— Berurmen, — desa, — so‘miga o‘n tiyin.
Chunonchi xo‘jam, Poshshoxo‘jani
Chu Maskov yuborgan bilan mol qani?
Fabrikantlar va’daga molini
Berishmay, dedi, yig‘lab ahvolini.
63
Borib mol uchun, mol ololmay kelish
Yomon, ahli tujjorga mushkul ish.
Olib sulsini aqchasin xo‘jayin,
Berib mol kontorga qildi tayin.
Olay desa, kontorda yo‘q bir baqar,
Desa olmayin, ul zakolat kuyar.
Bu savdo bilan boshida kechqurun,
Borur ko‘he yo orqadin, yo burun.
Qochib ketdi machchoyilar aksari,
Borib shulki yurtiga ta’kidlari:
— «Saroyeki, o‘ boshadash, zinhor,
Daronjo marav memuri, ey tabor»1.
Saroy egasi kambag‘al Bobojon,
Ko‘rar tojike yo‘q, bo‘lur toza qon.
Ochilgach kelib ertasi hujrasi,
Qilur jang-u janjol har ertasi:
— «
КоЧагтакка
yuk deb, malay saqlasam,
0 ‘ziga degay, ishlaturlar akam».
0 ‘risga ijora qo‘yib zovutin,
Borur erdi ishlik bo‘lib, chiqti kun.
Chiqib qochdi bir-bir hama mardikor,
Kupes qoldi bu sirga hayron-u zor.
Topib mardikorini — «Seychas yuring,
Pojalista, — der edi, — emdi turing».
Dedi: — «Har kun bersang o‘n so‘m ham,
Borilmaydi, qo‘y zovutini, xo‘jam».
Dubora yana bordi bir ishga shul,
So‘kib: «
N
et, — dedi, — kelma durrak, poshyol!»
Mazmuni.
Agar
о
sha tomonlarga borib qolsangizlar, zinhor uning
saroyiga (zavodiga) tushmanglar, chunki, ey qadrdonlar, siz u yerdan
tirik chiqmaysizlar.
64
|