Google Classroom platformasida ishlash
bo’yicha
metodik tavsiyalar
5
KIRISH
Bugungi kunda o’quv jarayonini zamonaviy o’qitish
texnologiyalaridan
foydalanmasdan tashkil etish mumkin emas. Ta’lim va tarbiyaning eng dolzarb
vazifasi XXI asrdagi insonning aqliy qobiliyatlari
va insoniy fazilatlarini
shakllatirish orqali aniqlanadigan talabalarining kompetentligini oshirishdan iborat:
mas’uliyat, boshqalarning fikr-mulohazalariga nisbatan bag’rikenglik, muloqot
qobiliyati, o’z-o’zini
rivojlantirish qobiliyati, fikrlashni rivojlantirish,
turli xil
shakllarda va turli xil yo’llar bilan ma’lumotlarni topish, tahlil qilish, boshqarish,
integratsiya, baholash
va yaratish qobiliyati, jamoada ishlash qobiliyati,
muammolarni yechi sh va hal qilish qobiliyati.
Ko’rsatilgan muammoni hal qilish uchun o’quv jarayoniga zamonaviy ta’lim
texnologiyalari bilan integratsiyalashgan axborot texnlogiyalaridan
foydalanish
tavsiya etiladi.
Ta’lim muassasalari o’quv jarayonini kompyuter texnologiyalari va dasturiy
ta’minotning eng so’nggi yangiliklari bilan ta’minlash muammosiga duch
kelmoqdalar, bu tegishli axborot xizmatini ta’minlash
uchun katta moddiy
xarajatlarni talab qiladi.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, ta’lim
jarayoniga “bulutli hisoblash”ni joriy etish ta’limni kompyuterlashtirish
muammolarini hal etishga ko’mak beradi. Hozirgi kunda ommabop bo’lgan “bulutli
hisoblash” atamasi IT sohasida 2008 yildan beri qo’llanilib keladi. Bularga talabalar
va o’qituvchilar uchun bepul veb-xosting xizmatlari kiradi. Bunda Web 2.0 hamda
Google Service IT-ilovalariga alohida e’tibor qaratish lozim. O’quv jarayonida bu
texnologiyalrdan
maksimal
darajada
foydalanish
talabalarning
IT-
texnologiyalaridan mukammal foydalana oladigan
kadrlar sifatida yetishib
chiqishida eng yaxshi vosita hisoblanadi. Web-xizmatlarga jamoaviy aloqalarni
qo’llab-quvvatlovchi tarmoq dasturi sifatida qaraladi. Ulardan o’quv jarayonida va
o’quvchi (talaba)larni ta’lim jarayoniga tayyorlashda samarali foydalanish mumkin.
Zamonaviy ta’limda darslarni tashkil qilishning samarali vositalaridan biri bu
“teskari sinf” texnologiyasidir.