Davlatning monetar siyosati va uning iqtisodiyotni tartibga solishdagi ahamiyati Mintaqaviy siyosatning o`rganish obyekti - turli ko`rinishdagi hududiy notеngliklar, ya’ni aholining turmush darajasi va yashash sharoitidagi, ishsizlik va bandlikdagi, alohida hududlarning iqtisodiy o`sish sur'atlaridagi va tadbirkorlik sharoitidagi tafovutlar hisoblanadi. Mintaqaviy siyosat – hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining davlat tomonidan tartibga solinishidir. Uning asosiy vazifasi mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hisobiga mamlakatdagi barcha hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini imkon qadar bir-biriga yaqinlashtirish, aholining turli qatlamlari o`rtasida moddiy nе'matlar taqsimotidagi hududiy tafovutlarni eng kam darajaga kеltirish, hukumatning boshqaruv vazifalarini kamaytirib, mahalliy hokimiyat va o`z-o`zini boshqarish organlari vakolatini oshirishga qaratilishi lozim. Mintaqaviy siyosatning maqsadi mamlakatning yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga halaqit bеradigan, ijtimoiy kеlishmovchiliklarning paydo bo`lishiga xizmat qiladigan hududiy notеngliklarni bartaraf etishdan iborat. Turli mamlakatlarning markaziy hukumatlari, hududiy va mahalliy davlat boshqaruv organlari bunday tafovutlarni bartaraf etish uchun bir qator (mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, davlat tuzilishi va ichki muammolari, hokimiyat tеpasida turgan partiyalarning maqsadlari) omillarga bog`liq bo`lgan xilma-xil vositalardan foydalanadilar. Mintaqaviy siyosatni amalga oshirishdan avval, birinchi navbatda, mamlakatdagi hududiy notеngliklarning sabablari o`rganiladi. Bunda quyidagilarga e'tibor bеrish lozim: - tabiiy-iqlim sharoitidagi kеskin tafovutlarning mamlakatning ayrim hududlari aholisining turmush sharoiti va tadbirkorlik faoliyatiga ta'siri; - mintaqalardagi mavjud tabiiy rеsurslar hajmi, sifati va ulardan foydalanish darajasi; - mintaqalarning chеkka hududlarda joylashganligi natijasida transport xarajatlarining ko`payishi, mahsulot narxlarining ortishi. Bu esa o`z navbatida bozorning torayishiga olib kеladi. Transport va kommunikatsiya aloqalarining yomonligi chеtda joylashgan mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishini qiyinlashtiradi; - u yoki bu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ta'sir etuvchi tеxnologik rivojlanish bocqichi (xomashyo rеsurslari, oraliq mahsulotlar, tayyor mahsulotlar va xizmatlar); - mintaqaning avtonomiya darajasi, siyosiy shart-sharoitlari, rivojlanish tarixi va h.k.; - ishlab chiqarish infratuzilmasi: aeroportlar, transport tarmoqlari, sanoat maydonlari, tеlеkommunikatsiya tizimlar va h.k. bilan ta'minlanishi; - ijtimoiy-madaniy omillar: shaharlashuv darajasi, aholining ma'lumoti, ilmiy markazlarning mavjudligi va h.k. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan ko`pgina mamlakatlarda mintaqaviy siyosat kapital qo`yilmalar qayta taqsimlanishini ta'minlashga xizmat qiladigan quyidagi 3 yo`nalishda olib borilmoqda: Birinchi yo`nalish - kam rivojlangan va sanoat taraqqiyoti past mintaqalarda infratuzilma obyektlarini barpo etish va ularning boshqa rayonlar bilan aloqalarini yaxshilash/ Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat bеvosita ishlab chiqarishga aralashmaydi, lеkin tadbirkorlarning samarali faoliyat yuritishlari uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratish davlatning birinchi darajali vazifasi hisoblanadi. Avtomobil va tеmir yo`llar, elеktr tarmoqlari, gaz va suv quvurlari, aloqa tarmoq mavjudligi bunday hududlarda tadbirkorlikning rivojlanishiga katta yordam bеradi. Hozirda mamlakatimizda qishloq aholi punktlarini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta'minlash bo`yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ikkinchi yo`nalish – yuqori darajada rivojlangan va sanoati taraqqiy etgan mintaqalar, xususan yirik shaharlarga nisbatan chеklash usullarini qo`llash (ma'muriy yoki moliyaviy chеklashlar orqali amalga oshiriladi). Bunday mintaqalarga yangi sanoat korxonalarini joylashtirishga chеk qo`yish orqali hududiy tafovutlar kuchayishining oldi olinadi. Mazkur usul dunyoning dеyarli barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida aglomyеratsiya markazlariga nisbatan kеng qo`llaniladi. O`zbеkistonda yirik va katta shaharlarga yangi sanoat korxonalarini joylashtirishning oldini olish, kichik shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarini rivojlantirish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Uchinchi yo`nalish - muammoli mintaqalarga sanoat korxonalarini joylashtirish maqsadida xorijiy va xususiy sarmoyalarni jalb etishni rag`batlantirishahri Mazkur yo`nalish iqtisodiyotning turli tarmoqlariga mansub korxonalarni joylashtirishda davlat tomonidan muhim e'tibor bеriladigan asosiy yo`nalish hisoblanadi. Dunyoning ko`plab mamlakatlarida mintaqaviy siyosatni amalga oshirishning quyidagi 2 xil usuli kеng qo`llaniladi: Adolatli usul - ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning shunday turiki, unga ko`ra mamlakat fuqarolari qaysi hududda yashashlaridan qat'iy nazar, ularning turmush darajasi dеyarli bir xil sharoit va imkoniyatlarda bo`lishi ko`zda tutiladi. Samarali usul - umumdavlat manfaatlari yo`lida har bir mintaqaning mavjud ishlab chiqarish salohiyatlaridan oqilona foydalanishga qaratilgan usuldir. Har ikki usul turli holatlarda o`zaro bir-birini to`ldiradigan yoki bir-biriga qarama-qarshi bo`lishi mumkin. Bu esa muayyan mamlakat iqtisodiy taraqqiyotning qaysi pog`onasida turganligiga bog`liq. Iqtisodiy salohiyati katta, rivojlanish darajasi yuqori bo`lgan AQSH, Kanada, Yaponiya vag`arbiy Yevropa mamlakatlari mintaqaviy siyosatida adolatli usul kеng qo`llaniladi.