Binar daraxt – har bir tugunga ikkitadan ko’p bo’lmagan tugunlar bog’langan tartiblangan daraxt. Umumiy holda binar daraxtning har bir elementi (tuguni) to’rtta maydonga ega yozuvdan tashkil topgan bo’ladi. Binar daraxt hosil qilinayotganda, otaga nisbatan chap tomondagi o’g’il qiymati kichik, o’ng tomondagi o’g’il qiymati katta bo’lishi lozim. quyidagi kalitli elementlardan binar daraxt quramiz:
{50, 46, 61, 48, 29, 55, 79}. U quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
50
46 61
29 48 55 79
Binar daraxtlar ustida bajariladigan amallar quyidagilar:
Daraxtni aylanib o’tish (daraxtda o’tish) (bunda, asosan, tugunlarni chop etish tushuniladi);