139
o‘zaro fikr almashishdagi nutqiy jarayonning bosqichli Shakllari deyish mumkin.
Anashu Shakllar to‘g‘ri nutq, nutq madaniyati – notiqlikdir.
MUOMALA - axloq ko‘rki sanaladi.
Har bir kishining qanday
dunyoqarashga egaligi, bilimliligi, uning boshqalarga qilayotgan muomalasidan
ma’lum bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, muomala insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa
vositasi hisoblanadi. Bir-birimizga bo‘ladigan muomalamiz, munosabatimizning
zamirida ham chiroyli muomalaning shartlari yotadi.
Muomalada asosiy vosita til
hisoblanadi. Shuning uchun ham til aloqa quroli deyiladi. Insonning tili shirin,
muomalasi madaniyatli bo‘lsa, qisqa vaqt ichida xalq orasida obro‘-e’tibor topadi.
Aksincha, sergaplik hech qachon kishiga obro‘ keltirmaydi. Ayniqsa, mahmadonalik
yosh bolaga xos xususiyat bo‘lib, kattalar uchun bu qusur insonni doimo
obro‘sizlantirgan. Shuning uchun ham o‘tmishda yashab o‘tgan
mutafakkirlarimiz
tilga, so‘zga hurmat bilan yondoshishni ta’kidlaganlar.
Dostları ilə paylaş: