Toshkent 2020 yil


nodavlat tashkilotlari faoliyat ko‗rsatmoqda



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə269/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

nodavlat tashkilotlari faoliyat ko‗rsatmoqda. 
 BMT ning fan, maorif, ta‘lim va san‘at masalalari bilan shu- 
g‘ullanuvchi tashkiloti 

YuNESKOning 14 loyihadan iborat ―Inson va biosfera‖ 
dasturi ko‗p yillardan beri xalqaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan eng yirik 
dasturlardan biridir.
TMXI 1966 yildan xalqaro ―qizil kitob‖ni e‘lon qilib keladi. Biologik 
resurslarni himoya qilishda uning ahamiyati beqiyosdir. 
Tabiat va jamiyat o‗rtasidagi munosabatlar eng ziddiyatli bosqichiga etgan 
hozirgi davrda atrof muhitni muhofaza qilish sohasida barqaror xalqaro 
hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Markaziy Osiyoda 
―Orolni qutqarish xalqaro fondi‖, ―Markaziy Osiyo Mintaqaviy Ekologik Markazi‖ 
va boshqa tashkilotlar faoliyat olib bormoqda. 
XVII.3. O‗zbekistonning ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorligi.
 
O‗zbekiston Respublikasining 1992 yili 2 martda BMTga teng huquqli a‘zo 
bo‗lishi ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik uchun ham keng yo‗l ochib berdi. 
Birinchi navbatda Markaziy Osiyo davlatlari o‗rtasidagi ikki tomonlama va ko‗p 
tomonlama hamkorlikni rivojlantirish katta ahamiyaga egadir. Ayniqsa, Orol va 
Orolbo‗yidagi ekologik muammolar Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro 
tashkilotlarning diqqat markazida bo‗lib, ushbu yo‗nalishda turli tadbirlar 
o‗tkazildi va amalga oshirilmoqda. Orolbo‗yi aholisini sifatli ichimlik suvi bilan 
ta‘minlash, ularga tibbiy yordam ko‗rsatish, hamkorlikning asosiy masalalaridan 
hisoblanadi.
Jahon Banki, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXXT) va 
boshqalar O‗zbekistondagi ekologik muammolarni hal qilish ishiga katta hissa 
qo‗shmoqdalar. O‗zbekistondagi Ekologiya va salomatlik fondi- ―Ekosan‖, 
nodavlat tashkilotlari ekologik muammolarni hal 
qilishda, xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish ishiga 
o‗z
hissasini qo‗shmoqda. 
Mustaqil 
Davlatlar 
Xamdo‗stligi 
(MDX) 
mamlakatlari kelishuviga binoan ekologiya sohasidagi 
hamkorlik 1992 yil tuzilgan Davlatlararo Ekologik 
Ittifoq (DEI) orqali amalga oshiriladi. Ekologiya va 
tabiatni muhofoza qilish muammolarini hal qilishda O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy Osiyo davlatlari, Osiyo, Evropa, Amerika va Tinch okeani mintaqasi 
mamlakatlari bilan ikki tomonlama va ko‗p tomonlama hamkorlikni 
rivojlantirmoqda. Xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ekologik ta‘lim va 
tarbiyani rivojlantirish masalalariga ham alohida e‘tibor beriladi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin