topshiriq bal Savollarga izohli tezis shaklida javob yozing


“Johilya” deb qaysi davrga aytiladi?



Yüklə 282,46 Kb.
səhifə11/13
tarix24.12.2023
ölçüsü282,46 Kb.
#192553
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
DINSHUNOSLIK TOPSHRIQ 2

2.“Johilya” deb qaysi davrga aytiladi?
Johiliya (arab.— bilimsizlik holati, jaholat) — arablar tarixining islomdan ilgarigi davriga berilgan nom. Asosan, odamlar hayotida Iso (as) bilan Muhammad (as) oraligʻidagi paygʻambarsiz oʻtgan davr tushuniladi. Johiliya tushunchasi Qurʼonning bir necha suralarida uchraydi. „J-h-l“ oʻzakli „johiluna“, „yajhaluna“ shaklidagi soʻzlar ham yana bir qancha suralarda keladi. Ularning barchasi Madina suralaridan ekanligi, Johiliya soʻzi 622-yil (hijrat)dan oldingi zamon uchun ishlatilganiga dalildir. Johiliya atamasining paydo boʻlishiga obyektiv sabablar bor edi. Zero islomdan oldingi arablarning koʻpchiligiga „jahl“ tuygʻusi xos edi. Bu boshqalarga nisbatan beshafqat va vahshiyona munosabatda boʻlishda oʻz ifodasini topardi (qasos olish zarurati, goʻdak qizlarni tiriklayin koʻmish, oʻzga qabila vakiliga dushman sifatida qarash va b.). Islomdan ilgari Arabistonda qonunsizlik, axloqsizlik, zoʻravonlik hukm surgani uchun ham keyingi avlod oʻsha davrni haqli ravishda " Johiliya davri " deb atagan. Bundan tashqari Johiliya davri arablarining diniy tasavvurlari ham kam taraqqiy qilgan, sodda holda boʻlgani maʼlum. Ular asosan „vasaniya“da, yaʼni koʻpxudolikda boʻlganlar. Qadim zamonlardan beri barcha arablar uchun Makka shahridagi Kaʼba ibodatxonasi muqaddas hisoblangan. Xudolar panteoniga aylangan bu maskanda 360 ta sanam qoʻyilgan edi. Bunga sabab esa har bir qabila oʻz but-sanamini qoʻyish odati edi yaʼni, but-sanamlar bir xil boʻlsa ham boshqa qabilaning but-sanamiga sigʻnishmas edi. Xubal hamda „Alloh qizlari“ nomini olgan Lot, Manot va Uzzo, shu sanamlarning eng mashhurlari edi. Baʼzilar „Alloh“ sanamiga sigʻinardilar. Ammo u islomdagi Allohdan farq qilar, maqomi jihatidan Yaxve, Zevs, Yupiter kabi bosh xudolarga teng qoʻyilgan boʻlsada, mavhum va koʻz ilgʻamas balandlikda deb tasavvur qilingani uchun uning ismi bilan bogʻliq ibodat muntazam ado etilmas edi. Johiliya davrida arablarining koʻpchiligi narigi dunyoga ishonmasdilar: faqat bu dunyo bor, yashaymizu — oʻlamiz. Bizning takdirimizni dahr (vaqt) hal qiladi, deb fikr yuritardilar. Islom gʻalabasidan soʻng „daxriy“ soʻzining „moʻmin“ga nisbatan antonim sifatida ishlatilganini shu bilan izohlash mumkin. Alloh toʻgʻrisida muayyan tushunchaga ega boʻlgan holda unga boshqa xudolarni sherik qilganlari sababli Johiliya arablari „mushrik“lar degan nomni oldilar.


  1. Yüklə 282,46 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin