Toshkent 2020 yil


Davlat ekologik ekspertizasi



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə289/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Davlat ekologik ekspertizasi
(DEE)
ning maqsadi
– xo‗jalik korxonasining 
tevarak-atrof holatiga nisbatan ekologik xavfini aniqlash, ushbu xavf darajasining 
me‘yoriy ko‗rsatgichlarga nisbatan qanchalik kattaligini baholashdir. DEE dan 
o‗tkazilishi shart bo‗lgan loyixada tabiatning ifloslanishi oldini oluvchi chora-
tadbirlar ilmiy jihatdan asoslangan bo‗lishi zarur. 
DEE sidan sanoat korxonalari, gidrotexnik inshootlar, konlar, shahar qurilishi
chiqindilar to‗planadigan joylar, ularni ko‗mib yoki yondirib zararsizlantirish 
maxsus joylari, kimyoviy moddalar va ular ishlatiladigan hududlar va boshqa 
xo‗jalik ob‘ektlari loyihalari albatta o‗tkaziladi. Loyixada xo‗jalik ob‘ektlarining 
o‗z faoliyati davrida atrof-muhitga zarar etkazishi oldi olingan bo‗lsa, ya‘ni 
maxsus tozalash qurilmalari va inshootlari mavjud bo‗lgan taqdirda, ushbu 
loyihani amalga oshirishga ruxsat beriladi. 
Tog‘lardagi daryo havzalarida ishga tushirilishi lozim bo‗lgan ma‘dan 
konlari, ularning boyitish fabrikalari loyihalari ekologik ekspertizadan maxsus 
mutaxassislar ishtirokida o‗tkaziladi. (Chunki bunday nozik loyihalarda texnologik 
tizim yoki ma‘danlarni saqlash joylaridan ularning bir qismi soy suvlariga 
aralashishi butun havzada nohush oqibatlarga olib kelmasligiga hech kim kafolat 
bera olmaydi. 
Bimnobarin, ekspetriza chog‘ida ro‗y berishi mumkin bo‗lgan mazkur nohush 
hodisaning qanday oldi olinishi mumkinligi hamma tomonlama chuqur 
tekshiriladi. 
DEE si asosan ―Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat 
Qo‗mitasi‖ tomonidan o‗tkaziladi. 
DEE ni o‗tkazish uchun me‘yoriy manbalar sifatida quyidagi 4 ta hujjat 
asos qilib olinadi: 
1.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 21 aprel kungi 
‖Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini 
takomillashtirish to‗g‘risida‖gi PF-5024 sonli farmoni;
 
2.
‖O‗zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
davlat qo‗mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‘risida‖gi PQ-
2915-sonli qarorini ta‘minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori va Vazirlar 
Mahkamasining 2017 yil 23 Maydagi 310-son qaroriga muvofiq O‗zbekiston 
Respublikasi ‖Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi 
to‗g‘risida Nizom‖
78
i. 
 
3. O‗zbekiston Ruspublikasi ‖Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
davlat qo‗mitasi (Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi) ning 1992 yilda 
78
Ekologiya xabarnomasi. № 5 (193) 2017.
 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
278 
tasdiqlangan xalq xo‗jaligi va komplekslarini qurish uchun maydon tanlashda 
texnika-iqtisodiy asoslar va loyihalarni ishlab chiqishda (rekonstruksiyalashda), 
kengaytirish va texnik qayta jihozlashda atrof-muhitga ta‘sirini baholash tartibi 
to‗g‘risidagi yo‗riqnoma (instruksiya); 
4. Korxonalar, binolar va inshootlarni qurish uchun loyiha xujjatlarning 
tarkibi, ularni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish tartibi to‗g‘risidagi 1.02.01-85 
raqamli sanitar me‘yor va qoidalar yo‗riqnomasi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin