Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
271
Mamlakatimizda Vazirlar Mahkamasining 12 noyabrь 1997 yildagi 510-
sonli maxsus qarori asosida O‗zbekiston Respublikasining milliy barqaror
rivojlanish hay‘atini tashkil etildi. Hay‘at ―XXI asr kun tartibi‖ning
talablarini
amalga oshirish maqsadida ―Barqaror rivojlanishning Milliy strategiyasi‖ni ishlab
chiqdi.
Bugungi kunda O‗zbekistonning barqaror rivojlanish yo‗lida qadam
tashlashi, yangi strategiyalar va me‘yoriy-huquqiy aktlarni ishlab chiqish va
qabul
qilish uchun asosiy hujjat bo‗lib xizmat qiladi. Hukumat tomonidan ishlab
chiqiladigan va yangilanadigan barcha aynan BRMS ga yo‗naltirilgan bo‗lishi
lozim. Shu bilan birga Strategiyada asosiy e‘tibor
atrof-muhit muhofazasiga
qaratilgan bo‗lib, aynan tabiatga zarar etkazmay, u bilan uyg‘unlikda
mamlakatning barcha sohalari rivojlantirilishi lozim.
Shuningdek, Strategiyada
rivojlanishning iqtisodiy va ijtimoiy jihatlariga ham asosiy e‘tibor
qaratilgan
bo‗lib, urg‘u qashshoqlikni bartaraf etish, aholi farovonligini oshirishga berilgan.
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
272
Bundan tashqari Prezidentimiz BMT bosh kotibining ―Suv, tinchlik va
xavfsizlik muammolari o‗zaro chambarchas bog‘liq‖ degan pozitsiyasini to‗la
qo‗llab quvvatlashini, ya‘ni suv muammosini hal qilishning mintaqa mamlakatlari
va xalqlari manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona yo‗li yo‗q
ekanligini, hamda Orol fojiasi bugungi kunda
global muammolardan biriga
aylanganligini aytib, mazkur muammolarni ijobiy hal etish yo‗llarini ko‗rsatib
o‗tdi.
Dostları ilə paylaş: