Do‘stlar, vaslini ko‘rganlarda armon bormukin?
Ey hakimi muddayi, qilg‘il javobi bosavob,
Ishqning dardig‘a ham doru-yu darmon bormukin?
0 ‘zgalar har kun, Muqimiy, komyobi bazmi vasl,
Senga ham bore nigoh-u lutf-u ehson bormukin?
34
QILMASU
N
Yor agar lutf aylamas, jabr-u jafo ham qiJmasun,
Qilmas ersa manga, g‘ayrig‘a vafo ham qilmasun.
Sunbuli zulfi kabi oshufta aylab har nafas,
Kokilidek ro‘zg‘orimni qaro ham qilmasun.
Gar eshitmas bo‘lsa bog‘larda fig‘on-u nolasin,
Gul yuzin ko‘rsatmasun, bulbul navo ham qilmasun.
Dardim ishqida kuni-kundin fuzunroq bilmasa,
Bir musulmonni o‘zig‘a mubtalo ham qilmasun.
Yig‘lamoqdin xiyra bo‘ldi ko‘z, demish faryodkim,
Ko‘zga boskan izlarimni to‘tiyo ham qilmasun.
Quchmasam nozik belidin bir yo‘l oxir muncha ham,
Qomatimni g‘am yuki birla duto ham qilmasun.
Gar kafi poyig‘a qo‘ymoqg‘a munosib ko‘rmasa,
Yig‘latib ko‘z yoshimi rangi xino ham qilmasun.
Yakka bir oqshom kelib vaslini gar ko‘rsatmasa,
Rang-u ro‘yimni bu yanglig‘ kahrabo ham qilmasun.
Kelmasa ko‘ngul so‘rab gohe, Muqim, ag‘yorsiz,
Bo‘yla awal ishq o‘tin dillarg‘a jo ham qilmasun.
35
AYRILMASU
N
Hech kim mendek ilohi yoridan ayrilmasun,
Mehribon, munis o‘shal dildoridin ayrilmasun.
Xonumonlami berib barbod, yetmay vaslig‘a,
Bo‘lubon ma’yus yo‘q-u boridin ayrilmasun.
Hajr osebi xazonida bo‘lib sho‘ridahol,
Andalebe men kabi gulzoridin ayrilmasun.
Qosido, ko‘nglum qushi band erdi, ayg‘il zinhor,
Dostları ilə paylaş: |