Maktabgacha yoshdagi bolalarning nerv sistemasining o’ziga хos хususiyatlari?
Bola bir yoshgacha bo`lgan davrda jismoniy va psixik jixatdan tez usadi. Bu davrda bola kup jixatdan ojiz bo`lib, kattalarning doimiy va to`g`ri parvarish qilishiga muhtojdir. Bolaning to`g`ri kelgusida sog’lom bo’lishi va psixik jihatdan normal o`sishi uning bir yoshgacha bo`lgan davrda to`g`ri parvarish qilinishiga bog’liq bo`ladi. Yangi tug`ilgan bolaning jismoniy qiyofasi o`ziga xos bo`lib, kattalarning jismoniy qiyofasidan ancha farq qiladi. Yangi tug`ilgan bola gavdasining sondan bo’yingacha bo`lgan qismi juda uzun, oyoqlari kalta, boshi nisbatan katta, buyni qisqa bo`ladi. Katta yoshdagi kishining boshi gavdasining sakkizdan bir qismini, yangi tug`ilgan bolaning boshi esa gavdasining to’rtdan bir qismini tashkil etadi. Yangi tug`ilgan bolaning gavdasi yuqori qismi pastki qismiga qaraganda ancha uzun bo`ladi. Yangi tug`ilgan bolaning buyi urta hisobda 48-52 sm bo`ladi. Uning yuzi juda kichkina bo`ladi. Go`dak bir minutda 50-60 marta nafas olib, nafas chiqaradi. Ammo katta yoshdagi kishi esa bir minutda 16-14 marta nafas oladi. Yangi tug`ilgan bolaning nafas olish yo’li hali juda tor bo`ladi. Bundan go`dakning dastlabki kunlarda toza va sof xavoga ayniqsa muhtoj ekanligi ravshan ko’rinib turadi. Agar bola go`daklik davrida noto`g`ri parvarish qilinsa, uning skeletidagi turli qismlar turlicha, ba`zan bolaning biror yeri qiyshiq bo`lib o`sishi mumkin. Ko’pincha bunday qiyshiq o`sish umurtqasida sodir bo`ladi, chunki umurtqasi suyagi juda elatsik va yumshoq bo`ladi. Bir yoshgacha bo`lgan davrda bolaning jismoniy qiyofasida katta o’zgarishlar ruy beradi. Uning vazni va buyi sezilarli uzgaradi. Keyinroq borib, vaznining ortishi bir muncha sekinlashadi.va yoshi qanchalik ulg’aysa,vaznining ortishi shuncha sekinlashadi. Bola bir yoshgacha uning vazni taxminan 6 kg ga ortsa (bir yoshli bolada vazn taxminan 9 kg bo`ladi), keyingi 2 y davomida ya`ni bir yoshdan uch yoshgacha uning vazni 5 kg ga ortadi (3 yoshli bolaning vazni taxminan 14 kg bo`ladi). Bola bir yoshga tulguncha uning gavda qismlarining nisbatida ham katta o’zgarishlar ruy beradi. Uning qo`l-oyoqlari, ayniqsa oyog’i tez usadi. Ko’krak qafasi uzayadi, ko’krak qafasining xajmi kengayadi,buyni uzayadi, boshi gavdasiga nisbatan kichikroq bo`lib qoladi. Bola bir yoshga to’lish oldidan uning jismoniy o`sishi atroftevarakdagi sharoitga ancha moslashib qoladi va tashqi muhitning noqo`lay ta`siriga kamroq beriladigan bo`ladi. Ma`lumki, bolaning psixikasi, xulq-atvori katta yoshdagi kishining psixikasidan ancha farq qiladi. Uning sababi shuki, bola psixikasining moddiy negizi bo`lgan nerv sistemasi o`ziga xos xususiyatga egadir. Bolaning, ayniqsa, tug`ilganiga bir necha oygina bo`lgan bola nerv sistemasining qo’yi bo`limlari katta yoshdagi kishilar nerv sistemasining qo’yi bo`limlariga qaraganda beqiyos katta rol uynaydi. Nerv sistemasining qo’yi bo`limlari ancha ilgari paydo bo`ladi va tezroq yetiladi. Shartsiz reflekslar nerv sistemasining mana shu qismlari orqali vujudga keladi. Shu tufayli chaqaloqning dastlabki tamshanish, yutish, sulak chiqarish va shu kabi reflekslar qondiriladi. Bola tug`ilganidanoq unda bir qator analizatorlar normal yaxshilab turadi. Bazan analizatori ana shular jumlasidandir. Yangi tug`ilgan bola badanining sezgirligi katta yoshdagi kishi badanining sezgirligidan kuchliroq bo`ladi. Shu sababli yangi tug`ilgan bolaga badaniga qattiq botmaydigan kiyimlar kiydirish kerak. Tanasiga tegilsa bola turli xarakatlar bilan javob beradi. To`g`ri bu xarakatlarning ko’pchiligi tartibsiz tarzda, lekin juda muayyan shartsiz reflektor reaktsiyalar xam bo`ladiki, bunday reaktsiyalar faqat yangi tug`ilgan bolalargina xos xarakterli reaktsiyalardir. Chaqaloqning labiga tegishingiz bilan unda darhol emish xarakatlari sodir bo`ladi. Kaftiga qo`lingizni tegizsangiz u barmoqlarini yumib oladi. Chaqaloqni ko`tarsangiz xam u qo`liga ushlab olgan barmoqlaringizni quyib yubormaydi. Robinzon refleksi deb ataluvchi bunday refleks bola bir necha xaftalik bo`lganida paydo bo`ladi va u ikki oyga to`lganidan keyin esa yo’q bo`lib ketadi. Bola tug`ilgan kunlarda uning faoliyati faqat eng zarur ehtiyojlarni qondirish bilan cheklanadi. Yangi tug`ilgan bola sutkasiga 20 soatga yaqin uxlaydi. Faqat qorni ochkaganida, chanqaganida, sovuqni sezganida uyg’onadi. Ehtiyoji qondirilginidan keyin yana uyquga ketadi. Bu davrda uxlashni bolaning normal xolati deyish mumkin. Uzoq ( uxlashdan keyin ) tufayli bola energiyasining asosiy qismi uning tez o`sishiga va jismoniy jihatdan chiniqishiga sarf bo`ladi, chunki yuqorida aytib o’tilganidek, bola tug`ilganidan 3oppis dastlabki vaqtlarda jismoniy jihatdan ayniqsa tez usadi. Bola sekin kamroq uxlaydigan bo`ladi va atrofdagi narsalarning ta`siriga ko`proq qiziqadigan bo`ladi. Bir oylik bola narsalarning xarakatiga qarab, boshini burishi mumkin, ikkinchi oyga utganda u tovush kelgan tomonga qarab boshini buradi, keyinroq esa ovozni eshitib, gapirgan kishini ko`zi bilan qidira boshlaydi. Umumlashtirishda nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, soat deyilishi bilan bola qo`l soatini yoki devordagi osma soatni ham tushunishi mumkin, Lekin, ular turlicha bo`lganligi bois, ularda umumiylikni 3oppish bola uchun birmuncha qiyinroq hisoblanib, bu borada fikrlash yordamga keladi va umumlashtirishni tashkil etadi. 2-3 yoshli bolalar ma`lum bir predmetlarning o`rniga ularning o`rnini bosishi mumkin deb hisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan, o`yin jarayonida bola qoshiq yoki termometr o`rnida, yog’ochdan yasalgan krovat yoki mashina o`rnida foydalanishi mumkin. Bir predmetni boshqasi o`rnida qo`llaniladi.Xulosa qilish mumkinki ilk yoshdagi bolaning psixologik jihati juda muhim hisoblanib bu jarayonda bolaning har bir xarakteri va holati bolaning psixikasi uning ruhiy holati va ulg’ayishi uchun muhim rol o’ynaydi.