7-Mavzu: Bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tayyorgarlik Mashg‘ulotning borishi: 1-topshiriq: Bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligining aqliy rivojlantirishning axamiyati.
3 x 4 texnologiyasi Ushbu texnologiya orqali biron bir mavzuni yoki atamani har tomonlama hususiyatlarni guruhlar orqali ma’lum vaqt ichida mohiyatini yoritiladi. Bunda to‘rtta guruh mavzuga doir uchtadan fikr yozadi. Jami fikrlar o‘n ikkita chiqishi kerak. Shunisi muhimki guruhlar bir-birini fikrini takroran yozmasligi kerak.
Maqsadi: Ushbu texnologiya orqali ishtirokchilarning xarakter tomonlari, ichki kechinmalarini ham ko‘rishimiz mumkin. Texnologiyani qo‘llaganda guruhlarni faollikka, aqliy hujumni faolligiga, mantiqiy fikrga, savodxonlikka dunyoqarashni kengayishiga o‘zgalar fikrini hurmat qilishga erishiladi.
Xulosa: 3x4 texnologiyasini yangi mavzuni bayon etishda mustahkamlashda, uyga vazifani so‘rashda qo‘llashimiz mumkin.
«Kichik guruhlarda ishlash» metodining tuzilmasi «Kichik guruhlarda ishlash» metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: Faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bo‘yicha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi.
Kichik guruhlar belgilanadi. Ta’lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan bo‘linishlari mumkin.
Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.
Ta’lim beruvchi tomonidan aniq ko‘rsatmalar beriladi va yo‘naltirib turiladi.
Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.
Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
Kichik guruhlar baholanadi.
«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:
o‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib keladi;
muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishiga olib keladi;