Toshkent 2020 yil


Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning ikki



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə267/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning ikki 
asosiy shakli ajratiladi:


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
257 
1.
Atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslardan oqilona foydalanishga 
qaratilgan ikki tomonlama va ko‗p tomonlama shartnoma va konventsiyalar;
2. Xalqaro ekologik tashkilotlar faoliyati. 
Turli davlatlarning atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini 
muvofiqlashtirish uchun davlatlararo shartnomalar va konventsiyalar keng 
qo‗llaniladi. Bunday hamkorlik dastlab XIX asrning birinchi yarmida hayvonot 
dunyosidan foydalanishni tartibga solish yo‗nalishida vujudga kelgan. Ayniqsa 
ko‗chib yuruvchi hayvonlarni muhofaza qilishga katta e‘tibor berilgan. 
Faqatgina baliq, kit va boshqa okean hayvonlarini ovlashni tartibga solish 
xaqida 70 dan ortiq shartnomalar, konventsiyalar mavjud. Kitlarni ovlashni 
cheklashga oid birinchi xalqaro konventsiya 1931-yilda tuzilib, unda Anktarktida 
atrofidagi suvlardan har yili 15 mingdan ortiq kit ovlanmaslik ko‗rsatilgan edi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi vaqtda tabiatni muhofaza qilishga oid 300 
ga yaqin turli shartnoma va konventsiyalar tuzilgan. Ularning orasida 1963- yili 
Moskvada tuzilgan atmosfera, suv osti va kosmik fazoda, yadro sinovlarini 
ta‘qiqlash xaqidagi shartnoma alohida ahamiyatga ega.
1973 yilda
nodir hayvon va o‗simlik turlari bilan savdo qilishni chegaralash 
to‗g‘risidagi (SITES) xalqaro konventsiya tuzildi.
1972 yili Stokgolmda
atrof muhitni muhofaza qilish bo‗yicha o‗tkazilgan 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning I-Umumjahon konferentsiyasida 
5-iyun 
Xalqaro tabiatni muhofaza qilish kuni
-deb e‘lon qilingan.

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin