Toshkent 2020 yil


Turli xil tabiiy va ishlab chiqarish jarayonlarida aeorozollarning paydo



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Turli xil tabiiy va ishlab chiqarish jarayonlarida aeorozollarning paydo 
bo'lishi ikki yo'l bilan boradi:
disperslanish
 
va 
kondensatsiya
. Aerozollar qattiq 
jism yoki suyuqliklarning mexanik maydalanishi: bo'linish; ishqalanish, portlash, 
forsunka va pulverizatorlardan changlalish va uchib ketishi oqibatida hosil bo'ladi. 
Ruda va ko'mirni burg'ilash va portlatishda shu tariqa kon, tsement changi va 
boshqalar hosil bo'ladi. 
Metallar quyilganda ularning bug'lari yonib ketadi, yonish mahsulotlari esa 
kondentsatlanadi va bunda metall oksidlarining qattiq zarrachalaridan iborat tutun 
hosil bo'ladi. Yonilg'i yonganda ham tutun taxminan shunday hosil bo'ladi, ammo 
bu holda qurumning qattiq zarrachalaridan tashqari tutunda smolali moddalar 
tomchilari ham bo'ladi
34

Yuqoriroq dispersli va bir jinsli aerozollar kondentsatsion usullar bilan 
olinadi, ularga quyidagilar kiradi: to'yingan parlarning suyuq yoki qattiq shaklga 
o'tishi (tumanlarning hosil bo'Iishi), shuningdek, suyuq yoki qattiq fazalarning 
paydo bo'lishiga olib keladigan kimyoviy reaktsiyalar. Chunonchi, oltingugurt uch 
oksidining nam havoda bug'latilishi oltingugurt kislotasi aerozolining paydo 
bo'lishiga, vodorod xlorid va ammiakning aralashtirilishi esa amoniy xloridning 
paydo bo'lishiga olib keladi. 
Atmosfera havosida doimo litiy, natriy, kaliy, kalsiy, magniy, kadmiv, tcmir, 
qalay, mis, margancs, xrom, vanadiy va o'ta zaharli beriiliy kabi metallarning 
aerozollari mavjud. Sanoat ishlab chiqarishidagi kimyoviy reaktsiyalar va boshqa 
ayrim tabiiy jarayonlar natijasida havo ftoridlar, sulfatlar, nitratlar, ammoniy 
tuzlari va boshqalar bilan ifloslanadi. 
Qattiq zarrachalar havoga tushib (yoki havoda paydo bo'lib), gazlarva UOB 
bugiarini faol sorbtsiyalashi mumkin, buning natijasida turli tabiatga va toksiklik 
darajasiga ega o'ziga xos ifloslovchilar konglomerat(bo'laklarning birlashgan- 
ligi)lari hosil bo'ladi, ular ko'plab turli guruhlardagi ifloslovchi moddalardan 
tashkil topadi (metallar, metall oksidlari va tuzlari, yuqori molekular organik 
birikmalar, UOB. Shuningdek, qattiq zarrachalar yuzasiga sorbtsiyalashgan 
organik va anorganik gazlar). 
Atmosfera havosini ifloslanishining salbiy ta'sirini kamaytirishi borasida,

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin