160
O‘rta asrlar musulmon sharqi mutafakkirlarining Ritorika xususidagi
ta’limotlari mavzuini zamonaviy pedagogik texnologiYaning "Fikrlar hujumi"
usulida tashkil etish va o‘tkazish
SENARIYSI
Dars mavzusi:
(amaliy mashg‘ulot) O‘rta asrlar musulmon sharqi mutafakkirlarining
Ritorika xususidagi ta’limotlari
Darsining ta’limiy maqsadi:
O‘rta asrlar musulmon
sharqi mutafakkirlarining
Ritorika xususidagi ta’limotlari
xaqida ma’lumotlar berish.
Darsining tarbiyaviy maqsadi:
Talabalarning axloqiy tafakkurini yuksaltirish,
muomala madaniyatining ahamiyatini tushuntirishdan iborat.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
Talabalarning axloqiy tafakkurini yuksaltirish,
O‘rta asrlar musulmon sharqi mutafakkirlarining Ritorika xususidagi ta’limotlari
xaqida ma’lumotlar berish.
Darsda foydalaniladigan texnologiya
: "Fikrlar xujumi" texnologiyasi
Darsning borishi:
1.
Tashkiliy qism.
2. Talabalarni amaliy mashg‘ulotning mavzusi, miqsadi va borishi bilan
tanishtirish.
Darsni o‘qituvchi kirish so‘zi bilan ochadi. U kirish so‘zida amaliy mashg‘ulotning
mavzusi, maqsadi va borishi
bilan talabalarni tanishtirib, bugungi kunda muomala
madaniyatining jamiyatdagi axloqiy munosabatlardagi o‘rni, taraqqiyotidagi roli haqida
ma’lumotlar beradi hamda buyk mutaffakirlarning fiklarini vazifa qilib beriladi.
3- "Fikrlar xujumi"o‘yinni o‘tkazish.
Bu metoddan maqsad, mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarni yig‘ish, talabalarni
ayni bir hil fikrlash inersiyasidan xoli qilish, ijodiy vazifalarni echish jarayonida dastlab
paydo bo‘lgan fikrlarni engishdir. Bu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikrini ximoya
qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga,
ochiq xolda
baxslashishga hamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini o‘rgatadi.
Auditoriya 5 yoki 6 ta kichik guruxlarga bo‘linadi. Xar bir kichik gurux xal
161
qilinadigan ijodiy vazifa va muammo bo‘yicha 15 minut davomida mustaqil ravshda
to‘g‘ri
"Fikirlar hujumi"
o‘tkaziladi. Shundan so‘ng guruhdan bir kishi chiqib o‘zlarini
g‘oyalari xaqida axborot beradilar. Barcha gurux eshitib bo‘lingandan so‘ng o‘kituvchi
tomonidan muammo bo‘yicha fikrlar umumlashtiriladi va baxo beriladi.
1-vazifa
Oldiga kelganin emak xayvonning ishi,
Og‘ziga kelganni demak nodonning ishi A.Navoiy
2 - vazifa
Agar so‘z senikimi yoki sen so‘znikimi, deb so‘rasalar, aytgil: men so‘zniki va so‘z
menikidir. Kaykovus
3- vazifa
Qora boshning yovi kizil tildir,
U qancha boshlarni edi, yana ham eydi.
Boshim omon bo‘lsin desang tilingni extiyot kil,
Tiling istalgan bir kunda boshingni eydi. Yusuf Hos Xojib
4 – vazifa
Befoyda so‘zni aytma va foydali so‘zni ko‘p eshiturdan kaytma. A.Navoiy
5-vazifa
Sunnat ermish, kofir bo‘lsa, berma ozor, Ko‘ngli qattiq dilozordan xudo
bezor. Axmad Yassaviy
6 - vazifa
Til arslon misoli yotar kafasda, Bexabar boshini u er nafasda
Tilidan tutilgan ne deyar, eshit,
Amal kil bu so‘zga, o‘zingga esh et.
Balo keltiradi boshga bu til
So‘zingni tiyib yur, boshing yorilmasin
Tilingni tiyib tur, tishing sinmasin. Yusuf Hos Xojib
Dostları ilə paylaş: