Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

―jamiyat va tabiat‖
bir-biriga mos ravishda ish olib borishi 
lozim. XX asr oxirlari va XXI asrning dastlabki davrlarida, insoniyat biosferaning 
tuzilishiga va vazifasiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qilayotganini ko'rib turibmiz. 
Biosferada suv, biologik, minyeral va boshqa boyliklar cheksiz, tuganmas ekanligi 
haqidagi afsonalarga ishonch qolmadi. Endilikda hamma joyda-quruqlikda ham, 
suvda ham inson ta'sirining salbiy oqibatlarini ko'rmoqdamiz. Tabiatdagi 

tenglik
‖ning buzilishi odamlardan endi tez-tez ―biosfera va inson‖ mavzusida 
bosh qotirishni talab etadi. Sanoatning baquvvat tarmoqlari, uzluksiz xom ashyo 
talab qiladi va qanchasini yamlab yutib qo'yishi tabiatni yanada ifloslantiradi. 
Inson endilikda ifloslangan biosferaning zarbasini his qilmoqda. Juda ko'p 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
71 
organizmlar turi qirilib ketdi va ketmoqda, chuchuk suvli suv havzalari 
ifloslanmoqda, havo iflosligi natijasida smoglar yog'moqda, sintetik gazlamalar 
o'zining pishiqligi va qulayligi tabiiy gazlamalami siqib chiqarmoqda, shovqinlar 
va har xii nurlanishlar inson psixologiyasi va sog'ligiga ta'sir qilmoqda. Inson 
kosmosga chiqdi, oyga qadam qo'ydi. Sayyoramizda aholi soni kundan-kun ortib 
borib, ularni oziq-ovqat bilan ta'minlash borgan sari murakkablashib bormoqda, 
tuproqlar sho'rlanishi ta'sirida o'simliklar o'sish imkonidan mahrum bo'lmoqda. 
Kasalliklarning turi ko'payib, inson sog'ligi xavf ostida qolmoqda. Iqtisodiy 
baquvvat mamlakatlarda foyda ketidan quvish ham biosferani izdan chiqarib 
yubormoqda.
Endilikda 
inson va biosfera
o'rtasidagi nizoni faqatgina fan va tinchlik hal 
qiladi. Insoniyat tabiiy va gumanitar fanlar bilimini amalga joriy etish orqaligina 
biosferaning ifloslanishini to'xtatish va biologik resurslardan foydalanishni, ishlab 
chiqaruvchi kuchlarni Biosfera imkoniyatdan kelib chiqib, unga ta'sir qilmay 
rivojlantirish imkoniga ega bo'ladi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin