yer ustki qismi (poyasi, barglari) ga koʻtarib berish funksiyasini bajaradi. I. tuproqqa mikroflora rivojini tezlashtiruvchi har xil birikmalar ajratadi va tuproq hosildorligini oshiradi. Bundan tashqari, I. baʼzi organik moddalarni sintez qiladi. Koʻpgina oʻsimlik I. vda zaxira toʻplanadi.Tuban oʻsimliklar, lishayniklar, yoʻsinsimonlar va ayrim zamburugʻlarda I. vazifasini rizoidlar (tuksimon va b. shakllardagi bir va koʻp hujayrali sodda I.lar) bajaradi. I. koʻpincha ingichka silindrsimon yoki ipsimon boʻladi. Urugʻ yerga tushgandan keyin, murtakdagi I. rivojlanib, asosiy I. ga aylanadi. Asosiy I. tarmoklanib, birinchi tartib, ular oʻz navbatida tarmoklanib, ikkinchi tartib va h.k. yon I. hosil qiladi.
Asosiy va yon I. lardan tashqari koʻpgina oʻsimliklarda poya va barglardan oʻsib chiqadigan qoʻshimcha I. uchraydi. Oʻsimlik poyasini tuproqqa koʻmish yoʻli bilan qoʻshimcha I. paydo qilish mumkin.
Pomidor, kartoshka, makkajoʻxori chopiq qilingandan keyin koʻplab
qoʻshimcha I. lar chiqaradi; bu I. lar oʻsimlikni mustahkamlab, oziqlanish sharoitini yaxshilaydi va hosilni koʻpaytiradi.
Poya (caulis) — oʻsimlikning shox, barg va gullari joylashgan asosiy oʻqi.
Boʻgʻim (barg oʻrni) va boʻgʻim oraliqlaridan iborat. P. ildiz bilan barglar ora-sida moddalar harakatini taʼminlaydi. Baʼzi oʻsimliklarning poyasi metamor-fozlashgan (shakli oʻzgargan) boʻlib, suv va oziq moddalarni

toʻplash (kartoshka), himoya (doʻlana va yantoklarning tikanlari), ilashish (tok va oshkrvoklarning jingalagi), vegetativ koʻpayish (ajriq, qulupnay


poyalari) vazifalarini baja-radi. Bir yillik va koʻp yillik, yer ustki va yer ostki, yoyuchlangan va yogochlanmagan P.lar bor. P. silindrsimon, koʻp kir-rali, yassi, gadir-budur yoki silliq boʻladi. Asosan, uchidagi oʻsish konusi hujayralarining boʻlinishidan P. boʻyiga oʻsadi; baʼzi usimliklar (mas, gʻalladoshlar) P.si boʻgʻim oraligʻining uzayishidan ham usadi.
P.ning buyi, yugʻonligi turlicha. Yusinlar P.sining uzunligi bir necha sm, diametri bir necha mm, sekvoyyalar poyasining uz. 150 m, diametri 10— 12 m. Lianalar P.si 200—300 m keladi. Poyaning anatomik tuzilishi sistematik guruxlariga kura, sodda yoki murakkab buladi. Mas, tuban yusinlar P.si faqat bir xil parenxima hujayralaridan, poyabargli yusinlar P.si qobiq va suv oʻtkazuvchi toʻqimadan, pla-unlar poyasi esa ksilema va floemalyan iborat utkazuvchi toʻqimadan tuzilgan. Qirqboʻgʻimlar poyasining ichi gʻovak boʻlib, oʻtkazuvchi toʻqimalar aylana joylashadi.
Qirqqulokdar P.sining marka-zi narvonsimon joylashgan traxeidalardan tuzilgan ksilema elementlaridan iborat; uni floema pardasi oʻrab turadi.
Bundan tashqarida bir necha kavat hujayralardan tuzilgan peritsikl joylashgan. Mana shu markaziy silindr birlamchi qobiq, tashqi tomondan epidermis bilan oʻralgan. Birlamchi qobiqning eng ichki — peritsikl bilan chegaradosh qavati endoderma deb ataladi.
Kurtak — 1) yuksak oʻsimliklarning novda kurtagi. Kurtak. uchki qismida oʻsish konusi boʻlgan boshlangʻich poya va oʻzaro zich joylashgan har xil yoshdagi bargchalardan (vegetati v Kurtak.) yoki ular bilan birga oʻrnashgan boshlangʻich gul va tuigullardan (generativ Kurtak.) iborat. Boshlangich gul Kurtak. gʻuncha deyiladi. Qishlaydigan Kurtak. sirtdan qoʻngʻir qobiq (shakli oʻzgargan barglar) bilan qoplangan.
Kurtak. novdaning uchida (uchki Kurtak.), barg qoʻltigʻida (barg Kurtak.) yoki poyaning boshqa qismlari, ildiz, baʼzan barglarda (qoʻshimcha
Kurtak.) boʻladi. Bahorda yozilmaydigan va novdada rivojlanmay turgan Kurtak. uyqudagi (yashirin) Kurtak. deyiladi. Oʻsimlik kesilganida yoki singanida bunday Kurtak.dan yangi novda oʻsib chiqadi. Oʻsimliklarning bu xususiyatidan bir tur oʻsimlikni boshqa tur oʻsimlikka payvandlashda foydalaniladi;2) baʼzi umurtqasiz hayvonlar (boʻshliqichlilar, halqali chuvalchanglar va boshqalar)da ova organizmida rivojlanayotgan jinssiz yoki jinsiy yosh organizm.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin