Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
21
o‗z ichiga oladi. Tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish
va tabiiy boyliklardan
oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini o‗rgatishda, avvalo, muhandislar
zimmasiga g‘oyat mas‘uliyatli vazifa tushadi. Bo‗lajak
muhandislar tabiatni
muhofaza qilish va o‗zgartirish sohasida chuqur bilimga ega bo‗lishlari kerak.
Chunki yuksak darjada taraqqiy etayotgan hozirgi kishilik jamiyatining tabiiy
atrof-muhitga bo‗lgan ta‘siri tobora kuchliroq bo‗lib bormoqda.
Inson tabiatning
tarkibiy qismi sifatida o‗z mehnat faoliyati jarayonida tabiiy atrof- muhitga ta‘sir
etib, o‗zi ham shu muhitga moslashadi.
Ekologiya
fanining
rivojlanishiga:
Ya.N.Pavlovskiy,
V.L.Sukachev,
S.I.Vavilov, K.A.Timiryazev va xususan V.I.Vernadskiy kabi taniqli olimlar
salmoqli hissa qo‗shganlar.
Ingliz olimi Ch.Darvin (1809-1885)ning ―Tirik organizmlarning yashash uchun
kurash‖ qonuni ekologiya fanining negizini tashkil etadi.
Tabiiy muhitda tirik
organizmlarning issiqlikka, namlikka,
bosim va
qurg‘oqchilikka moslanishi va turlarning bir-biri bilan o‗zaro munosabatlari
asosida vujudga keladigan o‗zgarishlar ushbu qonunning negizi (asosi)
hisoblanadi.
Rus olimi, Moskva Davlat Universiteti professori K.F.Rule (1814-1858)
tirik
organizmlarning tashqi muhit bilan o‗zaro munosabatlarini
Dostları ilə paylaş: