64
Ta’rifning asosiy vazifasi tekshirish natijalarini yakunlash, olingan bilimlarning,
nutq qaratilgan predmet yoki hodisaning
qisqa ifodasini berib, mustaxkamlashdir.
Ta’rifda tushunchaning asosiy belgilari mustaxkamlanadi. Notiq so‘zlayotgan
paytda quyidagilardan foydalanishi mumkin.
1.
Ko‘rsatish - bevosita idrok qilinayotgan predmet bilan tanishuvning eng sodda
usulidir. Ko‘rsatish predmetning xususiyatlarini tushunishda birinchi bosqichdir.
2. Tasvirlash - notiq xikoya qilayotgan u yoki bu predmetning belgilarini bir-bir
sanab ko‘rsatishdan iborat.
3.
Tavsiflash - bunda notiq predmet yoki voqealarning ba’zi, alohida xarakterli
belgilarini ko‘rsatadi.
Buyumlarning va ularning belgilari haqida biror narsani tasdiqlab yoki inkor
qilib aytilgan fikr
muhokama deb ataladi.
Aqliy xulosa. – Bu tafakkurning shunday formasidirki, uning yordamida
u yoki
bu hildagi muxokamalardan yangi muxokama chiqariladi. Aqliy xulosaning uch turi
mavjud:
deduktiv, induktiv va analogiya.
1. Deduktiv aqliy xulosa – fikr umumiydan xususiyga qarab rivojlanadi. M:
Hamma planetalar sharsimon. Er planeta. Demak er sharsimon.
2.
Induktiv aqliy xulosa - fikr xususiydan umumiylikka qarab boradi. M:
O‘tgan
kuni, kecha va bugun rosa yomg‘ir yog‘di. Shu xaftada yomgir ko‘p yog‘di. Notiq
uchun sochilgan faktlarni hamrab olish va ixcham shaqlda ifodalash muhim rol
o‘ynaydi.
3.
O‘xshash aqliy xulosa yoki analogiya – fikr
xususiydan xususiyga qarab
boradi. Analogiya dalil emas, avtor undan o‘z fikrini tushuntirish uchun,
shuningdek, extimol xulosalar chiqarish, u Yoki bu voqeani aniqroq xarakterlab
berish uchun foydalaniladi. M:
Faraz qilaylik, qandaydir A predmet...V predmet.
Ishontirish,
dalillash, isbotlash xar bir nutqning asosiy belgisidir. Odatda, nutqni
isbotlash uchun faktik materialdan foydalanish kerak.
Isbotlash –
maxsus mantiqiy usuldir. Uning yordamida boshqa
muxokamalarning haqqoniyligi asoslanadi.
Isbot tezisini haqiqatan asoslab bermoq
Dostları ilə paylaş: