Google Classroom platformasida ishlash bo’yicha metodik tavsiyalar 6
Ta’limni axborotlashtirish sharoitida "Teskari ta’lim" texnologiyasi
elementlarini Google Classroom imkoniyatlaridan foydalangan holda kundalik
o’quv amaliyotiga faol joriy etish zamonaviy raqamli jamiyatning yangi talablariga
javob beradi va o’quv jarayonini o’quvchilarni o’z bilim va ko’nikmalarini
yaratishda faol ishtirok etish deb hisoblash imkonini beradi.
O’z-o’zini o’qitish makonini tashkil qilishning samarali vositalaridan biri
LMS – Learning Management System (ta’limni boshqarish tizimi)ning
imkoniyatlaridan foydalanishdir. Ko’pgina LMSlar orasida keng qo’llaniladigan
kontentlardan biri Google Classroomdir.
Google Classroom – o’quv jarayonini tashkil qilishdagi bulutli platformadir.
Platforma o’qituvchi va o’quvchi (talaba)lar hamkorligiga asoslangan ta’lim
jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyatini beradi.
Google Classroom o’quv jarayonini tashkil qilishning keng imkoniyatini
taqdim etadi: Google Classroom xizmatida avtorizatsiyadan o’tish va o’z o’quv
kursini yaratish, fanlar bo’yicha turli kurslarni qo’shish, o’quvchi (talaba)larni sinf
(kurs)ga taklif qilish, sinfda topshiriqlar yaratish, baholash va baholangan
topshiriqlarni o’quvchi (talaba)larga qaytarish. Google Classroom bilan ham
individual, ham jamoaviy turli ta’lim faoliyatini tashkil qilish mumkin. Google
Classroom platformasidan foydalanish ta’lim mazmunini yangilashga, pedagogik
usullarni kengaytirishga, tabaqalashtirilgan o’qitish texnologiyasini joriy etishga,
shuningdek, masofaviy o’qitishni tashkil etishga yordam beradi.
Yangi ta’lim standartlari joriy etilishi bilan, muammolar ham o’zgardi:
talabani individual ta’lim yo’nalishi va o’quv muhitini kengaytirishga yo’naltirishda
o’qituvchi uchun taqdim etiladigan materiallar yetarli bo’lmasligi mumkin. Bu shuni
anglatadiki, o’qituvchi o’zi muallif va dasturchi bo’lishi kerak. Muammolarni ajratib
ko’rsatish kerak:
•
o’qituvchi tarmoq xizmatlari bilan ishlashda etarlicha vakolatlarga ega
emas;