Lola yanglig‘ dog‘i g‘amga mubtalo, deb axtaring. Layli topg‘il, desalar, Majnuni sargardonini(ng), Ko‘zlarining yoshidur rangi xino, deb axtaring. Istagan chog‘da topay deb, bo‘lsa ko‘ngilda xayol, Qomatidur bori mehnatdin duto, deb axtaring. Hajr vodiysida kezgay doimokim xo‘blar, Xoki poyidur ko‘ziga to‘tiyo, deb axtaring. Bir shakarlab, zulmparvar hasratidan, do‘stlar, Umrlar umri charog‘i beziyo, deb axtaring. Dahr zulmidin sirishki tinmay oqib, aylanur Charx javridin boshida osiyo, deb axtaring. Tolii shum, vojgun baxt-u g‘izosi dard-u g‘am, N otavon mo‘ri zaifdin benavo, deb axtaring. Yor vaslig‘a yetolmay qolmish ul kunkim Muqim, Ushbu boisdin o‘lumig‘a rizo, deb axtaring. 67
HAPALAK QISHLOG‘I TO‘G‘RISIDA (.Maxmur g ‘azaliga muxammas) Ko‘rdi sandek shahi odilni na ins-u na malak, Arraning zulmidin emin hama bog‘-u chakalak, Yangi oy ko‘ziga xasmingni oturg‘a kamalak, Ey jahondori zafar kavkabai davri falak, Eshiting qissai qishlog‘i xarobi Hapalak. Gajdum-u ofi-yu biy, o‘tlasa charrandalari, Bir gala mo‘r-u malax, bo‘ri-yu darrandalari, 0 ‘ldurur chaqsa mabodo kana, gazandalari, Turfa qishloq, jin urgan oni parrandalari, Tovug‘i — ignachi-yu, o‘rdag-u g‘ozi — kapalak. Chug‘zi vayrona teshik, uylari so‘roxi kamar, G‘iji-bij tulki-yu kirpitikon-u echkiemar, 0 ‘tga qo‘shniga chiqib, bir kechasi yo‘lda tunar, Tepaga chiqsa kishi, unda-yu munda ko‘rinar: Bir кара , ikki кара , uch olochiq, to‘rt katalak. Chopishur yantog4 o‘tun mard-u zan issiqda kuyub,