YUQUMLI ÊÀSÀLLIÊLÀR
«NOSHIR»
TOSHKENT-2012
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan
5720100 – «Davolash ishi» – 5720300 – «Tibbiyot profilaktika ishi»
ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
2
Mazkur î‘quv qî‘llanmada yuqumli tropik va parazitlar kasalliklarning
tarixi, etiologiyasi patogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolash usullari
yoritilgan. Shuningdek, shu yuqumli kasalliklarga mos test savollari va
pedogogik texnologiyalardan namunalar keltirilgan
Ushbu î‘quv qî‘llanma tibbiyot oliy î‘quv yurtlarining yuqori kurs
talabalari uchun mî‘ljallangan bî‘lib, undan umumiy amaliyot shifokorlari
ham foydalanishlari mumkin.
© «NOSHIR» nashriyoti, 2012.
ISBN 978-9943-353-85-5
ÓÄÊ: 616-002.8
ÊÁÊ 55.14
Y 91
G.A. Ibadova — Toshkent vrachlar malakasini oshirish
instituti, bolalar yuqumli va parazitlar kasalliklari
kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori;
A.G. Valiev — Epidemiologiya, Mikrobiologiya va
yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti
laboratoriya mudiri, professor;
A.X. Zakirxo‘jaev — Toshkent Pediatriya tibbiyot
instituti, bolalar yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri,
tibbiyot fanlari doktori.
T a q r i z c h i l a r :
Yuqumli kasalliklar: darslik. / M.D.Ahmedova [va boshq.].
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
— Toshkent: Noshir 2012. — 304 bet.
ÊÁÊ 55.14
M u a l l i f l a r:
Ì.D.Àhmedova, Õ.À. Àbduqodirov, Ì.Ò.Êàrimova,
D.B. Ìirzajonovà
3
SHARTLI QISQARTMALAR
AG — A gepatiti
ALT — alaninaminotransferaza
VG — V gepatiti
DG — delta gepatit
DSEND — Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati
departamenti
EG — E gepatit
JSST — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
IFA — immun ferment analiz
KBR — komplementni bog‘lash reaksiyasi
MSB — markazlashgan sterilizatsiya bo‘limi
OITS — orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi
OISV — odamda immunodefitsitga sababchi virus
ORP — og‘izdan suyuqlik ichirib davolash (oral regidratatsiya)
punkti
PGAR — passiv gemagglutinatsiya reaksiyasi
PTI — protrombin indeksi
RIA — radioimmun analiz
ROPGA — teskari passiv gemagglutinatsiya reaksiyasi
CG — C gepatiti
SNP — sanitariya nazorat punkti
SSV — sog‘liqni saqlash vazirligi
SENM — sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi
TB — ta’sir birligi
XB — xalqaro birlik
O‘JE — o‘tkir jigar ensefalopatiyasi
QShA — qishloq shifokorlari ambulatoriyasi
EChT — eritrotsitlarning cho‘kish tezligi
EQFK — epidemiyaga qarshi favqulodda komissiya
g — gramm
nm — nanometr (metrning milliondan bir ulushi)
t/o — tomir orqali
4
MUQADDIMA
Inson tug‘ilganidan to umrining oxirigacha tashqi muhitning
turli omillariga duch keladi. Ana shunday omillardan biri —
mikrodunyo deb atalmish ko‘pdan-ko‘p turlari, ko‘z ilg‘amas
mikroblar olamidir. Mikroblarning ayrim turlari inson tanasiga
tushganida, bu holatga befarq qarab turmaydi. Boshqa somatik
kasalliklardan farqli o‘laroq, mikroblar ta’siri natijasida kelib
chiqqan xastalik bemordan atrofdagi sog‘lom odamlarga ham
tarqalishi mumkin. Shu bois bu xastaliklar yuqumli kasalliklar
deb ataladi. Yer kurrasida uchraydigan yuqumli kasalliklar g‘oyat
ko‘p bo‘lib, ularni turli mikroblar qo‘zg‘atadi.
Yuqumli kasalliklarning insoniyat orasida kelib chiqishi,
tarqalishi va tugatilishining o‘ziga xos qonuniyatlari mavjud.
Kuzatuvlardan ma’lum bo‘lishicha, yuqumli kasalliklarning
butunlay yo‘q bo‘lib ketishi yaqin yillar ichida kuzatilmaydi. Zeroki,
ba’zi kasalliklar tugatilayotgan bo‘lsa, o‘rniga yangilari kelib
chiqmoqda. Shu sababli yuqumli xastaliklar uzoq yillardan beri
tibbiyotning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan ushbu darslik yuqumli, tropik
va parazitar kasalliklarning respublikamiz sharoitida tutgan o‘rni,
namoyon bo‘lishi, tarqalish yo‘llari, ularni davolash, epidemiyaga
qarshi tadbirlarni amalga oshirish borasida oliy ta’lim bosqichidagi
talabalarga bilim beradi.
Mazkur î‘quv qî‘llanma ilk marta chop etilganli bois, ayrim
xato va kamchiliklardan xoli bî‘lmasligi mumkin, shuning uchun
kitobning sifatini yaxshilashga qaratilgan har qanday fikr-
mulohazalar mualliflar tamonidan mamnuniyat bilan qabul
qilinadi.
Mualliflar
5
I. UMUMIY QISM
YUQUMLI KASALLIK HAQIDA TUSHUNCHA
VA UNING KELIB CHIQISH TARIXI
Qadim zamonlardan beri insoniyatga yuqumli kasalliklar
ma’lum. Ko‘pgina yuqumli xastaliklar qadimda g‘oyat keng
tarqalgan, og‘ir kechgan va minglab odamlarning yostig‘ini quritgan.
O‘sha davrdayoq olimlar vabo, chinchechak, o‘lat kabi ko‘p
uchraydigan kasalliklar yuqumli ekanligini ta’kidlab, ularning tirik
qo‘zg‘atuvchilari bo‘lishi mumkinligini gumon qilganlar. Buqrot
ularni “miazma”lar deb atagan. Hatto kasallikdan saqlanishning
oddiy ehtiyot choralari ishlab chiqilgan.
Tabobat ilmining bobokaloni Abu Ali ibn Sino (980—1037)
uzining “Tib qonunlari” kitobida “Kasalliklardan ba’zilari yuqumli
bo‘ladi” deb ko‘rsatadi. “Bular, deb yozadi u — moxov, qo‘tir,
chechak, vabo isitmasi, yiringlagan yaralar kabi xastaliklardir”.
Undan besh asr keyingina italiyalik shifokor D.Frakostoro
(1483—1553) “Kontagiyalar va kontagioz kasalliklar” deb
nomlangan kitobida yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarini tirik
mavjudotlar “kontagiyalar” deb atagan.
O‘sha davrdagi fan va texnika taraqqiyoti alohida yuqumli
kasallikning qo‘zg‘atuvchisini aniq topish imkonini bermagan. Shu
boisdan yana bir necha asrgacha bu kasalliklar mavhum bo‘lib
qolavergan.
XVII asrda golland tabiatshunosi Antoniy van Levengukning
mikroskopni kashf eshshi mikroblar dunyosini o‘rganishda
olamshumul ahamiyatga ega bo‘ldi. Ana shu kashfiyotdan keyin
ham ayrim mikroblar ma’lum yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchi
(patogen) ekani isbotlangucha II asr muddat o‘tdi. Shu davrda
ham ko‘pgina yuqumli kasalliklar alohida nomga ega bo‘lmay,
umumlashgan holda “isitma kasalliklari” yoki bezgak deb atalardi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab patogen mikrob-
larining u yoki bu yuqumli kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi
ekanligi isbotlana boshlandi. 1875-yilda amyobiaz kasalligi
6
qo‘zg‘atuvchilari, 1880-yilda esa bezgak va ich terlama, 1898-yilda
leyshmanioz kasalligi qo‘zg‘atuvchilari aniqlandi. Keyinroq sil,
qaytalama tif, quturish kasalligi qo‘zg‘atuvchilari ham ma’lum bo‘ldi.
Bu tadqiqotlarga fransuz olimi Lui Paster (1822—1895), nemis
olimi Robert Kox (1843—1910), rus olimlari I.I.Mechnikov
(1845—1916), D.I.Ivanovskiy (1864—1920), N.F.Gamaleya
(1859—1949), P.F.Borovskiy (1863—1932) va boshqalar salmoqli
hissa qo‘shdilar.
XX asrda ko‘pgina rikketsioz va virusli kasalliklarning qo‘zg‘a-
tuvchilari aniqlandi. Bu borada L.A.Zilber, M.P. Chumakov,
A.K.Shybladze va V.D.Solovpev kabi olimlarning xizmatlari katta
bo‘ldi.
Yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining aniqlanishi, har bir
kasallikning kelib chiqishi, tarqalishi xususiyatlari, patogenezi,
klinikasi va profilaktikasini osonlashtirdi. Shuningdek, bu
kasalliklarda immunitet jarayonini o‘rganish uchun ham imkoniyat
yaratildi. Bu sohada erishilgan yutuqlar natijasida birinchidan,
etiologik diagnostikadan tashqari, bemorning qon zardobida paydo
bo‘ladigan maxsus antitelolarni aniqlashga asoslangan serodiagnostika
usullari ishlab chiqildi. Ikkinchidan, immunitet qonuniyatlariga
asoslanib, davolash va profilaktika maqsadida ishlatiladigan zardob
va vaksinalar kashf etildi. Jumladan, difteriya va botulizm kasallik-
larini davolashda hanuzgacha ularga qarshi antitoksik zardob qo‘llanib
kelmoqda. Bolalarni ko‘pgina yuqumli kasalliklardan saqlash
maqsadida maxsus taqvim (kalendar) asosida ularni sil, poliomielit
(shol), difteriya, ko‘kyo‘tal, qoqshol, qizamiq, tepki kasalliklariga
qarshi emlanadi. Virusli gepatit B ga qarshi vaksina ham qo‘llanmoqda.
Yuqumli kasalliklarni davolash sohasida erishilgan yutuqlar
antibiotiklar qo‘llanishi bilan bevosita bog‘liq. 1941-yilda dastlabki
antibiotik — penitsillin kashf etilgan bo‘lsa, hozirgi kunda davolash
jarayonida o‘nlab antibiotiklardan foydalanilmoqda. Ularni ishlatish
natijasida yuqumli kasalliklar soni ham, o‘lim hodisalari ham
muttasil kamayib bormoqda. Ikkinchidan, antibiotiklar
qo‘llanganida organizm mikroblardan tez forig‘ bo‘lib, bakteriya
tashuvchilik holati rivojlanishi keskin kamayadi. Bemordan atrofidagi
sog‘lom odamlarga kasallik yuqish ehtimoli sezilarli darajada pasayadi.
7
O‘zbekistonlik olimlar ham yuqumli kasalliklarni ilmiy o‘rga-
nish borasida katta tajribaga ega. Asrimiz boshlarida Turkistonda
yuqumli kasalliklarni o‘rganish shu o‘lkada yashagan rus olimlari
P.F.Borovskiy (teri leyshmaniozi qo‘zg‘atuvchisini topgan),
A.D.Grekov, N.I.Xodukin, L.M.Isayev va boshqalar tomonidan
amalga oshirilgan bo‘lsa, 1940-yillarga kelib, mahalliy xalq orasidan
yetishib chiqqan olimlar amaliy tibbiyot sohasida katta ilmiy
izlanishlar olib bordilar. Dastlabki vaqtlarda M.S.Sofiev,
S.N.Bobojonov, A.B.Inog‘omovlarning ilmiy ishlari asosan o‘sha
davrda keng tarqalgan parazitar kasalliklarga bag‘ishlangan edi.
Yuqumli kasalliklar bo‘yicha bevosita ilmiy ish olib borgan va
ko‘plab ilmiy xodimlar tayyorlagan olimlardan I.Q.Musaboyev,
T.X.Najmitdinov, V.M.Majidovlarni ko‘rsatib o‘tish lozim.
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, Rossiya Tibbiyot
fanlari akademiyasining muxbir a’zosi, professor I.Q.Musaboyev
boshchiligida tif.paratif kasalliklari, ichburug‘, vabo, virusli
gepatitlar, difteriyaning patogenezini o‘rganish va davolash
usullarini takomillashtirishda katta ilmiy ishlar bajarilmoqda. Bu
olim rahbarligida 120 dan ortiq fan doktorlari va fan nomzodlari
tayyorlangan.
Bolalarda ko‘p uchraydigan yuqumli kasalliklarni o‘rganishda
professorlardan X.A.Yunusova, O.S.Maxmudov, T.O.Daminov,
Sh.N.Nazarovlar boshliq ilmiy jamoalar keng ilmiy tadqiqotlar
olib borilmoqda.
Brutsellyoz xastaligini o‘rganishda professorlar Sh.X.Xo‘jayev,
V.M.Majidov, K.J.Jalilovlarning xizmati katta.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining hamda Rossiya Tibbiyot
fanlari akademiyasining muxbir a’zosi A.O.Obidovning mikrobio-
logiya va immunologiya sohasidagi, professor—virusolog
S.S.Maxsumovning virusologiyaga oid ilmiy ishlari katta ahamiyatga
ega bo‘ldi.
Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish barcha tibbiyot
xodimlarining vazifasi hisoblanadi. Chunki, kasallik tarqalmasligi
uchun uni o‘z vaqtida aniqlab, bemorni alohidalash lozim. Shunga
ko‘ra barcha tibbiyot xodimlari bu kasallikning asosiy belgilari,
ayniqasa dastlabki alomatlarini yaxshi bilmoqlari shart. Tibbiyot
8
xodimlari feldsher-akusherlik punktlari (FAP) da, poliklinika va
qishloq shifokorlari qabulga kelgan har bir bemorda “yuqumli
kasalligi yo‘qmikan”, degan taxminni yodda tutib ishlashlari kerak.
Bunday kasallikka biroz gumon bo‘lganda ham, darhol bemorni
alohidalash zarur. Nima sababdan bemorga nisbatan shunday chora
ko‘rilayoganini uning o‘ziga yoki (bola kasal bo‘lgan holda) onasiga
tushuntirish lozim. Ba’zi yuqumli kasalliklarda bemorni albatta
maxsus shifoxonaga yotqizib davolash talab etiladi. Bunday holda
tibbiyot xodimi, yuqumli kasalliklarni tashishga ixtisoslashgan
transport (epidperevozka) ga telefon orqali talabnoma beradi.
Shuningdek, bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lganlar ro‘yxati
olinadi. Ular ustidan ma’lum muddatda kuzatuv olib boriladi,
ba’zan laboratoriyada tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Har bir tibbiyot xodimi o‘zini ham kasallik yuqib qolishidan
muhofaza qilishi lozim. Yuqumli kasalliklar bilan muttasil
ishlaydigan tibbiyot xodimlari rejali ravishda ayrim kasalliklar
(masalan, ich terlama, difteriya) ga qarshi emlanib turishi ham
profilaktika maqsadida o‘tkaziladi. Bemorni yoki u bilan muloqotda
bo‘lganlarni (laboratoriya tekshiruvlarida) tekshirganda ehtiyot
bo‘lish, o‘z terisini tasodifan jarohatlashdan saqlanish kerak.
Barcha tibbiyot xodimlarining asosiy vazifalaridan biri, aholi
o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borishdir. O‘zini xizmat ko‘rsatadigan
hududda aholi bilan yuqumli kasalliklarning yuqish yo‘llari, undan
ehtiyot bo‘lish tadbirlari haqida suhbatlar o‘tkazib turish zarur.
Bu maqsadda odamlarni atayin to‘plash biroz mushkulroq. Lekin
mahalla qo‘mitalari, qishloq kengashlari, jamoat tashkilotlari turli
mavzularda o‘tkazadigan yig‘ilishlarda faol ishtirok etib, aholi orasida
yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushunchani shakllan-
tirib borish kerak. Avvalo, xalqimizning qadimiy an’anasi bo‘lgan
pokizalikka e’tiborni qaratish lozim. Oilada, bog‘cha va maktablarda
bolalarni yoshligidanoq ozoda bo‘lishga, qo‘lni tez-tez yuvib turishga
odatlantirish zarur. Atrof-muhitni toza tutish, oqar suvlar iflosla-
nishiga yo‘l qo‘ymaslik yuqumli kasalliklarning oldini olishda muhim
ahamiyatga egadir. Tashviqot ishlari samarali bo‘lishi uchun, avvalo
tibbiyot xodimining o‘zi turmushda gigiyena talablariga qat’iy rioya
qilishi, pokizalikda boshqalarga namuna bo‘lishi lozim.
9
Respublikada sanitariya-profilaktika tashkilotlarining tizimi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yuqumli kasalliklar
bilan kurashish sohasida faoliyat ko‘rsatadigan maxsus tashkilot
va muassasalar mavjud. Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbo-
sarlaridan biri, bu sohaning barcha ishlariga rahbarlik qiladi. U
O‘zbekistonning Bosh sanitariya shifokori hisoblanadi va vazirlik
qoshidagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti
(DSEND) orqali ish olib boradi. Infeksiyaga qarshi kurashish
ishi sanitariya-epidemilogiya nazorati markaz (SENM) lari orqali
amalga oshiriladi. Ular 3 bo‘limdan iborat:
1. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika
sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari. Ular jami 14 ta.
3. Shahar va tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati
markazlari. Ular jami 220 ta.
Bulardan tashqari, Respublika, viloyat va tuman profilaktik
dezinfeksiya stansiyalari, orttirilgan immunitet tanqisligi (O‘ITS-
SPID) ga qarshi kurashish Respublika va viloyat markazlari bor.
Respublika, viloyat, tuman “Salomatlik markazlari” ham yuqumli
kasalliklarga qarshi kurashish shoxobchalari hisoblanadi.
O‘ta xavfli kasalliklar sohasida va respublika hududini karantin
kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi oldini olish masalalari bilan
maxsus O‘zbekiston karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar
muhofazasi markazi faoliyat ko‘rsatadi.
Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli epidemiologiya,
mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmgohi, sanitariya-gigiyena
va kasb kasalliklari ilmgohi, virusologiya ilmgohi, tibbiyot
parazitologiya ilmgohi, mikologiya markazlari yuqumli va parazitar
kasalliklar bo‘yicha izlanishlar bilan shug‘ullanadigan ilmiy
dargohlar hisoblanadi. Respublika Fanlar akademiyasi ham yuqumli
kasalliklarning turli jabhalarida faoliyat ko‘rsatuvchi ilmiy mas-
kanlar hisoblanadi.
10
Yuqumli kasalliklarning umumiy xususiyatlari
Yuqumli (infeksion) kasallik aslida lotincha “infecio” so‘zidan
olingan bo‘lib, “ifloslanish” ma’nosini bildiradi. Inson organizmi
(makroorganizm) bilan kasallik qo‘zg‘atuvchi mikrob (mikroorga-
nizm) ning ma’lum sharoitda o‘zaro ta’siri oqibatida yuzaga keladigan
o‘zgarishlar infeksion jarayon deb ataladi. Bu jarayon kasallik
alomatlari ko‘rinishida namoyon bo‘lsa, u yuqumli kasallik deb
yuritiladi. Xastalik alomatlari yaqqol, yoki biroz sezilarli darajada
ifodalangan bo‘lishi mumkin. Qanday darajada ifodalanishidan qat’i
nazar, yuqumli kasallik bemor organizmida chuqur patofiziologik,
immunologik va funksional o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.
Ba’zi hollarda kasallik mikroblariga inson organizmi befarq
qaraydi. Mikrobga nisbatan immunoallergik javob reaksiyasi
rivojlanmaydi. Kasallik alomatlari bo‘lmaydi. Mikrob esa ma’lum
vaqtgacha biror a’zoga joylashib olib, faqat laboratoriya tekshiruvi-
dagina aniqlanadi. Masalan, difteriya tayoqchasi yoki meningo-
kokklar odam tomog‘ida ma’lum muddatgacha topilib tursa ham,
kasallik alomatlari bo‘lmasligi mumkin. Bunday holat bakteriya
tashuvchanlik holati deyiladi. Odamda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikrob
bir marotabagina topilib, kasallik kuzatilmagan holat tranzitor
(tasodifiy — organizmga tushdiyu, chiqib ketdi) bakteriya tashuv-
chilik deb hisoblanadi.
Yuqumli kasalliklarning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Ular
quyidagilardan iborat:
1. Barcha yuqumli kasalliklar bemor yoki bakteriya tashuvchi-
lardan atrofdagi sog‘lom kishilarga yuqishi mumkin. Kasallikning
atrofdagilarga yuqish ehtimoli kasallik turiga va kechish davriga bog‘liq.
2. Yuqumli kasalliklarda
o‘ziga xoslik mavjud. Har bir kasallik
ma’lum turdagi patogen mikrob tomonidan qo‘zg‘atiladi. Masalan,
difteriya (bo‘g‘ma)ni difteriya tayoqchasi, qizamiqni — qizamiq
virusi, vaboni—vabo vibrioni qo‘zg‘atadi (hech qachon vabo
vibrioni difteriyani qo‘zg‘atmaydi, yoki aksincha ham bo‘lmaydi).
3. Yuqumli kasalliklar kechishida ma’lum davriylik kuzatiladi.
Patogen mikrob odam organizmiga tushganidan so‘ng ma’lum
muddatgacha kasallik alomatlari ko‘rinmaydi. Uni yuqumli
11
kasallikning yashirin (inkubatsion) davri deb ataladi. Bu davr
muddati turli kasalliklarda turlicha bo‘ladi. Masalan, gri ppda bir
necha soatdan 2 kungacha, ich terlamada — 2—3 hafta va hokazo.
Keyingi davr kasallik alomatlari namoyon bo‘lgan davr hisoblanadi.
Unda kasallikning umumiy alomatlari ham, har bir xastalikning
o‘ziga xos bo‘lgan klinik alomatlari ham yuzaga chiqadi. Bu belgilar
dastlab paydo bo‘ladi (prodromal davr), rivojlanib avjiga yetadi va
ma’lum muddatdan so‘ng borib, yo‘qoladi. Kasallik alomatlari
kamaya boshlagandan bemor o‘zini durustroq his qila boshlaydi.
Bu tuzalish (rekonvalessensiya) davri boshlanganidan darak beradi.
U ko‘pincha sog‘ayish davri bilan tugallanadi. Ayrim hollarda, bu
davrda kasallik zo‘rayishi mumkin.
Yuqumli kasalliklarda “to‘la sog‘ayish” deganda faqat kasallik
alomatlarining to‘la tugashi emas, balki bakteriologik sog‘ayish
ham nazarda tutiladi. Chunki bemor kasalliklar to‘la forig‘
bo‘lganida, uning organizmidan patogen mikroblar ajralishi ham
to‘xtash kerak. Bemor tuzalganidan so‘ng qilinadigan tahlilda
(surtma yoki ekmalarda) patog en mikroblar 2—3 karra
tekshirilganda topilmasligi babakteriologik sog‘ayishdan darak beradi.
Ba’zi kasalliklarda, masalan ich terlama yoki paratiflarda, bemor
tuzalib ketganidan so‘ng ham, uning tanasidan patogen mikroblar
ajralib turadi. U kasallikdan so‘nggi bakteriya tashuvchilik holati
deb ataladi. Bu holat 3 oygacha danom etsa,
o‘tkir bakteriya tashuv-
chilik, 3 oydan ortiq cho‘zilsa surunkali bakteriya tashuvchilik
hisoblanadi.
1. Yuqumli kasalliklardan so‘ng bemor organizmida aynan shu
kasallik mikroblariga nisbatan turg‘unlik — immunitet paydo bo‘ladi.
U orttirilgan immunitet bo‘lib, himoya qobiliyati turli muddatgacha
saqlanib qoladi. Masalan, gri ppdan so‘nggi immunitet kuchi aynan
shu turdagi virusga nisbatan 3 yilgacha yetadi. Qizamiq na ich
terlamadan so‘ng paydo bo‘ladigan immunitet butun umrga yetadi
na odam bu kasalliklar bilan qaytadan og‘rimaydi. Keyingi yillarda
ilmiy tekshirishlar natijasida, yuqumli kasalliklardan so‘ng shaklla-
nadigan immunitet ko‘p jihatdan bemor organizmning genetik na
fenoti pik xususiyatlariga bog‘liq ekanligi isbotlandi.
12
2. Emlash yo‘li bilan keng tarqalgan yuqumli kasalliklarning
oldining olish mumkin. Bolalarni bir necha yuqumli kasalliklarga
qarshi emlashdan maqsad, ularning oldini olishdir. Difteriya,
ko‘kyo‘tal, qizamiq, poliomielit (shol) ga qarshi emlashlar shular
jumlasidandir.
Kasallik qo‘zg‘atish xususiyatlariga ega bo‘lgan mikroblar
patogen mikroblar deb ataladi. Ular inson tanasiga tushganida
ko‘pincha kasallik qo‘zg‘atadi. Kasallikning qanday og‘irlikda kechishi
mikrobning virulentligiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Demak, virulentlik
mikrobning patogenlik darajasini ko‘rsatuvchi o‘lchov. Odatda, o‘ta
virulentli xususiyatga ega bo‘lgan mikrob odamda og‘ir kechadigan
kasallik qo‘zg‘atadi. Virulentligi pastroq mikrob yuqqanida kasallik
yengilroq o‘tadi. Umuman olganda, kasallik alomatlarining qay
darajada namoyon bo‘lishiga qarab, yuqumli kasallikning yengil,
o‘rta va og‘ir kechadigan turlari farqlanadi. Yuqumli kasalliklar
o‘ta og‘ir kechgan hollarda ba’zan o‘lim bilan tugaydi.
Har qanday patogen mikrob tarkibida zaharli modda — toksin
bor. Toksin mikrobning hayot faoliyati oqibatida hosil bo‘lib, atrof-
muhitga tarqalsa, ekzotoksin deb ataladi. Grammusbat mikroblar
asosan ekzotoksin hosil qiladi. Masalan, difteriya tayoqchasi,
botulizm mikrobi. Ekzotoksin tarkibiga ko‘ra oqsil modda bo‘lib,
ferment xususiyatiga ega. Uning ta’sirida moddalar almashinuvi
buzilishi oqibatida odamning hayotiy zarur sistemalari zararlanadi.
Mikrob tanasi parchalanishi oqibatida atrof-muhitga tarqala-
digan toksinlarga endotoksin deyiladi. U tabiatan polisaxarid birikma-
larga kiradi va asosan grammanfiy mikroblar ishlab chiqiladi.
Masalan, vabo kasalligi vibrioni, ich terlama mikrobida kuchli
endotoksin mavjud.
Patogen mikrobning odam tanasiga tushish yo‘llari bir xil emas.
Har bir kasallikda mikrobning o‘ziga xos tanaga kirish yo‘li bor.
Tananing mikrob kirib, tarqaladigan joyi infeksiyaning kirish
darvozasi deb ataladi. Gri pp, qizamiq, suvchechak, ko‘kyo‘tal
kabi kasalliklarda infeksiyaning darvozasi yuqori nafas yo‘llari
hisoblanadi. Ichak infeksiyalari: tif—paratiflar, ichburug‘ va vabo
kasalliklari mikrobi og‘iz orqali tushganida xastalik rivojlanadi. Ba’zi
yuqumli kasalliklarda infeksiyaning kirish darvozasi turlicha bo‘lishi
13
mumkin. Masalan, kuydirgi va toun mikroblari odam tanasiga teri,
nafas yo‘llari va og‘iz orqali tushadi. Kasallik mikrobining odam tanasiga
qaysi yo‘l bilan tushishiga ko‘ra har bir yuqumli kasallikda u yoki
bu a’zolar asosan jarohatlanadi. Jumladan, asosan nafas yo‘llari orqali
yuqadigan kasalliklarda asosan nafas olish sistemasi, og‘iz orqali
yuqadigan xastaliklarda — ovqat hazm qilish sistemasi jarohatlanadi.
Yuqumli kasallikning ayrim davrlarida tanaga tushgan mikrob
qonga ham o‘tishi mumkin. Bunday holat bakteremiya deyiladi.
Ba’zi kasalliklarda bemor vena tomiridan qon olib mikroblarni
axtarish, ya’ni tashxisot (diagnostika) da foydalanish shunga
asoslangan. Masalan, tif—paratif kasalliklarida bakteriemiya ro‘y
beradi. Shuning uchun tashxis qo‘yish maqsadida, boshqa
tekshirishlar qatori, bilakdan qon olib, safroli suyuqlikka ekiladi.
Keyinchalik unda kasallik mikrobini topish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |