69
tayyorlagan insonni ko‘nglini ko‘tarish lozim.
Tarbiyali va madaniyatli inson tanishi haqida umumiy fikr bildirayotganda
yolg‘on
ishlatmaydi, uni g‘iybat qilmaydi. Bir inson haqida (hatto u yomon inson
bo‘lganda ham) fikr bildirayotgan paytda to‘satdan kirib qolgan mavzu
«qahramoniga», ko‘pchilik ta’sirida miyg‘ida qo‘lib, sinchkov nigoh bilan piching
hamda qochiriqlar qilish ba’zida betga aytilgan haqiqatdan ham kuchliroq dilga ozor
beradi.
Suhbatlashish jarayoni nafaqat suhbatlashish balki,
tinglash holatiga ham
bog‘liq. Tinglash faqat eshitib o‘tirishi kerak degani emas. Yaxshi suhbatdosh
hamsuhbat fikrini mantiqiy tugatgandan so‘ng, o‘z fikrini to‘liq bayon qilib beruvchi
insonga aytiladi. Juda ham kerak bo‘lib qolgan vaqtda o‘zr so‘rab, M:
Kechirasiz,
menimcha shu fikringiz., Yoki Fikringizni bo‘lganim uchun o‘zr so‘rayman,
menimcha. .degan iboralarni qo‘llagan ma’qul. Bu vaqtda ushbu iboralarning egasi
suhbatdoshiga so‘zlashga imkoniyat berishi lozim. Bunda dunyoqarash ham katta
ahamiyat kasb etadi. Insonning dunyoqarashi haqida gap ketganda, albatta yoshlar
bilan kattalar o‘rtasida tushunmovchiliklar bo‘ladi. Shunday paytlarda yoshlar
o‘zlarini fikrlarini yoqlamasdan xo‘p deb, mavzuni boshqa yoqqa burib yuborishlari
kattalarni dilini og‘ritib qo‘yishdan asraydi.
Muomalada gapning ohangi har xil bo‘lishi mumkin. Bular: takabburlik bilan,
sovuq, o‘ziga
qaratgan xolda, achchiq-tirziq tarzdagi ohanglar. Bir xil ya’ni
monotonli gapirish ham boshqalar nazdida zerikarli bo‘lib, qiziqarli ma’lumotni
ham xazm qilish qiyin bo‘ladi.
Muomala madaniyatining yana asosiy tavsifnomasi shundan iboratki, bu
insonning manerasi, ya’ni xatti–harakatining ohang bilan uyg‘unligi. Bularga
qomatni tutishi, qo‘l harakati, yuzdagi imo-ishoralar kirib ketadi.
Hayotimizni ko‘p qismini bizga notanish bo‘lgan odamlar bilan birga –
ko‘cha-kuy,
transport, turli xil jamoat joylarida o‘tkazamiz. Nafaqat o‘zimizning
kayfiyatimiz, balki atrofimizdagi odamlarning kayfiyati ham jamoatda o‘zimizni
qanday tutishimizga bog‘liqdir. Uydan ko‘chaga chiqayotganingizda kerakli bo‘lgan
narsalarni: hujjatlar, dastro‘molcha, pul solingan karmon, taroq va boshqa zarur
70
bo‘lgan mayda-chuyda narsalarni o‘zingiz bilan olganingizga
ishonch hosil qilib
olganingiz ma’qul. Kiyim bosh, oyoq kiyim, soch turmagi, xullas,
boshdan-oyoq
o‘zimizga razm solib, so‘ng tashqariga chiqishimiz kayfiyatni ko‘tarib, uyda
tashqarida o‘zimizga bo‘lgan ishonchni yanada kuchaytiradi. Ko‘chada o‘zini
tutishning eng asosiy qoidasi – bu atrofdagilarning o‘zini noqulay va noxush
sezishiga sabab bo‘lmasligidir.
Davrada erkak kishi ayol kishi bilan yumshoq munosabatda bo‘lishi shart,
ammo oshirib yubormasligi lozim. Haddan ziyod mulozamatlarga vaqtliroq va
bosiqroq javob bermoq lozim.
Bunday vaziyatlarda «Kechirasiz, hazillarga
Dostları ilə paylaş: