10-mavzu. To’lqin – zarra dualizmi.
Kurs ishida to’lqin – zarra dualizmi o’rganiladi.
Adabiyotlar:
1. O. Qodirov, A. Boydedaev. Kvant fizika. Toshkent. O’zbekiston Milliy Kutubxonasi. 2005.
2. A.N.Matveev. Atomnaya fizika. M.: Vыsshaya shkola.1990
Mustaqil ta’lim topshiriqlari bo‘yicha tavsiyalar
Mustaqil ta'lim mavzusi talabalar mustaqil o’rganadigan ma'ruza va amaliy mashg’ulot mavzularidan iborat bo’ladi. Mustaqil ta'lim talablarining nazariy bilimlarini mustahkamlashga, mavzularni tushunishga. qobiliyatini maksimal darajada rivojlanishi, umumiy dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- darslik va o’quv qo’llanmlarining boblari va mavzularini o’rganish;
-tarqatma materiallar bo’yicha ma'ruza qismlarini o’rganish;
- o’qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash;
- masofaviy ta'lim;
- fizik bilimlarni mustahkamlash bo’yicha manbalardan masalalar yechish, ularni tahlil qilish, mashq va amaliy ishlar bajarish;
- talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog`liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o’rganish.
2.5. Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish boyicha tavsiyalar “Atom, yadro va elementar zarralar fizikasi” fanini o’rganish davomida mashg’ulotlar paytida axborot (taqdimot, multimedia texnologiyalari) va ta’limning zamonaviy texnologiyalari (rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari, fanni to’liq o’zlashtirishga yo’naltirilgan texnologiyalar, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari) hamda interfaol metodlar (“Aqliy hujum”, “Venn diagrammasi”, “T-chizma”, “Erkin yozish”, “Bir-biridan so’rash”) qo’llaniladi. Bundan tashqari darsliklar, o’quv qo’llanmalari, ma’lumotnomalar, fizik entsiklopediyalar va lug’atlar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallaridan foydalaniladi.