Adabiyotshunoslikda metod tushunchasi tavsifi


Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati



Yüklə 95,27 Kb.
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü95,27 Kb.
#196867
1   2   3   4   5
Adabiyotshunoslikda metod tushunchasi tavsifi-fayllar.org

Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Kurs ishining ahamiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi.
1.Tadqiqotda erishilgan natijalar Oliy o’quv yurtlarida talabalar uchun badiiy metodlar tarixi, adabiyotshunoslikdagi metodlar haqida umuniy tushunchaga ega bo’lishlarida yordam beradi.
2.Tadqiqotda qo’llangan materiallardan adabiy metodlar tahili bo’yicha magistrlik dissertatsiyalarini yozishda ham foydalanish mumkin.
3.Kurs ishida to’plangan misollar o’zbek adabiyotida metodlar sistemasining o’ziga xos xususiyatlari, badiiy asar tili bo’yicha amaliy darslarni o’tishda material vazifasini o’taydi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi.
Kurs ishi kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adbaiyotlardan iborat bo’lib, hajmi 35 betni tashkil etadi.

I Bob. Adabiyotshunoslikda metod tushunchasi tavsifi.


1.1.Badiiy metod tushunchasi va uning asosiy xususiyatlari.
San’at va adabiyotda hayot hodisalarini gavdalantirishning
umumiy yo‘llari ijodiy metod deb yuritiladi. Adabiyotshunoslikka
doir darslik, qo‘llanma-lug‘atlarda “ijodiy metod” tushunchasiga
“yozuvchining hayotiy faktlarni tanlash, umumlashtirish,
baholash va badiiy obrazlarda aks ettirishda qo‘llagan asosiy
prinsiplari”, “san’atkorning anglanayotgan voqelikka ijodiy
munosabatlarining umumiy ijodiy prinsipi, ya’ni badiiy
asarda voqelikni qayta tiklash prinsipi”, “turmush hodisalarini
tanlash, o‘rganish, idrok etish va tasvirlashning asosiy vositasi”
deb ta’rif beriladi.
Jumladan, D.Quronov, Z.Mamajonov,
M.Sheraliyevaning “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da: “Metod (yun.
methodos – tadqiq usuli)
– 1) ijodiy metod; marksistik estetikaning
asosiy kategoriyalaridan biri, XX asrning 20-yillaridan keng ommalashgan va ma’nosi o‘zgarib borgan termin. 30 – 40-yillar
adabiyotshunosligida adabiyot va san’atdagi hayotni badiiy
aks ettirishning asosiy tamoyillari metod deb yuritilib, ikkita –
realistik va norealistik ijodiy metodlar mavjud deb hisoblangan.
Keyinroq metod deganda badiiy asarning g‘oyaviy mazmuni
bilan bog‘liq bo‘lgan hayot materialini tanlash, badiiy idrok
etish va baholash prinsiplari tushunila boshlangan.
Ya’ni bunda
metod badiiy tafakkur tarzi sifatida tushunilib, ijodkor e’tiborini
voqelikning u yoki bu qirralariga qaratishi, tipiklashtirishi
va baholashida namoyon bo‘luvchi hodisa sanalgan. Keyingi
ma’no ko‘chishi adabiyotning mafkura quroliga aylanishini
ilmiy asoslash jarayonida amalga oshgan va mafkuralashgan
sho‘ro adabiyotshunosligida metod tushunchasiga o‘ta muhim
ahamiyat berilgan.
Terminning keyingi ma’noda qo‘llanishi
badiiy ijoddagi ikki muhim unsur – metod va uslubni alohida
kategoriyalar sifatida tushunishga imkon bergan. Bunda badiiy
tafakkur tarzini anglatuvchi metodga gnoseologik (ya’ni badiiy
bilish bilan bog‘liq), uslubga esa antropologik (ya’ni ijodkor
shaxsi bilan bog‘liq) kategoriya sifatida qaraladi (uslub).
Adabiyotshunoslikda metod terminini bu ma’noda qo‘llashda
ham turlichaliklar bor. Jumladan, romantizm, realizm, tanqidiy
realizm, sotsialistik realizm kabilar ijodiy metod sifatida
ko‘rsatilsa, klassitsizm ba’zan metod, ba’zan esa adabiy yo‘nalish
sifatida ko‘rsatiladi. Holbuki, klassitsizmda ham o‘ziga xos hayot
materialini tanlash, badiiy idrok etish va baholash prinsiplari
mavjud bo‘lib, bu jihatdan u bemalol metod sanalishi mumkin.
Hozirgi adabiyotshunoslikda ijodiy metod termini qo‘llanishda
passivlashdi;
2) tadqiqot usuli. Bu ma’noda metod badiiy
asar va adabiy jarayonni tadqiq etish tamoyillari va usullarini
bildiradi: biografik metod, qiyosiy metod, sotsiologik metod
va boshqalar” deyilgan. Ularda so‘z san’atida inson dunyosini
badiiy gavdalantirishning ikki yo‘li: romantizm va realizm yo‘li
bor, deb qayd qilinadi. Bunda insonning o‘ziga xos tabiatidan
kelib chiqiladi. Ayonki, odam real hayotga bog‘lanib, o‘zining orzu-havaslari dunyosida yashaydi. Inson tabiatida mavjud hayot
tarziga qanoat qilishdan ko‘ra, turmushni o‘zgartirish istagi, uni
yanada yaxshilash havasi hamisha baland turadi.
Ehtimol, shu boisdan, qadimgi dunyo adabiyoti asarlarining
aksariyati romantizmga asoslangan.
Yunon dramaturgi Sofokl
mazkur hodisani sharhlab: “Men odamlarni ular qanday bo‘lishi
lozim bo‘lsa, shunday tasvir etaman, u (ya’ni Evripid –A.U.) esa
odamlarni, ular aslida qanday bo‘lsalar, shunday tasvir etadi”,
degan. “Alpomish” dostonidagi Alpomish, Barchin, Qaldirg‘och,
Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod kabi obrazlar
ham ajdodlarimizning asl inson haqidagi orzu-xayollarini o‘zida
mujassamlashtirgan.
Asl inson qanday bo‘lishi kerak, degan muammo adabiyotda
azaldan asosiy mavzu bo‘lib kelgan. Shuning uchun kishilarning
haqiqiy inson haqidagi orzu-havaslarini aks ettiruvchi asarlar
ko‘p yaratilgan. Homerning “Iliada” va “Odisseya”si, hindlarning “Mahobhorat” va “Ramayana”si, o‘zbeklarning “Alpomish”i, Firdavsiyning “Shohnoma”si, “Xamsa” dostonlari
shundan dalolat beradi.
1.2. Badiiy metod turlari va tasnifi
Asl inson haqidagi orzular aksi bo‘lgan
bu asarlar kishilarni yovuzlik, shafqatsizlik, johillik olamidan
uzoqlashtirib, ma’nan ulg‘aytirgan.
Insoniyatda azaldan orzu-havas hissi yuksak bo‘lgani bois
adabiyotda romantizm metodi yetakchilik qilib kelgan. Bu
ijodiy metod, ayniqsa, Sharq adabiyotida ustuvor bo‘lgan. XX
asr boshigacha ham o‘zbek adabiyotida ham romantizm metodi asosiy o‘rin tutgan. Albatta, mavjud hayot hodisalariga
munosabatni ifodalaydigan, turmush hodisalarini haqqoniy aks
ettiruvchi asarlar ham yozilgan va ularning aksariyati, asosan,
tanqidiy, hajviy ruhga yo‘g‘rilgan. Mavjud hayotga tanqidiy
yondashish esa uni o‘zgartirish, yanada to‘kis, farovon qilish
orzusidan tug‘iladi. Odamlarning orzu-havaslarini ifodalash
romantizm ijodiy metodiga xos xususiyatdir.
Romantizm metodi – hayot haqidagi, inson to‘g‘risidagi
orzular ifodasidir. Bu metodga mansub asarlarda xayoliy voqealar, orzulardagi obrazlar asosiy o‘rin tutadi. Shoir, yozuvchi
o‘z a’moli (ideali)dagi insonni ko‘rsatish uchun qahramonlarini
real hayotdagidan ko‘ra kuchliroq, fidoyiroq, jasurroq qilib
gavdalantiradi. “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod obrazi
o‘zida Alisher Navoiyning chin inson haqidagi orzularini
mujassamlashtirgan. Ideal obrazni, ideal hayotni ko‘rsatish
romantizm ijodiy metodining mohiyatini belgilaydi. Shuning
uchun bu xildagi asarlarda voqelik real hayotning o‘zidagidan
ko‘ra boshqacha, ko‘tarinki pafosda ko‘rsatiladi.
Fantastik syujetli, mifologiyaga asoslangan asarlar ham romantizm
metodiga mansubdir. Adabiyotshunoslikka doir avvalgi darslik, qo‘llanmalarda:
“Romantizm ijodiy metodi juda murakkab hodisa bo‘lib, u XVIII
asr oxiri – XIX asr boshida Yevropa, Amerika adabiyotida paydo
bo‘ldi hamda o‘zidan avval adabiyot va estetikada hukmronlik
qilgan klassitsizmga qarshi kurashda shakllandi va rivoj topdi”,
deyiladi. Biroq, yuqorida qayd etilganidek, Sharq adabiyotida
azaldan romantizm yetakchilik qilib kelgan. Qadimgi yunon
dramaturglarining jamiyatdagi mavjud tartibni o‘zgartirish
g‘oyasi ilgari surilgan tragediyalari ham, ajdodlarimizning adolatli shoh haqidagi orzu-istaklarini ifodalagan ertak, dostonlar
ham romantizm ijodiy metodiga mansubdir.
XVIII asr oxiri
va XIX asr boshida Yevropa va Amerika adabiyotida paydo
bo‘lgan, jamiyatdagi mavjud hayot tarzidan qanoatlanmaslikni
ifoda etgan asarlar esa romantizm ijodiy metodining o‘ziga xos
yangi bir ko‘rinishidir. Ular ijtimoiy voqelikni, inson dunyosini
aks ettirishdagi o‘ziga xosliklariga ko‘ra ertak, dostonlardan,
“xamsa”lardan jiddiy farq qiladi. Viktor Gyugo (1802–1885),
Jorj Sand (1804–1876), Bayron (1788–1824) kabi yevropa
adabiyoti namoyandalari asarlarida xuddi Sharq shoirlari dostonlaridagi singari asl inson, adolatli jamiyat haqidagi orzu-istaklar
o‘z ifodasini topgan.
Ammo ular xuddi “Farhod va Shirin”,
“Saddi Iskandariy” singari xayoliy voqealarga emas, balki real
hayot voqealariga asoslangan. Romantizm ijodiy metodiga mansub ushbu asarlarda asosiy
diqqat-e’tibor ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi murosasiz kurashni
ko‘rsatishga qaratilgan. Barcha xalqlarning ertak, dostonlari,
mumtoz adabiyotning aksariyat namunalari romantizm metodiga
mansub bo‘lib, ularda yovuzlikning olamga hukmron bo‘lishga
intilishi va ezgulikning unga qarshi kurashi ko‘rsatiladi.
Ayni asarlarda hayot voqeligi o‘z ko‘rinishida emas, ideal asosida
gavdalantiriladi. Hayot voqeligi va inson obrazini ideal asosida
aks ettirish esa san’atning asosiy xususiyatidir.
San’atning mohiyatini belgilaydigan muhim jihatlardan biri
sanalgan ushbu hodisa to‘g‘risida D.Quronov hammuallifligidagi
“Adabiyotshunoslik lug‘ati”da shunday ma’lumot beriladi:
“Ideal, estetik ideal (yun. idea so‘zidan fr. ideal – tasavvur,
tushuncha) – estetika, jumladan, adabiyotshunoslikning muhim
ilmiy kategoriyalaridan biri, go‘zallik, estetik mukammallikning
yuksak darajasi haqidagi his etiladigan konkret-timsoliy shaklda aks etuvchi tasavvurlar jami. Jamiyatda yashayotgan har
bir inson ongida mukammal jamiyat, mukammal ijtimoiy munosabatlar, mukammal inson haqidagi tasavvurlar mavjud bo‘-
lib, bularning bari idealni tashkil qiladi va uning voqelikka
munosabatini belgilaydi.
Umuman olganda, estetik ideal ham
shuning bir qirrasi, konkret-timsoliy shaklda voqe bo‘luvchi
go‘zallik tasavvuridir.
Haqiqatda idealning qirralari butunning
qismi bo‘lib, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Shuning uchun
ham mutaxassislar idealning serqirraligini, uning mohiyati: ong
sohasida – haqiqat, axloq sohasida – ezgulik, estetika sohasida – go‘zallikdan iborat ekanligini ta’kidlaydilar. Albatta, bu
qirralarning har biri o‘zining muayyan me’yorlariga ega bo‘lib,
ular davr o‘tishi bilan o‘zgarib, konkretlashib boradi. Masalan,
tasavvuf adabiyotining idealiga ko‘ra, haqiqat – Haq, Alloh;
ezgulik – Haqning buyurganini qilish va u qaytarganni qilmaslik;
go‘zallik – shu ikkisiga muvofiqlikda, nimaiki bularga muvofiq
emas, u go‘zallikdan ayro tushadi.
Insonning ijtimoiylashuvi
bilan bog‘liq holda ideal ham hayotga yaqinlashadi, u ijtimoiy siyosiy mundarija kasb etadi. Masalan, jadid adabiyotining idealiga ko‘ra, haqiqat – millat taraqqiysi (erkin va adolatli jamiyat,
ma’rifat, munosib milliy turmush, milliy ozodlik va b.); ezgulik – millat taraqqiysiga xizmat qiluvchi amal; go‘zallik – shu
ikkisiga muvofiqlik, davr bilan bog‘liq o‘zgargani holda, idealni
zamonga butkul bog‘lab qo‘yish xato bo‘lur edi. Negaki, ideal
ijtimoiy xarakterga ega, u juda qadim zamonlardan shakllanib,
to‘lishib, konkretlashib keladi va, ayni chog‘da, u mohiyatan
hamisha kelajakda bo‘lib, bu hol uni vaqt hukmidan xoli etadi.
Xuddi shu narsa san’at asarining boqiyligini ta’minlovchi
asosiy omildir, chunki san’at olam va odamni ideal asosida aks
ettiradi, ideal asosida baholaydi.
Ya’ni ijod onlaridagi san’atkor
ideal olamida yashaydi, voqelikni uning nuri bilan yoritadi.
Zero, faqat shundagina ijodkor shaxs tom ma’nodagi ma’naviyruhiy butunlikka ega bo‘ladi. Ma’naviy-ruhiy butunlik esa
shaxs intilgan idealning mavjudligi va uning hayotiy prinsiplari
o‘sha idealdan kelib chiqishi demakdir. Shunga ko‘ra, butunlik
muayyan xususiyatlarni o‘zida jam etgan insonning turg‘un
holati emas, balki uzluksiz va adoqsiz bir jarayondir.
Negaki,
reallik bilan to‘qnashuv har vaqt shaxsning ma’naviy-ruhiy
butunligi – mohiyati va mavjudligi orasida ziddiyatlar keltirib
chiqaraveradi. Mana shu ziddiyatlarni idealdan ruh olgan holda
bartaraf etish orqali mavjudligini mohiyatiga muvofiqlashtirib
borish, shu asno qadam-baqadam idealiga yaqinlashib, yangiyangi ma’nolarni kashf etish va ularni o‘z hayotiga, jamiyat
hayotiga tatbiq etib borish – ijodning bosh shartidir. Bu jihatdan
tom ma’nodagi ijodkor XAQ yo‘liga kirgan so‘fiyga monand:
so‘fiy XAQqa yaqinlashgani sari mavjudlikning mohiyatini
teranroq idrok qilganidek, ijodkor idealga yaqinlashgani sari
hayotning, insonning mohiyatini teranroq ilg‘aydi.
So‘fiylik
yo‘lining ibtidosi ham, intihosi ham HAQ bo‘lganidek, ijodkor
faoliyatining motivi (sabab) ham, maqsadi (natija) ham idealdir”.
Realizm adabiyotida hayot voqeligini tipiklashtirib, romantizm adabiyotida esa uni ideallashtirib aks ettirish ustuvorlik qiladi. Hayot hodisalari va inson dunyosi g‘oyat serqirra. Har
qanday ijodiy metod sir-sinoatga to‘la bu jumboq hodisaning
muayyan jihatinigina qamrab oladi, xolos. Klassitsizm, romantizm, realizm, simvolizm, naturalizm, modernizm tarzida nomlanadigan ijodiy metod, yo‘nalish, oqimlarning hech biri hayot
hodisalari va inson dunyosini to‘la-to‘kis aks ettirolmaydi. Shuning uchun ijodiy metodlarni biridan birini baland yoki past
qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki ularning har biri hayot hodisalarini va
inson obrazini gavdalantirishning o‘ziga xos yo‘lidir. Realizm
romantizmdan yuqori, romantizm klassitsizmdan yuksak deyish
nojoiz. Chunki “Xamsa”, “Alpomish” romantizm ijodiy metodiga
mansub bo‘lsa, “Sarob”, “Ulug‘bek xazinasi” esa realistik
asardir. Sofokl (er.avv. 495–406-yillar)ning “Shoh Edip”
tragediyasi Arastu “Poetika”sini bitmagan, romantizm, realizm
ijodiy metodlari, klassitsizm, sentimentalizm yo‘nalishlari
to‘g‘risidagi ilimiy-nazariy qarashlar paydo bo‘lmagan bir
zamonda, ya’ni eramizdan avvalgi 430–415-yillar oralig‘ida
yozilgan.


Yüklə 95,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin