Ningidrin reaksiyasi. Oksilli filtratga bir necha tomchi suvda eritilgan 0,5% li ningidrin eritmasidan qo`shib qizdirilganda eritma pushti yoki ko`k-binafsha rangga kiradi.
Adamkevich reaksiyasi. Bu reaksiyani o`tkazishda dastlab oqsilli eritmaga bir necha tomchi konsentrlangan sirka kislota (CH3COOH) qo`shib, ehtiyotlik bilan isitiladi. Eritma sovugandan keyin probirka devori bo`ylab (ehtiyotlik bilan) kontsentrlangan sulfat kislota (H2SO4) qo`yiladi. Shunda probirkadagi eritma ikki qavatga ajraladi, ya`ni yuqorida sirka kislota, pastda sulfat kislota bo`ladi, ularning chegarasida qizil-binafsha halka hosil bo`lganligi tarkibida aminokislota va oqsillar borligini ifodalaydi.
ФСМУ технологияси
Ушбу технология тингловчиларни ўз фикрини ҳимоя қилишга,
эркин фикрлаш ва ўз фикрини бошқаларга ўтказишга, очиқ ҳолда
баҳслашишга, эгалланган билимларни таҳлил қилишга, қай даражада
эгаллаганликларинибаҳолашга ҳамда тингловчиларн баҳслашиш
маданиятига ўргатади.
Ф Фикрингизни баён этинг.
С Фикрингизни баёнига бирор сабаб кўрсатинг.
M Кўрсатилган сабабни тушунтирувчи мисол келтиринг.