80
Tadqiqotchilarning
gaplariga qaraganda, mantiqdan bexabar kishilarga nisbatan
mantiqiy isbotlarning keltirish usullaridan boxabar kishilarni jamoatda bahsdan
muvaffaqiyatli chiqib ketishlariga imkoniyat darajasi balandroq bo‘lar ekan.
Kasbga doir bahsda o‘zni tutish uslubi doimo muloyimlik kasb etishi zarur.
Bosiq va mulozamatli odam doimo g‘olib keladi. So‘zamollik diqqatli jimlik bilan
almashishi lozim. Jizzakilik va asabiylashishga o‘rin yo‘q.
Individual bahsda
asosiysi – asos, mantiq va dalillardir. Imo-ishoralar va hayqirishlarni qabul qilish
mumkin emas. Cho‘zilib ketadigan bahslarda har ikkala taraf o‘zining axloqi haqida
o‘ylab ko‘rishi lozim. Har holda gap bunday bahslarda singan kosa ustida ketmaydi.
Janjallarga sababchi bo‘ladigan odamlar o‘zi haqida o‘ylab ko‘radigan bo‘lsa,
odatda
«asablari hech narsaga yaramasligiga amin bo‘ladi»
. Lekin bu degan sof
vijdon bilan ochiqchasiga urishaverish kerak degani emas. Bunday odamlarga
«nima
uchun men doimo asabiylashaman?»
degan savolni o‘ziga bermoqlikka da’vat
etamiz. Ko‘p holatlarda asabiylashishning asl sababini anglab etgandan so‘ng hayot
o‘z yo‘liga tushadi. Harakat qilib ko‘rsa arziydi.
Munozara –
biror masala yuzasidan taraflarning baxsini, tortishuvini anglatadi.
Baxo jarayonida xar bir ishtirokchi o‘zining xaq ekanligini isbotlashga intiladi.
Munozarada so‘zlanadigan nutq mavzu mazmunini
ochuvchi dalillarga hayajonli,
tinglovchilarni qiziqtiradigan va muxokamaga tortiladigan bo‘lishi lozim.
Munozarada notiq o‘zini vazmin tutadi. Suhbatdoshini hurmat qiladi. Uning shaxsiga
tegadigan so‘zlardan foydalanmaydi.
Munozaraga qatnashuvchi oldiga quyidagi uchta talablar kuyiladi:
-
Munozara bo‘ladigan mavzuni to‘g‘ri tushinish.
-
O‘z fikrlarini quvvatlaydigan ashyoviy va mantiqiy dalilar topa olishi hamda
ularni til orqali to‘g‘ri ifodalay olish.
-
Keltirilgan dalilardan mantiqiy xulosalar chiqara bilash.
Bu talablarga javob bermaydigan nutq tinglovchilarga ta’sir etmagandek, notiqning
munozarada yutib chiqishiga imkon ham yaratmaydi.
Nutqona so‘zlash -
Aytilayotgan fikrni tinglovchiga
etib borishi va uning
xulqiga ta’sir etishi notiqning so‘zlash maxoratiga bog‘liqdir. Oddiy gaplashishdan
81
notiqona nutqning farqi shundaki notiq xar bir aytilayotgan so‘zga, gapga, so‘z
bog‘lamlariga alohida munosabatda bo‘ladi.
Notiqona nutqning maqsadi va xususiyatlariga ko‘ra
Tashviqiy, tanqidiy va
tabrik
nutqlarga ajratish mukin.
Tashviqiy nutq –
deb muallif ko‘zda tutgan biron bir voqea
–
hodisani bajarishga
tinglovchilarni da’vat etuvchi, undovchi nutqka aytiladi.
Tanqidiy nutq –
yuz
bergan hodisalar, shaxslar xatti-harakatlariga e’tirozli
munosabatda bo‘luvchi nutq tanqidiy nutq hisoblanadi. Tanqidiy nutq kuchli mantiqiy
mushoxadalarga sunyanadi. Notiq ishonchli dalillar asosida nutq manbaini tanqid qiladi.
Tabrik nutqi –
tabrik nutqida notiq turli dalillarlan foydalanadi. Bu dalillar
nutq atalgan shaxsning fazilatlarini, yaxshi xulqini, xalq oldida qilgan xizmatlarini,
insoniyligini ko‘rsatishga karatiladi.
Dostları ilə paylaş: