O‘rta asr fani madaniyati Xorazmiy, Farg‘oniy, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy Maxmud Qoshg‘ariy, Jomiy, Navoiy kabi ulug‘ siymolarning nomlari bilan xarakterlanadi. Bu mutafakkirlar yashagan davr Sharq tarixida Uyg‘onish davri deb ataladi. Ali Ibn Sino yaxshi tarbiyachi, notiqni yaxshi do‘st sifatida tilga oladi va notiq kunidagilarga amal qilishi lozim deb biladi. Nasixat (nutq) ko‘pol ohangda berilishi kerak emas. Nasixatga ko‘p berilmaslik kerak, uni o‘rtoqlik suhbati tarzida olib borish kerak Agar ta’na kilmoqchi bo‘lsang, boshqalar kamchiligi bilan kiyoslab ta’na kil Agar o‘z e’tiqodingni aytmokchi bo‘lsang, faqat bir ma’lumotga tayanma, balki ko‘p masalalar bilan isbotla, suhbatdoshingni buni yuragiga yaqin olishiga, shu narsa haqida o‘ylashga va xaqiqatni izlashga ishontir. Suhbatdoshning ilm darajasini xisobga olish zarur Nasixatni muloyim ohangda, yolg‘iz olib borish kerak Agar suhbatdoshing sening gaplaringga e’tibor bilan quloq solayotgan bo‘lsa, suxbatni oxirigacha davom ettir va hech nimani sir saqlama, lekin uning e’tiborsizligini sezsang, gapni boshqa mavzuga bur. Farobiy axloqli kishilarning 12 muxim sifatini ko‘rsatadi va shundan beshinchisi sifatida tilga olingan notiqlik haqida gapirib: "so‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va ravshan