Mundarija Kirish………………………………………………………………………….…2
I Bob. Adabiyotshunoslikda metod tushunchasi tavsifi.
Badiiy metod tushunchasi va uning asosiy xususiyatlari. …………………………………………….4
1.2. Badiiy metod turlari va tasnifi…………………………………………….6
II Bob. O’zbek adabiyotshunosligi metodlari.
2.1. Romantizm va realizm ………………………………………12
2.2. Adabiyotshunoslikdagi zamonaviy metodlar …………………………….23
Xulosa…………………………………………………………………………….40
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…………………………………………….45
Kirish Adabiyot va san’at esa kishilarning olamni idrok etishi, hayot hodisalarini anglashiga yaqindan ko‘maklashadi. Bu jihatdan hech bir fan san’at va adabiyot bilan raqobat qilolmaydi. Barcha fanlar birlashganida ham odamlarga hayot murakkabliklari, inson dunyosi jumboqlari to‘g‘risida adabiyotchalik tasavvur berolmaydi.
Shu bois O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov jamiyat taraqqiyotida adabiyot alohida o‘rin tutishini qayd etib, “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” ekanligi, uning vositasida yuksak ma’naviyatga erishish mumkinligi, yuksak ma’naviyat esa hamisha yengilmas kuch bo‘lib qolishini ta’kidlagan edi. Adabiyotshunoslik yurtboshimiz “Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan qudratli vosita” deb ta’riflagan so‘z san’atining o‘ziga xos xususiyatlari, uning qonuniyatlarini ma’lum etish orqali kishilarning odam va olam to‘g‘risidagi tasavvurini boyitib, ularning ma’naviyati, ruhiyatini o‘stiradi. Jamiyat esa hamisha odamlarning ong-tafakkuri, didi, dunyoqarashiga bevosita bog‘liq holda taraqqiy etadi. Adabiyot va san’at ham xuddi siyosat, iqtisod, fan-texnika singari jamiyat hayotiga hamisha ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham Bayronning zamondoshi Persi Bishi Shelli (1792–1822): “Dante, Petrarka, Bokkachcho, Choser, Shekspir, Kalderon, lordlar – Bekon va Miltonlar bo‘lmaganida, Rafael va Mikelanjelo yashamaganida, agar yunon adabiyotini o‘rganish yo‘lga qo‘yilmaganida, agar antik adabiyot o‘zining e’tiqodlari bilan nom-nishonsiz yo‘qolganida dunyoning ma’naviy-axloqiy manzarasini tasavvur qilishning imkoni bo‘lmasdi.
Mustaqillik sharofati bilan o’zbek adabiyotshunosligida ham bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi.Bu tadqiqotlara o’zbek milliy g’ururi, vatanga muhabbat tuyg’usi, o’zbek adabiy boyligi, ma’naviyati va madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida zamonasining eng dolzarb masalarini ifodalab beruvchi badiiy adabiyotning o’rni ahamiyatlidir. Tadqiqotning maqsad va vazifalari 1. Adabiyotshunoslikda obraz tushunchasining tavsifi, o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish. Avvalo, obraz atamasining kelib chiqishi, uning o’zbek adabiyotshunosligiga kirib kelishi, uning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish mavzuni tahlil qilishda dastlabki bosqich hisoblanadi.
2.O’zbek adabiyotida adabiy metodlar tahlili. Metodlar tahlili jarayonida bu tushunchaning o’zbek adabiyotiga jahon adabiyotidandan kirib kelganining guvohi bo’lishimiz mumkin.