Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

VII.3.3–rasm. 
Roulend va Molinalarning taxminlari ommaviy axborot vositalarida katta 
qiziqish uyg‘otdi, bu esa ushbu masala va uning yechimini o‗rganish chora-
tadbirlarini qabul qilish bo‗yicha qat‘iy chaqiriqlarning paydo bo‗lishiga olib keldi; 
shu sabab olimlar va siyosatchilar yagona maqsad uchun birlashdilar. 
1975-1976- yillar davomida qo‗shimcha tadqiqotlar o‗tkazilgan bo‗lib, ular 
Roulend va Molinaning haqligini tasdiqladi hamda Ozon qatlami yemirilish 
jarayonini yaxshiroq anglash imkonini berdi. Xususan, Ozon qatlamining 
yemirilish jarayonini global anglashda Paul Krutsen ham o‗z ishi bilan kattagina 
hissa qo‗shdi. YuNEP tomonidan 1977 yilda tashkil etilgan ekspertlar uchrashuvi 
siyosiy tarafdan Ozon qatlami bo‗yicha umumjahon harakatlar rejasining ishlab 
chiqilishiga va Ozon yemirilishi nazariyasi borasidagi tadqiqotlarda hamkorlikning 
kengaytirilishiga olib keldi. Ushbu kontekstda ―nazariya‖ so‗zi yodimizda 
bo‗lganidek, 70-yillarning o‗rtalari va oxirlarida ―Stratosfera Ozonining kamayib 
ketishi‖ tushunchasi aynan shu faqat nazariya bo‗lganini anglatish uchun 
ishlatilgan. 
Xayriyatki, hatto nazariya hali tekshirilmagan bo‗lishiga qaramay, ko‗pgina 
mamlakatlar ehtiyotkorlik choralarini qabul qilishning nihoyatda zarurligiga 
ishonch hosil qildilar va 70-yillarning oxirlarida bir necha mamlakatlar unchalik 
ahamiyatli bo‗lmagan aerozollar kabi XFUning turlarini ta‘qiqlash chora-
tadbirlarini qabul qildilar. Garchi, ushbu ilk xatti-harakatlar muhim ahamiyat kasb 
etsada, ular butun dunyo bo‗yicha XFU qo‗llanilishini jadal o‗sishini to‗xtatish 
imkonini bermadi. Mos ravishda, Ozonning yemirilish jarayoni tadqiqotlari davom 
ettirilishiga qarab, 80-yillar boshlarida XFUlar muammosini hal etishning 
muvofiqlashtirilgan global choralariga chaqiriqlar ham davom etdi. Ushbu xatti-
harakatlar 1985-yilda Ozon qatlamini himoya qilish bo‗yicha ―Vena 
konventsiyasi‖ning imzolanishiga olib keldi. Mazkur kelishuv Antarktida uzra 
Ozonning 
yemirilishi 
nazariy 
emas, 
balki 
haqiqatdan 
ham 
sodir 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
141 
bo‗layotganligining birinchi isbotlariga to‗g‘ri keldi. Aynan o‗shanda Antarktida 
uzra Ozon qatlamining sezilarli darajadagi siyraklashuvi ilk bora ―Ozon darchasi‖ 
deb ataldi. Va ushbu ibora jiddiy aytganda unchalik aniq bo‗lmasa-da, jamoatchilik 
tasavvurini to‗liq qamrab oldi hamda xalqaro miqyosdagi harakatlarni safarbar 
etishga ko‗maklashdi. 
XFUlar, tetraxlormetan va metilxloroform kabi Ozon 
yemiruvchi 
moddalardan kimyoviy tozalash xizmatlarida kiyimlarni tozalash uchun 
foydalanilgan; metall buyumlarini ishlab chiqaruvchi ishchilar XFU larga deyarli 
o‗zlarining barcha elektron uskunalarida, sovutgich texnikasi va avtomobillarda 
duch kelganlar, ular yordamida ishchi stollari yog‘ochlarini laminatsiyalash kabi 
vazifalar 
bajarilgan. 
Amalda 
esa, 
yuqorida 
barcha 
zikr 
etilganlar 
ko‗rsatayotganidek, Ozonni yemiruvchi moddalardan foydalanish zamonaviy hayot 
bilan chambarchars mustahkam bog‘lanib ketgan edi. Bundan tashqari, shunday 
kimyoviy moddalar kabi, ular bilan bog‘liq bo‗lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish 
va sotishda yuz minglab odamlar qatnashgan hamda buning uchun kiritilgan 
sarmoyalar milliardlab dollarga baholangan. 
Shularning hammasini hisobga olgan holda, Vena konventsiyasi sharofati 
bilan qo‗yilgan ilk qadamlar yetarlicha ishonchli bo‗lmagani va Monreal protokoli 
bo‗yicha muzokaralarni yurita boshlagan mamlakatlar atigi 2 yildan keyin, bunday 
moddalarni qisqartirish va tugatishga qaratilgan majburiy kuchga ega bo‗lgan 
shartnomani tuzishga harakat qilganlarida, ko‗p sonli vahimalar va mavjud 
holatning saqlab qolinishidan manfaatdor bo‗lgan kuchlarning qarshiligiga duch 
keldilar. Ayni vaqtda, barcha hadiklarga qaramay, Konventsiyaning o‗zida 
Ozonnni yemiruvchi moddalar ustidan nazorat bo‗yicha Protokolni ishlab chiqish 
imkoniyati nazarda tutilgan edi. 
1987-yil sentabr oyida Monreal 24 ta mamlakat Ozon qatlamini yemiruvchi 
moddalar bo‗yicha Monreal protokolini imzoladi. O‗z-o‗zidan hujjat anchagina
qisqa taxminan atigi 8 varaqdan iborat edi, biroq uning jahon hamjamiyatiga 
ko‗rsatgan ta‘siri sezilarli darajada katta bo‗ldi.
Ozon qatlami turli sabablarga ko‗ra siyraklashishi mumkin (bu haqda quyida 
bayon etiladi). Masalan, vulqon otilishi tabiiy sabablardan biri hisoblanadi. 
Ma‘lumki, vulqon bilan birga tarkibida oltingugurt birikmalari bo‗lgan gazlar ham 
otilib chiqadi. Oltingugurt havoda bo‗lgan boshqa gazlar bilan aralashadi va shu 
jarayonlar natijasida Ozon qatlamini yemiruvchi sulfatlar hosil bo‗ladi. 
1991-yil Pinatubo nomli vulqon otilishi stratosferaning pastki qatlamlarida 
tarqalgan sulfatlar miqdorining ko‗payishiga olib kelgan. Natijada, Ozon 
yo‗qolishiga olib keladidan fotokimyoviy reaktsiyalarning tezligi oshgan. Faqat 
1994- yildagina global Ozon qatlamining tiklanishi qayd qilingan va o‗sha vaqtda 
havoda, vulqon zarralari miqdori kamaygan. 
Mana siz bu hodisalarning o‗zaro bog‘liqligi, ya‘ni vulqon otilishining Ozon 
kontsentratsiyasiga ta‘sir qilishi to‗g‘risida xabardor bo‗ldingiz. 
Lekin stratosferada mavjud bo‗lgan Ozon miqdorining kamayishi ko‗pincha 
zarar keltiruvchi antropogen (inson faoliyati) ta‘sirga bog‘liq. Bu faoliyatning 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
142 
xilma-xilligi barchaga ma‘lum. Xo‗jalik faoliyatida XFU (xlorftoruglerodlar), 
bromli metall, galonlar, erituvchilar kabi birikmalarning ishlatilishi ham Ozon 
qatlamining siyraklashishiga olib keladi. Keyingi paytda aviatsiya, kosmik 
raketalar ta‘siri ham e‘tiborga olina boshlandi. Tovushdan tez uchadigan 
samolyotlar azot oksidi otilib chiqishi stratosfera Ozoniga ta‘sir ko‗rsatadi. 
Eng katta ―Ozon tuynuklari‖ Yerning janubiy va shimoliy qutblarida qayd 
etilgan. 1957- yildan boshlab mutaxassislar shu ―tuynukni‖ Xalli qo‗ltig‘ida, 
Antraktida, Britaniya antarktik stantsiyasida kuzatdilar. Ozonning solishtirma 
zichligi kamayishining birinchi alomatlari 80- yillarda qayd etildi. Yil sayin yoz 
paytida ikki oy (sentabr-oktabr) davomida Antarktika hududining ko‗p qismida 
Ozon solishtirma zichligining keskin kamayishi (hozirda 60 %gacha) natijasida
―Ozon tuynugi‖ sayyoramizning janubiy yarim sharida shakllanadi. 
Arktika ustida ―Ozon tuynugi‖ning paydo bo‗lishi yangi hodisadir. Arktikada 
qish mavsumi oxiri bahor mavsumining boshida stratosferada Ozon hajmining 10-
15 %i yo‗qolganligi aniqlangan. Lekin Ozon qatlami faqatgina qutb mintaqasida 
kamayadi deb bo‗lmaydi. So‗nggi 30 yil ichida qish oylarida sayyoramizning 
shimoliy yarim shari ustida Ozon kontsentratsiyasi 3-5 %ga pasaymoqda. Yerning 
janubiy yarim sharida Ozon qatlamining siyraklashishi ekvator zonasida ham qayd 
etilgan. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin