Toshkent 2020 yil


Ozonning o‗rganishning ilmiy-texnik asoslar



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Ozonning o‗rganishning ilmiy-texnik asoslar
.
Yer sirtidan 10 dan 16 
kilometrgacha bo‗lgan balandlikda joylashgan, atmosfyera tarkibida bo‗lgan 
Yerning Ozon himoya qatlami Quyoshning xavfli ultrabinafsha nurlanishini 
zararsizlantiradi va Yer shari aholisining salomatligi hamda atrof-muhitni 
muhofaza qiladi. Zamonaviy fan Yerning Ozon qatlami, bundan taxminan 400 
million yil oldin paydo bo‗lgan va shu kunga qadar deyarli hech qanday 
o‗zgarishsiz qolgan, deb hisoblaydi (bu esa, uni ma‘lum darajada o‗z-o‗zidan 
tushunarli holat sifatida qabul qilganliklaridan darak beradi). Shuning uchun jahon 
hamjamiyati 1974-yilda chuqur havotir tuyg‘usi bilan Irvindagi Kaliforniya 
universtiteti ikki olimining Ozon qatlami sanoat kimyo vositalarining keng 
tarqalgan majmui bo‗lmish – xlorftoruglerod(XFU)larning atmosfera havosiga 
uzluksiz tashlamalari oqibatida, tahdid ostida turgan bo‗lishi mumkinligi haqidagi 
taxminlardan xabardor bo‗ldi. 
1974 yilning iyunь oyida F.Shervud Roulend va Mario Molinalar ―Neychur‖ 
jurnalida nashr etilgan o‗z maqolalarida, odatda barqaror XFUlar stratosferaga 
kelib tushganida, Quyoshning ultrabinafsha nurlanishi ta‘sirida parchalana 
boshlashi haqidagi nazariy taxminlarini aytganlar. Avvallari indifferentli XFU 
tarkibida bo‗lgan, birikmalardan ozod bo‗lgan xlor atomlari stratosfera Ozonining 
katta hajmini yemiruvchi zanjir reaktsiyasi jarayonini boshlaydilar - Roulend va 
Molina 1 ta xlor atomi 100 000 tagacha Ozon molekulalarini yemirishi mumkinligi 
to‗g‘risidagi taxminni aytganlar. Ular shuningdek, atrof-muhitga chiqarib 
yuborilayotgan XFU darajasi barqarorlik doirasidan ortiq bo‗lishi va u 
pasaytirtirilmasa, buning hammasi stratosferadagi Ozonni katta hajmda 
qisqarishiga olib kelishi mumkinligi haqidagi fikrni aytganlar. Ozonning bunday 
tarzda yemirilishi oqibatlari hammasidan ko‗ra teri saratoni kasalligining 
ko‗payishi, genetik mutatsiya, qishloq xo‗jaligi ekinlari zararlanishi va dunyo 
iqlimi uchun fojiali oqibatlarga olib kelishi ehtimoldan xoli emas, shuning uchun 
zudlik bilan XFUlarni qisqartirish choralarini ko‗rish zarur. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
140 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin