§-XVIII.7. Comprehensive environmental assessment of the Republic of
Uzbekistan.
Glossary of terms.
Applications
List of references
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
16
Buyuk mutafakkir Yusuf Xos
Hojib aytganlaridek, ―Dunyoda ikki
turli inson haqiqiy inson sanaladi:
―Biri-o‗rgatuvchi; biri-o‗rganuvchi‖.
Men sizlarning har biringizga ana
shunday haqiqiy inson bo‗lish baxti
nasib etishini tilayman.
O‗zbekiston Respublikasi
Prezidenti – Sh. Mirziyoyev.
Kirish
Ekologik muammolarni hal etish, fan va texnikaning barcha sohalarida ulkan
mehnatni talab qiladi. Barcha ekologik faoliyatning nazariy asosi ekologiya fanidir.
Faqat tabiiy, texnogen va ijtimoiy jarayonlar rivojlanishining ob'ektiv
qonuniyatlarini bilish tabiat bilan uyg'unlashishga va ijtimoiy nizolarni hal qilishga
imkon beradi. Ilmiy asoslanmagan atrof-muhit chora-tadbirlari foydasiz va ba'zan
zararlidir. Ularni ham ekologik, ham iqtisodiy jihatdan, amalga oshirish tabiat va
inson salomatligini himoya qilish xayolotini keltirib chiqaradi, holos.
Ekologik muammolar universaldir, chunki biosfera davlat chegaralarini tan
olmaydi. Insonning umumiy muammolari ham universal vazifalarni keltirib
chiqarmoqda
1
.
Tabiatning ekologik holatini buzilishi–tuproq, havo va suvning tiriklik uchun
zararli moddalar bilan ifloslanishi, zaharlanishi, o‗simlik va hayvonlarning
foydali turlarini kamayib ketishi, tabiiy landshaftlarning tez o‗zgarishi, yangi
qishloq va shaharlarning paydo bo‗lishi, aholi sonining ko‗payishi, energiya, suv
va oziq-ovqatga bo‗lgan talabning o‗sishi natijasida rivojlanish markazlarining
tabiat ichkarisiga
–
o‗zlashtirilmagan joylariga kirib borishi insonning yashash
muhitini tubdan o‗zgarishiga sabab bo‗lmoqda. Shu sababli atrof-muhitni
muhofaza qilish bu bir kichik mintaqaning emas, balki katta bir qit‘aning,
undagi xalqlarning, davlatlarning halqaro muammosiga aylanib qolmoqda.
Dunyoning turli joylarida yuzaga kelgan ekologik ofatlar yil sayin
ko‗payib bormoqda. Insonlar tabiatga tuzatib bo‗lmaydigan zarar
etkazmoqdalar, tabarruk tuproq, zilol suvlar va musaffo havo zaharlanmoqda,
ifloslanmoqda, o‗simlik turlari va hayvonlar zotining kamayishiga sabab
bo‗lmoqda, turli kasalliklar kelib chiqmoqda. Agar biz tabiat qo‗ynida tinch
va sog‘lom yashashni xohlasak, tabiat qonunlarini o‗rganishimiz,
o‗zlashtirishimiz va ular asosida o‗z hayot faoliyatimizni, ish rejalarimizni,
dasturlarimizni tuzishimiz kerak bo‗ladi. Aks holda, bizning barcha harakatlarimiz
bexuda ketadi. Tabiatning ekologik qonunlarini, organizmlarning bir-birlari va
1
ЭКОЛОГИЯ: Учебник для технических вузов / Л. И. Цветкова, М. И. Алексеев и др.; Под
ред. Л. И. Цветковой. - М.: Изд-во АСВ, СПб.: Химиздат, 2001. - 552 с:
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
17
ularning atrof-muhit bilan doimiy munosabatlarini chuqur o‗rganib etgandan
keyingina biz tabiatni muhofaza qilishga tayyor bo‗la olamiz. Atrof-muhitni
muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish shu kunning
eng muhim ekologik muammosi hisoblanadi va bu muammo 8,3 mlrd. aholi
hamda ular yashayotgan davlatlar manfaatini o‗z ichiga qamrab oladi. Bu
muammo yer yuzidagi jonzotlar, shu jumladan, eng avvalo insonlar salomatligini
saqlashni ko‗zda tutadi. Fan-texnikaning rivojlanishi jamiyatga misli
ko‗rilmagan yutuqlar keltirish bilan bir qatorda, jamiyat bilan tabiat
o‗rtasidagi munosabatlarning keskinlashishiga, ekologik holatning
yomonlashishiga, tabiiy resurslarning isrof bo‗lishiga, suv, havo, tuproqning
ifloslanishiga, zaharlanishiga, o‗simlik va hayvonlarning kamayib ketishiga,
katta-kichik ekotizimlarning, ularning biotik birliklari bo‗lmish biomlarning
parchalanishiga, buzilishiga olib keldi. Yer yuzining turli mintaqalarida
vujudga kelgan ekologik muammolar ‖Ekologik tanglik‖, hattoki, ‖Ekologik
halokat‖ kabi tushunchalarni keltirib chiqardi.
Shu o‗rinda Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 21
aprel kungi ‖Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat
boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‗g‘risida‖gi PF-5024 sonli farmoni, shu
kungi ‖O‗zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
davlat qo‗mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‘risida‖gi PQ-
2915-sonli qarorini ta‘minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori va Vazirlar
Mahkamasining 2017 yil 23 Maydagi 310-son qaroriga muvofiq O‗zbekiston
Respublikasi ‖Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi
to‗g‘risida Nizom‖
2
i yuqorida aytib o‗tilgan masalalarni yechim topishida
ahamiyati katta ekanligini aytib o‗tishimiz joyizdir. Hozirgi globallashuv sharoitida
raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal
sur‘atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangi yondashuv hamda tamoyillarni
ishlab chiqish va ro‗yobga chiqarishni taqazo etmoqda
3
.
Ekologik tanglik va halokatlarning oldini olishda, jamiyat va tabiat
o‗rtasidagi ekologik ziddiyatlarni hal etishda ekologiya fanining so‗nggi
yillarda erishgan yutuqlarini amaliyotda qo‗llash katta ahamiyatga ega. Yil
sayin ‖Ekologiya‖ fani oldiga yangidan-yangi vazifalar qo‗yilmoqda. Ekologiya
fanining oldida turgan amaliy vazifalar quyidagilardan iborat: 1) toza muhitda
hozirgi va kelajak avlodlar sog‘ligini ta‘minlash; 2) tabiiy boyliklardan oqilona
foydalanish bilan bir qatorda chiqindisiz texnologiyalarni ishlab chiqish; 3)
sun‘iy ekotizimlarning (qishloq xo‗jaligi) doimiy va yuqori hosildorligini
ta‘minlash; 4) aholining turli tabaqalariga ekologik ta‘lim va tarbiya berish
yo‗li bilan tabiat muhofazasini amalga oshirish. Ekologiya fanining butun
faoliyati, yutuqlari, yo‗nalishlari yuqorida ta‘kidlangan muammolarni hal qilishga
qaratiladi.
2
Ekologiya xabarnomasi. № 5 (193) 2017.
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‖O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida‖gi Farmoni. ‖O‘zbekiston ovozi‖, 2017 yil, 9 fevral.
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
18
Ekologiya mustaqil fan bo‗lib, uning ob‘ektiv usullari, o‗ziga xos tili,
amaliy vazifalari bor. Ekologiya tirik tabiatda uchraydigan turlar, tur vakillarining
populyatsiyasi (guruhi)ni, turlar hosil qiluvchi turli birlashmalar (tsenozlar)ni,
biotsenozlarni, ekotizimlarni va ularning ko‗payishini, rivojlanishini, hamda
tarqalishini, ularning o‗zaro va muhit bilan munosabatlariga oid
qonuniyatlarini o‗rganadi. Ekologiyaning o‗ziga xos xususiyatlaridan biri
shundan iboratki, bu fan bepoyon dunyoda yo‗qolsa tiklanmaydigan har xil
turlarning, tur vakillarining, genetik farqlanuvchi individlarning yashash
sharoitlarini, ularni o‗rab turgan va doim o‗zgaruvchan omillari ta‘sirini aniqlaydi.
Ekologiya – tabiatdagi oddiylikdan turli murakkab muammolarni, ular o‗rtasidagi
bog‘lanishlarni yoritish davomida, olingan bilimlar asosida muhitning ertangi
kundagi holatini oydinlashtiradi, tabiatni muhofaza qilishga nazariy asos soladi,
uning mohiyatini va bu ish bir davlat yoxud millatning emas, balki halqaro,
millatlararo muammo ekanligini va bu muammolarni aql bilan bartaraf etish
lozimligini tushuntiradi. Zero, ‖Inson mohiyati aqlda, aqlning mohiyati xatti-
harakatda bilinadi‖
4
.
Dostları ilə paylaş: |