Faraz qilaylik, qandaydir A predmet...V predmet.
Ishontirish, dalillash, isbotlash xar bir nutqning asosiy belgisidir. Odatda, nutqni
isbotlash uchun faktik materialdan foydalanish kerak.
Isbotlash
–
maxsus mantiqiy usuldir.
Uning yordamida boshqa
muxokamalarning haqqoniyligi asoslanadi.
Isbot tezisini haqiqatan asoslab bermoq
uchun bir qancha eng zarur qoidalarga rioya qilmoq kerak.
65
1.
Tezis aniq va ravshan tariflangan muxokama bo‘lmog‘i kerak. Aniq va ravshan
ta’riflanmagan tezisni isbotlab bo‘lmaydi.
2.
Isbotning boshidan oxirigacha tezis aynan birday bo‘lib qolmog‘i kerak. Ko‘p
narsani isbot qilishga o‘ringan kishi hech nimani isbot qila olmaydi.
3.
Tezisni mustaxkamlash uchun keltirilgan dalillar shubhadan xoli chin dalillar
bo‘lmog‘i kerak.
4.
Dalillar tezis uchun etarli asos bo‘lmogi kerak. Tezis dalillardan kelib chiqmasa,
mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi.
5.
Dalillar rostligi tezisdan qat’iy nazar, mustaqil suratda isbot qilinadigan
muxokamalardan iborat bo‘lmog‘i lozim.
6.
Tezis, xulosa chiqarishning umumiy qoidalariga muvofiq, dalillardan mantiqiy
suratda kelib chiqadigan xulosa bo‘lmog‘i lozim. Ishontirishdan ko‘ra, qayta
ishontirish qiyinroqdir.
Biror tezisning noto‘g‘riligi yoki asossizligini isbotlash raddiya deb ataladi.
Tezisni quyidagi besh usul bilan rad qilish mumkin.
1.
Notiq o‘rtaga tashlagan tezisni rad qilishning eng to‘g‘ri va muvoffaqiyatli usuli
faktlar vositasi bilan rad qilishdir.
2.
Opponent o‘z tezisiga asos qilib olingan dalillar tanqid qilinadi.
3.
Rad qilinuvchi isbot tezisining chinligi tezisni tasdiqlash uchun keltirilgan
dalillardan kelib chiqmasligi isbot qilinadi.
4.
Rad qilinuvchi tezisga zid bo‘lgan yangi tezis mustaqil ravishda isbot qilinadi.
5.
Rad qilinuvchi tezisning noto‘g‘riligi isbot qilinadi.
Suhbat -
Ma’lum bir mavzu, masala yuzasidan diolog yoki ( polilog) tarzila
ikki yoki bir necha kishi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan nutqiy muloqot suhbat deyiladi.
Suhbatlashish muomala madaniyatini shakillantirishning muhim vositalaridan
biri sanaladi.Har qanday suhbat avvalo, ma’lumotlar almanishuvidir. Suhbatlashish
orqali insonlar bir-birlari bilan muloqotga kirishadilar, bir-birlari haqida ma’lumotga
ega bo‘ladilar, bir-birlarini tushunib boradilar, shu bilan birga muomala
madaniyatlaridagi
ayrim
bo‘shliqlarni to‘ldiradilar. Suhbatdoshni gapini
bo‘lmasdan uni oxirigacha tinglay olish muhim xususiyat kasb etadi. Zero, diqqat
66
va sabr-toqat bilan eshita olish qobiliyati suhbatdoshga nisbatan hamdardliq
layoqatliliq hayrixohlikni ko‘rsatadi. Lekin bu qobiliyat faqatgina tug‘ma xususiyat
kasb etmaydi – har bir inson uni o‘zida hamda farzandlarining tarbiyasida mujassam
etib, takomillashtirish mumkin. Bunda axloqiy tarbiya – axloqiy me’yorlar katta
ahamiyat kasb etadi.
Suhbat olib borish mahoratini o‘rganish mumkin, buning uchun qadimgi
notiqlar kabi sizga zarur bo‘lgan bilimlarni egallash lozim. Ammo bu degani
do‘stona uchrashuvlarni Ritorika bo‘yicha musobaqaga aylantirish shart emas.
Barcha holat va narsalarga yuzaki qaraydigan jamiyatga bir oz hazil va engillik bilan
ishonchli so‘zlash – bu iste’dodli odamlar ham tan beradigan qobiliyatdir. Har kimga
ham aqlli gaplarni osonlik bilan etkazish qobiliyati berilmaydi. Suhbat san’atida
sergaplikka yo‘l qo‘ymay mashq qilish lozim, hamsuhbat ruhiyatini hisobga olish
kerak va bu etarli darajadagi tajribani talab qiladigan faoliyatdir.
Avvalambor biz o‘zimizning «men»lashimizdan qochishimiz lozim. O‘z
shaxsiyligini berkitib, o‘zgalarning qiziqishiga e’tibor bermoq – bu har bir
suhbatning asosiy afzalligidir. Yaxshi ohang suhbatdoshiga ko‘ngilsiz yoki uni
tushkunlikka tushiradigan suhbatlardan qochishni talab qiladi. Jamoatga yoqish
uchun suhbatdoshingizga yaqin bo‘lgan va uni ko‘proq qiziqtiradigan suhbat
mavzularini tanlashingiz lozim. Jamiyatning yoqimsiz a’zolariga doimo hamma
narsadan noliyveradigan va ayb qidiraveradigan odamlar kiradi. Ammo, muloqot
qilish me’yori va tajribasiga ega haqiqiy tarbiyali inson hamisha o‘z talabalari
darajasida kamtarin, mulohazalarida esa notakabbur va bag‘rikengdir. Agar jamoat
sizga notanish bo‘lsa, suhbatda mavjud odamlar borasida gaplashmagingiz ma’qul,
avval ularning o‘zaro munosabatlarini kuzatib, shu asosda biron bir narsa deyish
mumkin.
So‘z - bu o‘zingizga qarshi qurolga aylanuvchi kuchdir. Yaqin kishini
ayblashdan oldin, o‘ylab ko‘rgan ma’qul. Hasadgo‘ylik eng yomon illat. U barcha
axloqiy xususiyatlarni yo‘qqa chiqaradi. Mardlik yoki ochiqlik bahonasida
ko‘rolmaslik hissini ochiqchasiga ko‘rsatishni odat qilgan kishiga bo‘lgan
munosabat hech qachon ijobiy o‘zgarish kasb etmaydi. Bu faqat munosabatlarni
67
yomonlashishiga olib keladi.Bundan hech kim yaxshi natijaga erishmaydi.
Atrofdagilar uchun notanish bo‘lgan tilda biror bir odam bilan suhbatlashish
madaniyatsizlikdir.
Suhbatdagi har bir so‘z suhbatdosh uchun aniq va tushunarli bo‘lmog‘i lozim.
Agar sizning nutqingizni tinglayotgan odam biror-bir so‘zni qaytarish uchun
gapingizni bo‘lsa, tez orada suhbatdosh sizga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotadi, deganini
anglatadi. Bunda nutq o‘ta baland ohangda bo‘lmasligi lozim, aks holda o‘zni
noqulay ahvolga solib qo‘yish mumkin. Sizning suhbatingizga uchinchi suhbatdosh
qo‘shilsa-yu, mavzu esa o‘ta nozik xususiyat kasb etsa, o‘zingizni iltifotli va
xushmuomali jihatdan ko‘rsatganingiz ma’qul. Jamoatda barcha narsalar haqida gap
ketadi, savollar chuqurlashib ketilmaydi, bir narsani har taraflama ko‘rib
chiqilmaydi, balki qisqacha mulohaza yuritiladi, ammo yuzaki emas
1
. Boshqalar
bilan gaplashish istagi borligini yoki suhbat zerikarli ekanligini ko‘rsatmaasliq
suhbat chog‘ida atrofga alanglab, qo‘lga tushgan biron narsani o‘ynab, yoki soatga
qarayverish suhbatdoshni jig‘iybiron qilib qo‘yish mumkin.
Suhbat chog‘ida o‘zini ko‘klarga ko‘tarib, o‘z faoliyati, izlanishlari, mulki o‘z
tanishlari doirasi bilan yoki kimnidir ismini ro‘kach qilish bilan maqtanish va yaxshi
emas – bunday iboralar suhbatdosh aqlini qanchalik tor ekanligi haqida guvohlik
beradi. Munozara qilinayotgan muammolar doirasi keng bo‘lishi mumkin, biroq
nima bo‘lganda ham o‘zingizni ishonchli his qiladigan, o‘zingizga mos bo‘lgan
mavzularda suhbat olib borishingiz maqsadga muvofiqdir.
Suhbatdoshni sog‘liqdan nolish bilan ob-havo haqidagi so‘zlar bilan
charchatish ham etiketga to‘g‘ri kelmaydi. Suhbat haqiqatan ham qiziqarliroq
bo‘lish uchun barcha qobiliyat va imkoniyatlarni yordamga chaqirish lozim. Shu
jihatdan ham suhbatlashish etiketi bir necha qoidalarni taqozo etadi:
-
Suhbatdoshingizga og‘ir botadigan, xafa qiladigan, noqulay vaziyatga solib
qo‘yadigan, gapirishni xohlamaydigan mavzu bo‘yicha suhbatlashish vaziyatni
1
Никитич, Людмила Алексеевна. Этика. Курс лекций: учебное пособие для студентов вузов / Л.А. Никитич.
– М.: ЮНИТИ-ДАНА,2012. – 392 с. (Гриф) - Электронная библиотека – Book.ru
68
og‘irlashtiradi.
-
Suhbatdoshingizga o‘zingizga ta’rif-tavsif berishdan, o‘z muammo va
yutuqlar haqidagi ma’lumotlarga e’tiborni kuchaytirishdan qochish, suhbat
chog‘ida o‘z “men” ini markaziy joyga qo‘ymaslik lozim. Bunda axloqning
kamtarinlik va bosiqlik me’yorlari qo‘l keladi.
-
O‘z fikrini uqtirishdan avval, noqulay vaziyatga tushib qolmaslik uchun
suhbatdoshning ijtimoiy kelib chiqishi, shaxs sifatida, aytilayotgan masala
yuzasidan qanday ma’lumotga ega ekanligini bilib olgan yaxshi.
-
Suhbatdosh hurmat qilishga, hatto uni fikrini noto‘g‘ri deb hisoblaganda ham
oxirigicha eshitish bilan shaxsning so‘z erkinligini ta’minlashga intilish lozim.
-
Boshqa insonlarini g‘iybat qilishdan, ularning shaxsiy hayoti, muammosi
haqida suhbat qurish ham odobsizlik sanaladi.
-
Har qanday suhbat birinchi navbatda ma’lumotlar almanishuvidir. Suhbat
jamoat joylarida yoki ko‘chada bo‘lsa, boshqalarni o‘ziga jalb qilmagan xolda,
ovoz past ohangda gaplashish lozim. Tez Yoki haddan tashqari cho‘zilib
gapirish ham ma’lumotni o‘zlashtirishga xalaqit beradi.
-
Kam muomala qilinadigan, yaxshi tanimaydigan insonlar bilan muloqotda
bo‘lishda barchaga tushunarli engil mavzu tanlanib olinadi. M:
Dostları ilə paylaş: |